Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   101
2 5208751846268607301

Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi. 


119 
SHaxs 
munosabatlari 
Egalik qilish modusi 
Ijtimoiy 
intilishlar modusi 
Xizmat qilish modusi 
O‘ziga 
munosabat 
Boshqalarga 
munosabat 
Ishga munosabat 
Jangari, 
“changalzor 
qonunlari” 
asosida 
yashovchi. 
Ishbilarmon: 
“sen-
menga, men-senga”. 
Tartibli. 
Muhitga 
bog‘liqlik, 
“qurbon” tamoyili. 
Qizg‘anchiqlik, 
raqobat, 
antogonizm. 
“Ko‘z 
bo‘yamachilik”. 
Taqdir va yaratganning 
irodasi. 
Muhabbat. 
Ma’suliyat, ijodkorlik. 
Egalik qilish modusida predmet yoki boshqa insonlarga egalik qilish nazarda 
tutiladi. Bu tip ehtiyojlari muayyan bir davr ehtiyojlari bilan hamohangdir. Ular 
kamchilik, etishmovchilik sifatida yuzaga keladi. Nimagadir yoki kimgadir egalik 
qilish ehtiyoji inson ehtiyojlarining begonalashgan shaklidir. Bu modusda 
individga tegishli bo‘lmagan barcha narsalar ular tomonidan vosita darajasigacha 
ko‘tariladi. Kasbiy faoliyat san’at darajasigacha ko‘tariladi va shaxsning zaruriy 
ishtiroki natijasiga ko‘ra predmetli yoki to‘liq predmetli ko‘rinishlarga ajratiladi. 
SHunga muvofiq tarzda, hech qanday faoliyat motivga ega emas, chunki hech 
qanday motivning o‘zi yo‘q, faqatgina muayyan faoliyatga egalik qila olinsa 
bo‘ldi. 
Bu bosqichda ham boshqalar singari ikkita chiziqni ajratib ko‘rsatish 
mumkin, ulardan biri kasbni endi o‘zlashtirayotgan insonlarga xosdir. Bu shunday 
holatki, bunda shaxs muayyan bir bosqichni bosib o‘tgan, lekin yuqoriroq darajaga 
erishmagan. Birinchi chiziq o‘zining natijasiga ko‘ra ikkita imkoniyatga ega. 
Ulardan biri – bu keyingi bosqichga (ijtimoiy intilishlar modusiga) o‘tish. 
Ikkinchisi – bu bosqichda izlanish va “to‘xtab qolish”dan bosh tortishdir. 
SHaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson allaqachon o‘zini 
“topganligi”, uning o‘zini va o‘z faoliyatini o‘zgartirishni istamasligi bilan 


120 
yakunlanadi. SHaxs faoliyatga nisbatan o‘z ehtiyojlarini qondiruvchi vosita sifatida 
qaraydi.
Kasbiy etuklikni mutaxassis shaxsining shakllanishi va mehnat sub’ektining 
kasbiy shakllanishi jarayoni sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu 
jarayon mehnat faoliyatini boshqarish va amalga oshirish bilan bog‘liq, lekin u 
faqatgina operatsional soha taraqqiyoti, bilim, ko‘nikma va malakalarni 
o‘zlashtirish bilan cheklanib qolmaydi, balki S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev, 
B.F.Lomov, A.N.Leontev va boshqalarning tadqiqotlarini guvohlik berishicha, 
shaxs ijtimoiy xulq-atvorini psixik boshqarishning funksional tizimini shakllanishi 
bilan bog‘liq. Bu jarayonda shaxsning kasbiy kamolotini asosiy qonuniyatlari 
haqidagi tasavvurlarning taraqqiyoti va turli omillar ta’sirida uning dinamikasini 
boshqarish muhim rol o‘ynaydi, buning natijasida shaxs o‘zini kasbiy faoliyat 
sub’ekti sifatida anglay boshlaydi va kasbining ijtimoiy ahamiyatlilik darajasini 
tushunadi. 
SHaxsning kasbiy shakllanish jarayonida aniq faoliyatning mohiyatini ochish 
dinamikasidagi maqsadga yo‘nalganlik, uning imkoniyatlarini bosqichma-bosqich 
kashf qilinishi va uning alohida komponentlari hamda tuzilishining o‘zgarishini 
muhim manbasi bo‘lib hisoblanadi. Psixologik tuzilish bilan muvofiq adekvat 
faollikni talab qiluvchi maqsadlar tizimini aniqlash, tanlash, unga erishish va 
alohida faoliyat komponentlarining mazmuni hamda ko‘zlangan natijaga erishish 
uchun psixik zo‘riqqanlikning muvofiqlik darajasi ham mehnat sub’ekti shaxsining 
psixik taraqqiyoti manbasi bo‘lib hisoblanadi. Taraqqiyotning bu mexanizmi 
predmetli faoliyat motivlarining shakllanishi va aniqlashtirilishi jarayoni bo‘lib, 
uning mehnat jarayonini har bir bosqichida o‘zgarishlarni aniq bir fazasini bosib 
o‘tuvchi, mazmun jihatdan boyib boruvchi va faoliyatning yo‘nalganligiga, psixik 
va kasbiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi omillarga aylanadigan motivatsion-
ehtiyojlarni boshqarish bilan bevosita bog‘liqdir
Mehnat sub’ektining kasbiy shakllanishi, shaxsning mutaxassisga aylanish 
jarayonida faoliyatning operatsional tomonini egallash qobiliyatini qidirish va 


121 
yaratish, faoliyatning psixologik tizimi komponentlarini o‘zaro aloqasi va 
mazmunini o‘zlashtirishini o‘z ichiga oladi.
Bu jarayonni boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri o‘zi haqidagi 
tasavvurlarning (“Men-konsepsiyasi”), “Men-mutaxassis” obrazi va mutaxassis 
modeli namunasining shakllanishi, qolaversa, bu tasavvurlarning muvofiqligi, ular 
orasidagi qarama-qarshiliklarni aniqlash va tahlil qilish hisoblanadi. 
Ko‘rsatib o‘tilgan sub’ektiv modellarning roli qator tadqiqotlarda o‘z aksini 
topgan bo‘lib, ular: “stereotiplashgan kasbiy namunalar shaxs tajribasining to‘liq 
integratsiyasiga yo‘l qo‘ymaydi, bu vaziyatda kasbiy shakllanish shaxs taraqqiyoti 
uchun to‘siq bo‘lib xizmat qilishi ham mumkin”, degan g‘oyani tasdiqlaydilar. 
Faqatgina individuallashtirilgan, qolaversa, shaxsning individual xususiyatlarini 
inobatga olgan holda yaratilgan kasbiy namunagina shaxs taraqqiyoti uchun xizmat 
qilishi mumkin, chunki ular muayyan bir shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bilan 
muvofiq bo‘ladi. 
Sub’ektning psixik sohasini o‘rganish natijalariga ko‘ra mehnat mutaxassis 
shaxsi shakllanishining boshqarish jarayoni bilan psixik funksiyalarning 
rivojlanish holati o‘rtasidagi aloqadorligini tushunishda muhim ahamiyat kasb etib, 
mehnat faoliyatining shaxsga ta’siri xarakterini aks ettiruvchi mehnat yutuqlari 
darajasini aniqlab beradi. 
Mehnat sub’ektining kasbiy shakllanishi, o‘zining hayotiy pozitsiyasiga, 
maqsadi va harakatlar dasturiga, faoliyat jarayoni va natijalariga nisbatan 
munosabatga hamda shu kabi qator maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan mutaxassis 
shaxsining shakllanishi, sub’ektning shaxs taraqqiyoti qonuniyatlarini engib 
o‘tishi, faoliyat determinantlari ta’sirida uning hayotga psixologik qarashlarining 
o‘zgarishi natijasi hisoblanadi. 
SHaxsning hayotiy va kasbiy shakllanishini dinamik xarakterini, shaxsning 
o‘ziga xos filogenetik va ontogenetik xususiyatlarini, qolaversa, undagi mehnat 
faoliyatining rolini, sub’ektning kasbiy shakllanishini o‘ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olgan holda bu jarayonni “professiogenez” atamasi bilan atash mumkin. 
SHaxs faoliyatini tashkil qilish va tahlil qilishga nisbatan professiogenetik 


122 
yondashuv shaxs mehnat faoliyatini o‘rganuvchi psixologiyaning qator sohalari va 
boshqa fan sohalari uchun metodologik, nazariy va metodik asos bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Mutaxassis shaxsining shakllanishini o‘ziga xos xususiyatlari mehnat 
sub’ektining kasbiy shakllanishiga nisbatan professiogenetik yondashuvning asosiy 
xususiyatlarini aniqlab beradi. Bu yondashuv mehnat sub’ektining kasbiy faoliyati 
davomida ijtimoiy va psixologik rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish asosiga 
qurilgan. Bunda kasbiy taraqqiyot jarayonini faol boshqarish imkoniyatlari va 
shaxsning mehnat faoliyatiga yaroqliligi ko‘rib chiqiladi. U faqatgina shaxs 
taraqqiyoti xususiyatlarini va mutaxassis shakllanishini o‘rganishga qaratilgan 
bo‘lmay, balki mavjud faoliyat turlarini, faoliyatga moslashish jarayonini psixik 
boshqarish mexanizmlari va shaxsning mavjud imkoniyatlari hamda kasbiy 
talablar orasidagi muvofiqlikni psixologik tahlil qiladi, qolaversa, obro‘li kasb va 
faoliyat turlarining psixologik xususiyatlarini taxmin qiladi. Ommaviy va obro‘li 
kasbiy faoliyat turlarini psixologik tahlil qilishning samaradorligi faoliyatni 
rejalashtirishdagi texnik va texnologik qarorlar va shu bilan bir qatorda, shaxsga 
nisbatan kasbiy talablar xarakteri hamda faoliyatning psixologik nazariyalarini 
ahvoli haqidagi ma’lumotlar yordamida aniqlanadi. 
Professiogenezning markaziy nuqtasida mehnat sub’ektining kasbiy 
shakllanishi va uni bir necha aspektlarini keng ko‘lamda ko‘rib chiqish maqsadga 
muvofiqdir: 
Birinchidan, shaxs taraqqiyoti sifatida – bu muayyan mehnat sub’ektining 
faollik darajasiga bog‘liq va etakchi faoliyat xarakteriga asoslangan holda aniq bir 
yosh davrida namoyon bo‘ladi. Psixik taraqqiyot eng avvalo, mehnat motivlarining 
shakllanishi, kasbiy muhim sifatlarning faollashishi va aniq bir faoliyatning 
talablariga muvofiq ravishda shaxs qobiliyatlarining tarkib topishi bilan 
yakunlanadi. 
Ikkinchidan, sub’ekt ijtimoiylashuvi sifatida – bu individ tomonidan ijtimoiy 
normalarning o‘zlashtirilishida, ijtimoiy tajribani shaxsiy kasbiy ustanovkalar 


123 
tizimida qo‘llashda, qadriyatlar va faoliyat dasturida, ijtimoiy rollarni qabul qilish 
va ijtimoiy masalalarda namoyon bo‘ladi. 
Uchinchidan, sub’ektning kasbiy o‘z-o‘zini anglashi, o‘z-o‘zini namoyon 
qilishi sifatida – bu hayot faoliyati davomida kasbiy shakllanishiga zamin 
tayyorlaydigan o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, 
hayotiy tajriba va hayot tarzi orqali namoyon bo‘ladi. Hayot davomida taraqqiy 
etish va kasbiy shakllanish yosh davrlarida, shaxs hayot-faoliyati bosqichlarida aks 
etib, jamiyat talablari va shaxsning o‘zini-o‘zi namoyon qilishga intilishi orasidagi 
qarama-qarshiliklarga bog‘liq bo‘ladi. 
To‘rtinchidan, kasbiy shakllanish shaxs faolligi shaklida namoyon bo‘ladi va 
tavsiflanadi – bunda shaxs shakllanishining dinamik sharoitlari va uni shaxsiy 
harakatlarining faoliyat bilan muvofiqligi ko‘rib chiqiladi. 
YUqorida ko‘rsatilgan professiogenezning o‘ziga xos xususiyatlari 
mutaxassis shaxsining uzluksiz ravishda shakllanishi, mehnat sub’ektining kasbiy 
kamolotga erishishga intilishi, bundan tashqari shaxsning ongli faoliyat sohibi, 
ijtimoiy qadriyatlar ijodkori, har tomonlama kamol topgan shaxs, oliy toifali 
mutaxassis sifatida shakllanish jarayonlarida aks etadi. 
Kasbiy shakllanish jarayonini professiogenetik yondashuv asosida o‘rganish 
borasida bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda va bu muammoning turli jihatlari 
keng doirada ochib berilmoqda.
Oxirgi 15 yil ichida mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar shaxs 
xulq-atvori va kasbiy sohasida o‘z aksini topib kelmoqda. Etuklik davridagi 
shaxslarni kasbiy qayta yo‘naltirish keng tarqalgan voqelikka aylangan. O‘zini-o‘zi 
anglash va shaxsning kasbiy shakllanishi muammosi bu jarayonda sub’ektlarning 
turli kasbiy tajribaga ega ekanliklari, barqaror qadriyatlar tizimi, shakllangan shaxs 
tuzilishi, hayotiy pozitsiyani amalga oshirishda ijtimoiy, kasbiy va iqtisodiy 
sharoitlarni aniqlash bilan aloqadorlikda yangi qirralarga ega bo‘ldi. 
V.A.Bodrov va M.A Ratnikova bilan hamkorlikda kasbiy faoliyatni 
o‘zgartirishning psixologik xususiyatlari va qayta kasbga yo‘naltirish vaziyatining 
xarakteri hamda mehnat sub’ektining individual-psixologik xususiyatlariga bog‘liq 


124 
holda kasbiy faoliyatga moslashishni o‘rganish maqsadida tadqiqot ishi olib 
borilgan. 
Etuklik davrida kasbiy qayta yo‘naltirish va uning kasbiy shakllanish 
jarayoniga ta’siri quyidagi omillar orqali aniqlanadi: 
1. Qayta yo‘naltirish vaziyatining ko‘rinishiga ko‘ra (majburiy yoki 
ixtiyoriy); 
2. Mintaqaning ijtimoiy-demografik va kasbiy xususiyatlariga ko‘ra (turli 
yosh va ish stajiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar, boshqaruvchi shaxs, muhandis, 
shifokor, o‘qituvchi); 
3. Joriy faoliyatning xarakteriga ko‘ra; 
4. Qayta yo‘naltirilgan sub’ektlarning individual-psixologik xususiyatlariga 
ko‘ra (introvertlik, ekstrovertlik, xavotirlanish va boshqalar). 
Qayta yo‘naltirishning muvaffaqiyati yangi faoliyatga kasbiy, ijtimoiy va 
psixologik moslashganlik darajasi bilan tavsiflangan. Bunda majburiy qayta 
yo‘naltirishni, ya’ni ishdan haydalish, tashkilotning inqirozga uchrashi 
vaziyatlarini boshidan o‘tkazgan xodim sinov muddati (6 oy) davomida kasbiy 
faoliyatga moslasha olgan (93%, 68% va 33% vaziyatlarda moslashish turiga 
muvofiq), 84%, 63% va 58% vaziyatlarda esa ixtiyoriy qayta yo‘naltirishni yoki 
qo‘shimcha kasbiy faoliyatga, qolaversa, majburiy qayta yo‘naltirishni boshidan 
kechirayotgan xodimlarning yangi kasbiy faoliyatga psixologik moslashishida 
ko‘pgina qiyinchiliklarga uchragan. Kasbiy faoliyatga moslashish jarayonining 
tezligi shaxsning internallik-eksternallik xarakterlariga va shaxsiy xavotirlanish 
darajasiga bog‘liqdir. 
SHaxs tuzilishining arxitektonik holati va maxsus qobiliyatlar, shaxs 
taraqqiyotida faoliyatning roli haqidagi ma’lumotlar, faoliyatning dinamik tuzilishi 
va mazmuni hamda bu jarayon bilan bog‘liq ravishda shaxsga nisbatan 
qo‘yiladigan kasbiy talablar keyinchalik kasbiy shakllanishning va bu tizim asosida 
mutaxassislarni psixologik saralashning takomillashtirish jarayonining yangi 
qirralarini o‘rganishni belgilab beradi. Bu qarashlar eksperimental asoslangan 


125 
bo‘lib, uning negizida kasbiy yaroqlilikni baholashga nisbatan strukturaviy-
dinamik yondashuv konsepsiyasi yotadi. 
To‘rt yil davomida 600 dan ortiq uchuvchi-kursantlarda olib borilgan 
tadqiqotlar orqali uchuvchilik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan alohida kasbiy 
muhim xususiyatlar qator tipik jihatlarga, ya’ni uchuvchilik qobiliyatining 
tuzilishidagi komponentlarning o‘zaro ichki aloqalarini namoyon bo‘lish 
darajasidagi tafovutlar va bu komponentlar orasidagi ierarxik munosabatlar 
xarakteriga ega ekanligi aniqlandi. Bu ma’lumot kursantlarning haqiqiy mutaxassis 
bo‘lib etishishlarining dastlabki bosqichida ulardagi qobiliyatlarning rivojlanganlik 
darajasidagi individual farqlarning keng qamrovli ekanidan dalolat beradi. Aytish 
mumkinki, ularning uchuvchi kasbini tanlashdagi kasbiy yo‘nalganligi psixik 
mavqe jihatidan iqtidorli va uning kasbiy faoliyatga qo‘yiladigan talablarga 
muvofiq tarzda rivojlanganligi bo‘lajak mutaxassislarning kontengentini to‘liq 
shaklda aniqlab bera olmaydi.
Ta’limning turli bosqichlarida kasbiy muhim xususiyatlarning miqdoriy, 
xarakter jihatdan va o‘zaro chambarchas bog‘liq holda o‘zgarishi aniqlangan 
bo‘lib, ular kursantlarga qo‘yiladigan talablarning turli mazmunga egaligi bilan 
bog‘liq: o‘quv masalalari, qolaversa, bu talablarga nisbatan moslashuvchanlik 
darajasi va bu masalalarni hal qilish sharti hamda mazmuniga nisbatan adekvatlik 
darajasi hamda faoliyat tizimiga (V.D.Shardakov bo‘yicha) individual funksional 
moyilligi bilan belgilanadi. 
Kursantlarning turli ta’lim bosqichlarda alohida kasbiy muhim 
xususiyatlarini namoyon bo‘lish darajasi ko‘rsatkichlarining dinamikasini katta 
variativligi psixik taraqqiyot fazalarining geteroxronligi va o‘zgarishlarning 
betartibligi, qolaversa, har bir o‘quv faoliyatining kasbiy muhim xususiyatlar 
holatiga ta’sirida aks etishi joriy qilingan. Ta’lim jarayonida kasbiy muhim 
xususiyatlarni tizimlashtirishning samaradorligi oshib borayotgani aniqlangan 
bo‘lib, bu bevosita alohida xususiyatlar orasidagi zaif aloqalar sonini kamayishiga, 
ya’ni xarakterning kasbiy ta’lim bosqichidaga passiv qobiliyatlar tuzilishiga 
bog‘liq ravishda o‘zgarishiga (birinchi kursda-barcha kasbiy muhim xususiyatlar 


126 
orasida teng va ahamiyatsiz aloqalar mavjud bo‘lib, to‘rtinchi kursga kelganda-
etakchi xususiyatlar orasida “kuchli” aloqalar sonini ortganligi kuzatiladi); kasbiy 
muhim xususiyatlar tuzilishida– kognitiv (axbortni qayta qurish), psixomotor 
(etakchi faollik), faollashtirilgan (axborotlarni qidirish, diqqatni taqsimlash va 
nazorat qilish) kabi 3 ta yirik majmualarni ajratilishiga xizmat qilmoqda. 
Berilgan korrelyasion tahlillar kasbiy muhim xususiyatlarning kursantlarni 
past va yuqori o‘zlashtirish darajasiga bog‘liq holda namoyon bo‘lishida miqdor va 
sifat jihatdan tafovutlar borligini ko‘rsatmoqda, bu esa tayyorgarligi yuqori bo‘lgan 
kursantlarda kasbiy muhim xususiyatlarning funksional majmuini egiluvchan va 
moslashuvchan tizimga asoslanganidan, tayyorgarligi past darajada bo‘lgan 
kursantlarning esa kasbiy muhim xususiyatlari ularda yangi kasbiy masalalarni 
o‘zlashtirishlari uchun qiyinchiliklar tug‘diruvchi konservativ, qattiqqo‘llik 
tizimiga asoslanganligidan dalolat beradi. 
SHunday qilib, uchuvchi-kursantlar kasbiy shakllanishining o‘ziga xosligida 
aks etuvchi shaxsning kasbiy taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rnatish jarayoni kasbiy 
muhim psixologik xususiyatlarning maxsus integratsiyasi sifatlari va shaxsning 
kasbiy tizimda to‘liq shakllanishi bilan hamohang tarzda kechishidan dalolat 
beradi. Aytish mumkinki, shaxsning kasbiy shakllanishidagi individual farqlar 
mutaxassislarni kasbiy etuklikka erishishlarining turli imkoniyatlarini belgilab 
beradi. 
Mehnat sub’ektining kasbiy shakllanishi taraqqiyot jarayoni sifatida 
mutaxassisning qator yakuniy natijalarga erishishi, ayniqsa, yuqori darajadagi 
professionalizm, 
malakaga, 
kompetentlikka 
va 
etuklikka 
egaligida 
mujassamlashadi. Bu tavsiflarning har biri kasbiy shakllanganlikning o‘ziga xos 
xususiyatlarini, shaxs taraqqiyoti darajasi va xususiyatlarini, eng asosiysi, bu 
jarayonning natijalarini muhokama qilishda muhim ahamiyatga egadir. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin