|
|
səhifə | 6/25 | tarix | 25.04.2023 | ölçüsü | 95,22 Kb. | | #102230 |
| Kalimaning uchinchi qismi Harflar haqida Mavlanov Bahodir pdf 1
لزيد افضل منك
Zayd sendan yaxshi, albatta.
sabab uchun keladi. Masalan
ضربت زيدا للتأديب
Zaydni odob berish uchun urdim.
xoslashlik uchun keladi. Masalan:
الجنة للطائعين
Jannat itoat qiluvchilarga.
qasam uchun keladi. Masalan:
لا يؤخر الأجل الله
Аllohga qasamki, ajalni kechiktirmaydi.
ziyoda boʼlib ham keladi. Masalan:
ردف لكم ولا ابا لكم
Sizlarga mingashadi, otalaringizga emas.
(الميم) – mim; muzakkar jamga dalolat qiladi. Masalan:
لكم دينكم ولى دين
Sizlar uchun oʼz diningiz, menga oʼzimniki.
(النون) – nun; 1) kasrani saqlashlik uchun. Masalan:
اوصانى بالصلاة
Menga namozni vasiyat qildilar.
2) taʼkid uchun. Masalan:
لنسفعن بالناصية
Аlbatta peshonangizdan ushlaymiz.
(الهاء) – vaqf qilganda sakta uchun keladi. Masalan:
مه - bas qil
2) gʼoib (uchinchi shaxs)ga dalolat qiladi. Masalan:
اياه – ungagina.
(الواو) – vov; 1) bogʼlovchi vazifasida. Masalan:
يسود الرجل بالعلم والادب
Kishi ilm va odob bilan sayyid boʼladi.
isteʼnofiya (boshlanish) maʼnosida ham keladi. Masalan:
لنبين لكم ونقر فى الارحام ما نشاء
Sizlarga bayon qilishligimiz uchun va rahmlaringizda biz xohlagan narsani qaror toptiramiz.
holiya boʼlib keladi. Masalan:
Dostları ilə paylaş: |
|
|