Kalimaning uchinchi qismi Harflar haqida Mavlanov Bahodir pdf 1
Аrab va uzbek tillari. Klassik arab tilining namunalari esa, bizgacha juda koʼp miqdorda yetib kelgan. Biz ularda mukammal grammatik qurilishga ega boʼlgan keng leksik tartibli, johiliyat davri nazmi va taʼsirdor qabilalar lahjalari nodir xususiyatlarini oʼzida umumlashtira olgan boy tilni koʼramiz. Klassik arab tili takomilida muhim rol oʼynagan qabila lahjalari orasida eng eʼtiborlisi quraysh lahjasidir. Qurayshlar yashaydigan joy – Makka va uning atrofi savdo markazi sifatida qadimgi arablar hayotida katta ahamiyatga ega edi. Makkaga har yili turli qabilalarning minglab vakillari kelib ketar, ular gurungida quraysh lahjasi qabilalararo til vazifasini oʼtar edi. Uning eng nafis iboralari boshqa qabilalar lahjasiga koʼchar va shuningdek, boshqa qabilalar vakillaridan eʼtiborga molik lugʼaviy birliklarni qabul qilar edi ham. Yilda bir eʼlon qilinadigan osoyishtalik davrida urushlarni vaqtincha toʼxtatib Makkaga toʼplanadigan xalq oʼz maskanlariga qayta tarqalishar ekan, arab yarim orolining turli burchaklariga qurayshning umumlashib qolgan soʼzlari, iboralari, nafis til uslublarini ham oʼzlari bilan olib ketishar va tarqatishardi.
Sayllar paytida shoirlar kuch sinashardilar. Barcha qabila vakillari ishtirok etgan bu tortishuvlarda kim yutib chiqsa, oʼsha shoirning qasidasi teridan ishlangan sahifalarga bitilib, Kaʼbaga osib qoʼyilardi. Klassik arab tilining shakllanishida bu manbalarning ham sezilarli taʼsiri bor. Аmmo, asosiysi, Qurʼoni karimning nozil boʼlishi, Paygʼambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning dunyoga kelib, paygʼambar boʼlishlari arab tilini dunyoda shunday darajaga olib chidiki, arab boʼlmagan xalqlar ham arab tilini oʼrganishga kirishib ketdi.
Klassik arab tili islom bayrogʼi ostida Yaqin va Oʼrta Sharqqa, Markaziy Osiyo va Аfrikaning koʼp qismiga tarqaldi. Oʼrta Osiyoda u uzoq vaqtlargacha xalqaro va bitim tili boʼlib keldi. Oʼzlarining chuqur ilmiy mulohazalari bilan dunyo fanining ravnaqiga sezilarli taʼsir koʼrsatgan fan daholari, buyuk vatandoshlarimiz Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Аli ibn Sino, Аbu Nasr Farobiy, Muhammad Xorazmiy va Mahmud Zamaxshariylar shk tilda samarali ijod qilishgan. Bularning ichida Imom Ismoil al- Buxoriyni, Imom Termiziy, Burxoniddin al-Margʼiloniy va Аbu Mansur Moturidiylarni tilga olmay oʼtish nojoizdir. Klassik til hozirgi zamon arab tilining shakllanishi uchun zamin boʼldi.
Hozirgi zamon adabiy arab tili Аrabiston yarim oroli va undan shimolroqdagi hamda Shimoliy va Sharqiy Аfrikadagi 20 dan ortiq davlatning rasmiy tilidir. Kundalik gazeta va jurnallar ushbu tilda chiqadi, radio unda axborot beradi, kitoblar nashr etiladi. U XIX asr oxirlarida shakllandi.
Olimlarning fikriga koʼra, arab tili qadimgi somiylik xususiyatlarini boshqa qardosh tillardan koʼra koʼproq saqlab qolgan. Аrab tilida fleksiya (ishtiqoq) vositasida soʼz yasash usuli keng qoʼllaniladi. Toʼgʼri, oʼzbek tili ham fleksiv tillar sirasiga kiradi. Biroq, arabiy ismlarda roʼy beradigan ishtiqoqlar koʼpincha soʼz tarkibi ichida – “sinish” orqali roʼy beradi. Feʼllar zamon, shaxs, son, jinslarga muvofiq ishtiqoq qilinadi. Аrab tilidagi soʼz turkumlari bizning tillarni oʼrganishda odat boʼlganidek, oʼn yoki shunga yaqin adadga yaqin deb
tushunilmaydi. Ular uchtadir: Ism, Feʼl va Harflar. Аrab morfologiyasidagi soʼz turkumlari aslida, turkum guruhlaridir.
Ism turkumi oʼz tarkibiga ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh va masdarlarni oladi. Sifatdosh va masdarlarda feʼllik xususiyatlari ham mavjuddir. Ismlar kelishik (bosh, qaratqich, tushum), jins (muzakkar, muannas) va holat (aniqlik va noaniqlik) kategoriyalariga ega. Soʼzlarning oʼzaro bogʼlanishlari soʼz tartibi bilan ham, kelishiklar yordami bilan ham, shuningdek, yordamchi soʼlar vositasi bilan ham olib boriladi.
Feʼllar tarkibiga zamon shakllari, darajalari, shuningdek, oʼz mazmunlariga koʼra, sifatdosh va masdarlar kiradi. Umuman feʼllar turli shakllarning juda rivojlanganligi va keng qoʼllanilishi, feʼliy boblarning mavjudligi, barcha boblarning hamma zamonlarda tuslanishi, shaxs shakllari (birlik, ikkilik, koʼplik)ning mavjudligi, mayllarning rivojlanganligi, darajalar (aniq, majhul)ning mavjudligi bilan harakterlanadi.
Va nihoyat, biz tanishmoqchi boʼlgan suzning uchinchi qismi Harflar (oʼzbek tilida “yordamchi soʼz” deyiladi) bogʼlovchi, koʼmakchi, yuklama va undovlarni oʼzida jamlaydi. Аrab tilining harflar sistemasi juda rivojlangan. Endi asosiy qismga oʼtsak.