www.ziyouz.com
kutubxonasi
5
darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi
mavjud ekanini ta’kidlash joiz.
Ayrim misollarga to‘xtalib o‘tsam.
Hech kimga sir emaski, bugun keng ko‘lamda tarqalib borayotgan
jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri —
bu banklar
likvidligi, ya’ni to‘lov qobiliyatining zaifligi bilan bog‘liq muammoning
keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul
mablag‘larining yetishmasligi bilan izohlanadi.
Mamlakatimizda esa birgina tijorat banklarining aktivlari miqdori,
"Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari
to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq shakllangan zaxiralarni hisobga olgan
holda, 13 trillion 360 milliard so‘mdan oshadi. Bu aholi va xo‘jalik
yurituvchi sub’yektlarning jalb qilingan depozitlari
hajmidan taxminan
2,4 barobar ko‘p demakdir.
Bank aktivlari hajmining sezilarli darajada oshganini hisobga olib,
bugungi kunda respublikamizda aholining banklardagi barcha depozitlarini
davlat tomonidan yuz foiz kafolatlash ta’minlanmoqda.
Shu borada 2006 yilda tashkil etilgan "Mikrokreditbank"ning faoliyati
xususida alohida to‘xtalish joiz. Mamlakatimiz hududlarida 78 ta filiali va
270 dan ziyod minibanki faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur bank kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ini kreditlar bilan ta’minlashga
xizmat qilmoqda.
2007—2008 yillar davomida ushbu bank aktivlari miqdori 3,5 barobar,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobarga oshdi
va bu maqsadlarga 150 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.
Prezident farmoni asosida "Mikrokreditbank" ustav jamg‘armasini 72
milliard so‘mga oshirish va uning hajmini 150 milliard so‘mga
yetkazish
haqida qaror qabul qilindi.
Yana bir masala — tashqi qarz va uni uzish muammolari bilan bog‘liq.
Shuni aytish kerakki, ko‘plab davlatlarning tashqi qarz masalasidagi
puxta o‘ylanmagan siyosati ularning iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga
qaram, xatarli vaziyatlar oldida himoyasiz va nochor ahvolga solib
qo‘yganini ko‘rish, kuzatish qiyin emas.
O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti
davrida qisqa muddatli
spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq
muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga doimo
amal qilib kelmoqda.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
6
Shuni ham qayd etishni istardimki, qarzni o‘z vaqtida qaytara olishga
qat’iy ishonchimiz va kafolatimiz bo‘lmagan
paytlarda muayyan
loyihalarni kreditlash
bo‘yicha ayrim takliflardan voz kechgan
holatlarimiz ham bo‘ldi.
Tijorat banklarimizning tashqi majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarining
holati va hajmi masalasi bo‘yicha so‘z yuritganda hech qanday xavotirga
o‘rin yo‘q. Bu ham respublikamiz bank tizimi jahon moliyaviy
inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda
himoyalanganini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston o‘zining ishonchli va to‘lov
qobiliyatiga ega hamkor
ekanini, mamlakatimizda chet el sarmoyasini jalb etish bo‘yicha har
tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda.
2007—2008 yillar davomida o‘zlashtirilgan chet el investitsiyalari
hajmi 2,5 barobardan ko‘proq oshganining o‘zi ham buni tasdiqlab turibdi.
Umuman, 2009 yilda mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan xorijiy va
ichki investitsiyalarni hisobga olganda, kapital qo‘yilmalarning umumiy
hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining kamida 25 foizini tashkil
etadi.
Aholining ish haqi va daromadlarini izchil
va oldindan oshirib borish
hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining
oldini olishga doir chora-tadbirlar ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Bu esa el-yurtimizning farovonligini yuksaltirish, aholining xarid
qobiliyatini
oshirishni ko‘zda tutadigan eng muhim ustuvor
maqsadlarimizga to‘la mos keladi.
Tabiiyki, yuqorida keltirilgan misol va raqamlardan
Dostları ilə paylaş: