II. Bank tizimini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish,
innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish — O‘zbekiston uchun
www.ziyouz.com
kutubxonasi
8
inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga
chiqishning ishonchli yo‘lidir
Iqtisodiyotimizning jahon xo‘jalik va moliyaviy-iqtisodiy tizimiga
integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga
oladigan bo‘lsak, jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga
ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida gapirib o‘tirishning hech qanday
zarurati bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman.
Yana takror aytishga to‘g‘ri keladi — bunday ta’sir, avvalambor,
umuman dunyo bozoridagi talab va narxlarning keskin tushib ketishida va
tabiiyki, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlarning muhim turlariga
nisbatan hamda eksportga yo‘naltirilgan yetakchi tarmoqlar va ular bilan
bog‘liq turdosh korxonalar faoliyatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z
navbatida, butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali rivojlanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, ko‘zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish, o‘z
oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish yo‘lida ko‘plab muammolarni
tug‘dirmoqda. Muxtasar aytganda, 2008 yil biz uchun, birinchi navbatda
mamlakatimiz mehnatkashlari uchun g‘oyat murakkab va og‘ir bo‘ldi.
Lekin, yuzaga kelgan barcha muammo va qiyinchiliklarga qaramay,
xalqimizning fidokorona mehnati va amalga oshirilgan tadbirlar evaziga
2008 yilda iqtisodiyotimizning nafaqat barqaror faoliyat ko‘rsatishiga,
balki uning yuqori o‘sish sur’atlarini izchil ta’minlashga erishdik.
2008 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 9 foizni, sanoatda
12,7 foizni, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 17,7 foizni
tashkil etdi, xizmat ko‘rsatish hajmi 21,3 foizga o‘sdi.
Iqtisodiyotning boshqa muhim tarmoqlari ham barqaror sur’atlar bilan
rivojlandi: qurilish — 8,3 foiz, transportda yuk va yo‘lovchi tashish hajmi
— 10,2 foiz, savdo sohasi — 7,2 foizga o‘sdi. Qishloq xo‘jaligida 4,5
foiz o‘sishga erishilib, 3 million 410 ming tonna paxta xom ashyosi
tayyorlandi, 6 million 330 ming tonna g‘alla, shu jumladan, 6 million
145 ming tonna bug‘doy yetishtirildi.
Davlat byudjeti ortig‘i bilan bajarildi, ko‘zda tutilgan defitsit o‘rniga
yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,5 foiz miqdorida profitsitga erishildi.
Puxta o‘ylangan qat’iy pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli
inflyatsiya ko‘zda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlari chegarasida, ya’ni yillik
7,8 foiz darajasida saqlab qolindi.
Shu o‘rinda mamlakatimizda mehnatni rag‘batlantirish, ish haqini
ko‘paytirish va aholi daromadlari o‘sishini ta’minlashga qaratilgan
www.ziyouz.com
kutubxonasi
9
siyosatni amalga oshirish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar haqida
alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman.
2008 yilda o‘rtacha ish haqi byudjet tashkilotlarida 1,5 barobardan
ziyod, butun iqtisodiyot bo‘yicha esa 1,4 barobar oshdi. Natijada o‘rtacha
ish haqi miqdori 300 AQSH dollaridan ortiq bo‘ldi. Aholining real
daromadlari esa yil davomida jon boshiga 23 foiz ko‘paydi.
2009 yilni oladigan bo‘lsak, o‘rtacha ish haqi miqdorini byudjet
sohasida — va shunga mos ravishda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda ham
— 1,4 barobar oshirish ko‘zda tutilmoqda. Inflyatsiyaning o‘sish
ko‘rsatkichini 7—9 foiz darajasida saqlab turish mo‘ljallanmoqda.
Tashqi bozorda kon’yunkturaning yomonlashuviga qaramasdan, 2008
yilda tashqi savdo aylanmasi 21,4 foizga oshdi, ayni vaqtda tovarlar va
xizmatlar eksporti 28,7 foizga ortdi. Natijada tashqi savdo balansida ijobiy
saldo hajmi sezilarli darajada o‘sdi. Bu esa ishonchli to‘lov balansi va
iqtisodiyotimiz barqarorligining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat
qilmoqda.
Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor
mahsulot salmog‘ining barqaror o‘sish tendensiyasi va xom ashyo
yetkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani
yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2008 yilda umumiy eksport hajmida xom
ashyo bo‘lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni tashkil etdi. Ayni
vaqtda O‘zbekiston uchun an’anaviy eksport xom ashyosi bo‘lgan paxta
tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20 foizdan 2008 yilda 12 foizga
tushdi.
Ta’kidlash kerakki, tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi,
avvalo, rivojlanib borayotgan Osiyo qit’asi bozorlari bilan savdo
aylanmasining o‘sishi hisobiga sifat jihatidan o‘zgarmoqda.
Bu ko‘rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori
qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining
izchil oshishi, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o‘sib borayotgan
salohiyati va imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday holat
eksportimizning xom ashyo resurslari narxi tez-tez o‘zgarib turadigan
jahon bozori ta’siriga bog‘liqligini kamaytirishda muhim yo‘nalish bo‘lib
xizmat qiladi.
Jahon iqtisodiy inqirozi davom etayotgan hozirgi sharoitda bunday
o‘zgarish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Nega deganda, bugungi kunda
www.ziyouz.com
kutubxonasi
10
eksport asosan xom ashyo yetkazib berishdan iborat bo‘lib, dunyo
bozoridagi narx-navo o‘yinlariga haddan tashqari bog‘lanib qolayotgani
ayrim mamlakatlarda valyuta tushumlarini kamaytiradigan, moliyaviy
barqarorlikning yomonlashuviga olib keladigan, iqtisodiyotni izdan
chiqaradigan jiddiy faktorga aylanmoqda.
Bizning keyingi yillarda eksport sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz,
avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o‘zgartirish va
diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv
rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga
oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o‘z
vaqtida boshlangan, chuqur o‘ylangan va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan
ishlarimizning natijasidir.
Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay
investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‘lib kelmoqda. 2008
yilda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar
hisobidan 6,4 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu
2007 yil bilan taqqoslaganda, 28,3 foizga ko‘p bo‘lib, yalpi ichki
mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 foizni tashkil etdi.
O‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga
yo‘naltirilganini ta’kidlash darkor.
Keyingi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy
investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o‘sib borayotgani e’tiborga
sazovordir. 2008 yilda 1 milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi
xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu 2007 yildagiga nisbatan 46 foiz
ko‘p demakdir. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tashkil etdi. Jahon inqirozi davom
etayotganiga qaramasdan, 2009 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb
etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million dollarga
ko‘payadi, buning to‘rtdan uch qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalardir.
Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash kerakki, o‘zlashtirilgan barcha
investitsiyalarning qariyb 54 foizini korxonalar va aholi mablag‘lari tashkil
etadi. Bu mamlakatimizda soliq yukini kamaytirish va xo‘jalik yurituvchi
sub’yektlarning investitsiya faolligini rag‘batlantirish bo‘yicha olib
borilayotgan soliq siyosati qanchalik to‘g‘ri ekanini yana bir bor
tasdiqlaydi.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
11
Iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni
modernizatsiya qilish borasida strategik muhim rol o‘ynaydigan loyihalarni
amalga oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini
shakllantirishda 2006 yilda tashkil etilgan, bugungi kunda 3 milliard 200
million AQSH dollaridan ortiq nizom jamg‘armasiga ega
bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi faoliyatiga katta
ahamiyat berilmoqda. YAqin istiqbolda ushbu Fond aktivlarini 5 milliard
dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. O‘tgan ikki yil mobaynida o‘nlab
yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini moliyalashtirish va hamkorlikda
moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million AQSH dollaridan
ziyod miqdorda kreditlar ajratildi.
Mamlakatimiz bo‘yicha investitsiya dasturlarini amalga oshirish
natijasida qariyb 250 milliard so‘mlik asosiy fondga ega bo‘lgan jami 423
ta ob’yekt, jumladan, oziq-ovqat sanoatida 145 ta, qurilish materiallari
sanoatida 118 ta, yengil va to‘qimachilik sanoatida 65 ta, qishloq va
o‘rmon xo‘jaligi sohasida 58 ta, kimyo va neft-kimyo sanoatida 13 ta,
farmatsevtika tarmog‘ida 8 ta ob’yekt ishga tushirildi.
2008 yilda ishga tushirilgan va hozirgi kunda qurilayotgan yirik ishlab
chiqarish inshootlari qatorida Farg‘ona vodiysini elektr energiyasi bilan
muntazam ta’minlash imkonini beradigan, uzunligi 165 kilometrlik Yangi
Angren issiqlik elektr stansiyasi — "O‘zbekiston" yuqori kuchlanishli
elektr uzatish liniyasi barpo etilganini alohida ta’kidlash joiz. Sirdaryo
issiqlik elektr stansiyasini "So‘g‘diyona" kuchlantirish stansiyasi bilan
bog‘laydigan, o‘uzor-Surxon yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari
va Toshkent shahri elektr ta’minoti ob’yektlari loyihalarini amalga oshirish
ishlari davom ettirilmoqda. Shuningdek, 2008 yili 2 ming 600 kilometrdan
ortiq ichimlik suvi hamda 825 kilometrdan ziyod tabiiy gaz tarmoqlari
foydalanishga topshirildi.
Ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish va foydalanishga topshirish
masalalariga ustuvor ahamiyat berilishi natijasida 113 ming 200
o‘quvchiga mo‘ljallangan 169 ta kasb-hunar kolleji va 14 ming 700 o‘rinli
23 ta akademik litsey qurildi va rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga, 69
ta yangi maktab barpo etildi va 582 ta maktab kapital rekonstruksiya
qilindi. Shular qatorida 184 ta bolalar sporti inshooti, 26 ta qishloq vrachlik
punkti va 7 million 240 ming kvadrat metr turarjoy binolari va boshqa
ob’yektlar qurildi.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
12
2008 yilda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini
yanada oshirish prinsipial muhim ahamiyatga ega ekanini inobatga olib,
fermer xo‘jaliklariga ajratilayotgan yer maydonlarini optimallashtirish
borasida zarur ishlar amalga oshirildi.
Dastlab zarar ko‘rib ishlaydigan, rentabelligi past va istiqbolsiz shirkat
xo‘jaliklarini tugatish negizida tashkil etilgan xususiy fermer xo‘jaliklari
bugungi kunda haqli ravishda qishloqda yetakchi bo‘g‘inga — qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy kuchga aylandi.
Hozirgi vaqtda fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab
chiqarishni tashkil etishning eng samarali shakli ekanini hayotning o‘zi
tasdiqlab bermoqda. Yurtimizda fermer xo‘jaliklarini moddiy-texnik
ta’minlash va moliyalash bo‘yicha bozor iqtisodiyoti tamoyillariga to‘la
javob beradigan ishonchli tizim va mexanizmlar shakllantirildi va
muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.
Har yili fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun katta miqdorda
moddiy resurs va mablag‘lar ajratilmoqda. Faqat o‘tgan 2008 yilning
o‘zida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining eng muhim turlarini yetishtirish
uchun 1 trillion so‘m, jumladan, paxta tayyorlashga — 800 milliard so‘m,
g‘alla yetishtirishga 200 milliard so‘m mablag‘ avans tariqasida berildi.
2009 yilda ushbu maqsadlar uchun 1 trillion 200 milliard so‘m
yo‘naltiriladi.
Qishloq xo‘jalik texnikasini lizing asosida sotib olish bo‘yicha maxsus
tashkil etilgan Fond hisobidan ushbu maqsadlar uchun 2008 yili 43
milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, 2009 yilda 58 milliard
so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ana shunday e’tibor va amaliy
yordam tufayli 2008 yilda fermer xo‘jaliklarining paxta yetishtirishdagi
ulushi 99,1 foizni, g‘alla tayyorlashda esa 79,2 foizni tashkil qildi.
Shu bilan birga, o‘tgan davr mobaynida orttirgan tajribamiz
fermerlikni yanada rivojlantirish uchun bir qator juda muhim
muammolarni, xususan, fermer xo‘jaliklarining barqarorligi, eng muhimi,
ularning samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishni
qat’iy talab etmoqda.
Faoliyat yuritayotgan aksariyat fermer xo‘jaliklarining ish tajribasi
shundan dalolat beradiki, fermer xo‘jaliklarini shakllantirishning dastlabki
bosqichida ularga ajratib berilgan yer maydonlarining kamligi mahsulot
www.ziyouz.com
kutubxonasi
13
ishlab chiqarish rentabelligining o‘sishiga ko‘p jihatdan to‘sqinlik
qilmoqda.
Imkoniyati, kuch-quvvati kam bo‘lgan fermer xo‘jaliklari o‘zini zarur
texnika, aylanma mablag‘ bilan ta’minlash, kredit qobiliyatiga ega bo‘lish,
eng asosiysi, o‘z xarajatlarini qoplash va foyda ko‘rib ishlash, daromadni
oshirishning ishonchli asosiga aylanolmasligini bugun hayotning o‘zi
ko‘rsatmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, yer maydonlarini to‘liq
inventarizatsiyadan o‘tkazish va fermer xo‘jaliklari faoliyatini tanqidiy
baholash asosida ularning yer maydonlarini optimallashtirish bo‘yicha
keng ko‘lamli, shu bilan birga, puxta o‘ylangan ishlar amalga oshirildi.
Bunda fermer xo‘jaliklarining qaysi sohaga ixtisoslashgani va
mamlakatimizning turli hududlaridagi aholi zichligi alohida e’tiborga
olindi.
Ana shu ishlar natijasida fermer xo‘jaliklari uchun ajratilgan yer
maydonlari bugungi kunda paxtachilik va g‘allachilikda o‘rtacha 37
gektardan 93,7 gektargacha ko‘paydi yoki 2,5 barobardan ziyod oshdi. Bu
ko‘rsatkich sabzavotchilikda — 10 gektardan 24,7 gektargacha yoki 2,5
barobar, chorvachilikda esa 154 gektardan 164,5 gektargacha ko‘paydi.
2008 yilda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi
barqaror rivojlandi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning soliq yukini yanada kamaytirish,
mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovining 10
foizdan 8 foizga, 2009 yildan boshlab esa 7 foizga tushirilishi, jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarining kamaytirilishi va
ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik,
kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli
rag‘batlantiruvchi omillar yaratdi.
Natijada so‘nggi olti yil mobaynida faoliyat yuritayotgan kichik
biznes sub’yektlari soni 1,9 barobar ko‘paydi va 2008 yili qariyb 400
mingtani tashkil etdi.
Kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat
mahsulotlari hajmi 2008 yili salkam 22 foizga ko‘paydi. Bu sanoat
tarmog‘idagi o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichidan ancha ko‘pdir. Shuning
natijasida kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2007 yildagi
45,5 foizdan 2008 yilda 48,2 foizga ko‘tarildi. Bugungi kunda
www.ziyouz.com
kutubxonasi
14
mamlakatimizda ish bilan band bo‘lgan jami aholining 76 foizdan
ko‘prog‘i aynan shu sohada mehnat qilayotgani ayniqsa e’tiborlidir.
Aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda ham jiddiy
sifat o‘zgarishlari ko‘zga tashlanmoqda. Biz uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan bu
masalani yechishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli
shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni
rag‘batlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
2008 yil mobaynida yurtimizda 661 mingga yaqin, jumladan, kichik
biznes sohasida — 374 mingta, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida —
qariyb 220 mingta, kasanachilik hisobidan esa — 97 ming 800 ta yangi ish
o‘rni yaratildi.
Albatta, ish o‘rinlari sonini ko‘paytirishda xizmat ko‘rsatish va servis
sohasini rivojlantirish va kengaytirish muhim o‘rin tutadi. 2008 yili aloqa,
axborotlashtirish, moliya, bank, transport xizmati ko‘rsatish, maishiy
texnika va avtomobillarni ta’mirlash sohalari ancha yuqori sur’atlar bilan
rivojlandi. So‘nggi to‘rt yil mobaynida yiliga o‘rtacha 50 foiz o‘sishni
ta’minlayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmat
ko‘rsatish jadal rivojlanayotganini alohida ta’kidlash lozim. Natijada
xizmat ko‘rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2007 yildagi
42,5 foizdan 2008 yilda 45,3 foizga o‘sdi.
Ayni paytda qishloq aholisiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi yildan-
yilga o‘sib borayotganiga qaramay, hali-beri past darajada — bor-yo‘g‘i
26,8 foiz bo‘lib qolayotganiga alohida e’tibor qaratish lozim. Aytish
kerakki, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati ham talab darajasida emas.
Takror va takror ta’kidlab aytish kerakki, ishlab chiqarish korxonalari
bilan kooperatsiya asosida barpo etiladigan kasanachilikni rivojlantirishga
katta ahamiyat berilmoqda. Bu borada mamlakatimizda ish beruvchi
korxonalar uchun ham, kasanachilik bilan shug‘ullanuvchi aholi uchun
ham rag‘batlantirishning yaxlit va ta’sirchan tizimi yaratilgan.
Bugungi bosqichda kasanachilik sohasi bandlik va oila byudjeti
daromadlarini oshirishning qo‘shimcha manbaiga aylanib borayotganini
hech kim inkor etolmaydi. Ayni vaqtda kasanachilik fuqarolarni, birinchi
navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa, ko‘p bolali ayollarni, yordamga muhtoj
nogironlar va mehnat qobiliyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab
chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb
etmoqda.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
15
2008 yilda kasanachilar tomonidan 34 milliard so‘mlik mahsulot ishlab
chiqarildi va xizmatlar ko‘rsatildi. Kasanachilik uchun ish o‘rinlari ochgan
korxonalar, shu borada o‘zlariga berilgan imtiyozlar hisobidan 1 milliard
so‘mdan ortiq mablag‘ni tejashga erishdi.
Aholini, ayniqsa qishloq aholisini ish bilan ta’minlashning yana bir
muhim yo‘nalishi shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol
boqish bilan shug‘ullanadigan kishilar sonini ko‘paytirishdan iborat. Qayd
etish kerakki, bu masalada muayyan ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi.
Mamlakatimizda qoramollarni aholiga va fermer xo‘jaliklariga
kimoshdi savdolari orqali sotish, ularga maqsadli va imtiyozli kreditlar
berish, veterinariya xizmati ko‘rsatishning sifati va hajmini oshirish, ozuqa
bilan ta’minlash bo‘yicha samarali mexanizmlar yaratilgan. Chorvachilikni
rivojlantirish dasturining ijrosi doirasida 2008 yili kimoshdi savdolarida 20
ming 300 bosh qoramol sotildi. 2009 yilda yana 24 ming 600 bosh
qoramol sotilishi ko‘zda tutilmoqda. Agar 2007 yilda qoramol sotib olish
uchun 42,5 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan bo‘lsa, 2008 yilda
bu raqam 48 milliard 200 million so‘mni tashkil etdi.
Ma’lumki, mamlakatimizda kam ta’minlangan oilalarni bepul sigir
ajratish yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2006
yildan 2008 yilga qadar ana shunday oilalar uchun 103 mingdan ziyod
qoramol berildi.
Natijada 2009 yilning 1 yanvarigacha shaxsiy yordamchi va dehqon
xo‘jaliklarida qoramol boquvchi sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolarning
umumiy soni 1 million 100 mingdan ko‘proqni tashkil etdi. Shulardan 54
ming kishiga yangi mehnat daftarchasi berildi, 111 ming fuqaroning esa
mavjud mehnat daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi.
Jahon iqtisodiy inqirozi kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda bank-
moliya tizimi faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash
alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, bank-moliya
tizimi rivoji bilan bog‘liq masalalarga qisqacha to‘xtalib o‘tish maqsadga
muvofiqdir.
Faqat 2008 yilning o‘zida "O‘zsanoatqurilishbank", "Asakabank",
"Paxtabank", "o‘allabank" kabi yetakchi banklarning kapitallashuv
darajasini oshirish bo‘yicha qator muhim qarorlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni moliyalashning asosiy kredit markazlaridan biri bo‘lgan
www.ziyouz.com
kutubxonasi
16
"Mikrokreditbank"ning nizom jamg‘armasini ko‘paytirishga oid farmoni
qabul qilingani ham shu yo‘ldagi amaliy qadam bo‘ldi.
Natijada mamlakatimiz banklarining jami kapitali, qo‘shimcha
resurslarni jalb etish hisobidan, 2007 yil bilan taqqoslaganda 40 foizga
ko‘paydi. Bu ko‘rsatkich 2010 yilgacha bo‘lgan davrda ikki barobar
oshadi.
Ayni paytda banklarimizning umumiy aktivlari hajmi aholi va yuridik
shaxslarning hisob raqamlaridagi mablag‘lardan ikki barobardan ham
ko‘pdir. Bu esa ushbu mablag‘larni ishonchli himoya qilish hamda ularga
o‘z vaqtida va to‘la hajmda xizmat ko‘rsatishni kafolatlaydi. Ma’lumki,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan fuqarolarning
banklar depozitlaridagi omonatlari, ularning miqdoridan qat’i nazar, davlat
tomonidan to‘la kafolatlanadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimi kapitalining yetarlilik
darajasi Bank nazorati bo‘yicha xalqaro Bazel qo‘mitasi talablari asosida
belgilangan xalqaro standartlardan qariyb uch barobar ko‘p ekanini
ta’kidlash joiz.
Hozirgi vaqtda respublikamiz bank tizimining umumiy joriy likvidligi
dollar hisobida 1,5 milliard dollardan ortiqdir. Bu tashqi nodavlat qarzlar
bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovlar hajmidan 10 barobar ko‘pdir.
Bu esa bizda likvidlik, ya’ni to‘lovlarga qodirlik darajasi bo‘yicha
muammo yo‘q, deb aytish uchun asos beradi.
2008 yilning eng muhim yutuqlaridan biri O‘zbekiston bank tizimiga
jahonning nufuzli reyting agentliklaridan bo‘lgan "Mudis" agentligi
tomonidan biryo‘la uchta yo‘nalish, ya’ni, bank-moliya tizimining
barqarorligi, milliy valyutada uzoq muddatli depozit reytingi va xorijiy
valyutada uzoq muddatli depozit reytingi yo‘nalishlari bo‘yicha "barqaror"
reyting darajasi berilgani bo‘ldi. Mazkur agentlik hisobotida
ta’kidlanganidek, "Bank tizimi uchun ijobiy baho banklarni nazorat qilish
muhiti mustahkamligini, bank tizimining potensial o‘sishini, moliya
tizimidagi tarkibiy o‘zgarishlar va milliy iqtisodiyotning o‘sishini aks
ettiradi".
Shular qatorida "Mudis" agentligi ikkita bankimiz — Tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy banki va "o‘allabank"ning kredit berish qobiliyati bo‘yicha
reytingini ijobiy baholadi. Yana bir tanilgan xalqaro reyting agentligi —
"Fitch" esa mamlakatimizning "Paxtabank", "Hamkorbank",
www.ziyouz.com
kutubxonasi
17
"O‘zsanoatqurilishbank" va "Asakabank" kabi banklariga "barqaror"
reytingini berdi.
Shu o‘rinda 2009 yilning 1 yanvarigacha O‘zbekistonning jami tashqi
qarzi yalpi ichki mahsulotning 13,3 foizini tashkil etishini va bu
ko‘rsatkich, xalqaro mezonlar bo‘yicha, "Har jihatdan maqbul holat" deb
hisoblanishini ta’kidlash joiz.
Hozirgi mavjud sharoitda 2009 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy
dasturimizning eng ustuvor vazifalarini belgilab olishda jahon iqtisodiy
inqirozining ta’siri va oqibatlarini yetarlicha to‘liq hisobga olish juda
muhim. Dunyoning nufuzli ekspertlari tomonidan bildirilayotgan fikrlarga
ko‘ra, bu inqiroz 2009 yilda va 2010 yilda ham davom etishi va ehtimol
yanada chuqurlashishi kutilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, o‘z-o‘zidan ayonki,
Dostları ilə paylaş: |