Microsoft Word Kalimaning uchinchi qismi Harflar haqida Mavlanov Bahodir word



Yüklə 95,22 Kb.
səhifə3/25
tarix25.04.2023
ölçüsü95,22 Kb.
#102230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Kalimaning uchinchi qismi Harflar haqida Mavlanov Bahodir pdf 1

Kurs ishining maqsadi.
 Arab tilidagi yordamchi so’zlar haqida umumiy maʼlumot berish.
 O’zbek tilidagi yordamchi so’zlar haqida umumiy maʼlumot berish.
 Har ikkala tilidagi yordamchi so’zlarni qiyoslash.


Kurs ishining tuzulishi. Mazkur kurs ishi kirish, asosiy qism, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Asosiy qismda beshta reja orqali mavzu yoritilgan.


Kurs ishining vazifasi. Kurs ishining mavzusidan kelib chiqqan
holda arab va o’zbek tilidagi yordamchi so’zlarni rejalar asosida batafsil o’rganish.


I-BOB. АRAB TILIDAGI YORDAMCHI SO’ZLAR
    1. Arab tilidagi yordamchi so’zlar haqida umumiy maʼlumot

Arab tilida yordamchi so’zlarga muqobil tarzda harflar degan termin ishlatiladi.


Harflarning har xil turlari: tuzilishiga qarab, bajaradigan vazifalariga qarab, xususiyatlariga qarab ajratiladigan turlari mavjud. Harflar tuzilishiga koʼra besh turga boʼlinadi. Ular:
1. Bir harfdan tashkil topgan harflar (uxodiyya).
2. Ikki harfdan tashkil topgan harflar (sunoiyya).
3. Uch harfdan tashkil topgan harflar (sulosiyya).
4. Toʼrt harfdan tashkil topgan harflar (ruboiyya).
5. Besh harfdan tashkil topgan harflar (xumosiya) harflaridir.
Bajaradigan vazifalariga koʼra quyidagilar:
1. Javob harflari.
2. Nafiy harflar.
3. Shart harflari.
4. Taxsis (xoslashlik) harflari.
5. Masdariya harflar.
6. Tanbeh harflari.
7. Istiqbol (kelajak) harflari.
8. Tavkid harflari kabilar.
Bundan tashqari yana jar harflari, bogʼlovchi harflar, nido harflari, feʼllarni nasb yoki jazm qiluvchi harflar bor.
Endi harflar bilan birma-bir tanishib chiqsak. Bunda asosiy yoʼlimiz, harflarni shakliga qarab sinflab, keyin ularni batafsil misollar yordamida tushuntirib oʼtamiz.
Harflarni chalkashlik boʼlmasligi uchun shunday qilsak, soʼngra ularni vazifalariga qarab ularni turlarini qisqacha bayon qilib oʼtamiz. Misollarda “Hikmat moʼʼmin kishining yoʼqotgan narsasi. Qaerda topsa uni oladi”, degan hikmatga binoan avvalambor Qurʼoni karim va hadisi sharifdan, soʼng hikmatli kitoblardan iqtibos keltirib oʼtishga harakat qildim.

Аrab tilida harflar uncha koʼp emas. Ularning soni saksontadan oshmaydi. Lekin, baʼzi naxviy olimlar ismga dalolat qilgan suzlarni bajargan vazifasiga koʼra harflar qatoriga qoʼshganlar. Аrab tilida mabniy (bino qilingan) va moʼʼrab (eʼroblanadigan) degan atamalar mavjud. Qaysiki suzning oxiri oʼzgarmasa, uni mabniy deyiladi. Qaysiki suzning oxiri omillar sababli oʼzgarsa, uni moʼʼrab deyiladi. Harflar shu guruhning birinchi qismiga taalluqlidir. Yaʼni ular hammasi mabniydir.


Harflar bilan birma-bir tanishib chiqsak. Аvvalo, faqat bitta harfdan iborat boʼlgan harflar toʼgʼrisida. Ular 13 tadir:

Yüklə 95,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin