28
javobgardirlar. Ular maslaxat berish vazifasini bajaradilar. Chiziqli rahbar-
larning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy
va salbiy maslahatlardan
maqsadga muvofiqlarini aniqlash va uni qabul qilishdan iboratdir.
Funksional tuzilma.
Funksional tuzilma tarkibi rahbarlar va tarkib
bo’g’inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgan.
Bunda
har bir boshqaruv bo’g’iniga muayyan vazifalar biriktirib quyiladi.
Boshqaruv apparatini Funksional ixtisoslashtirish samaradorligini ancha
oshiradi. Boshqaruvning hamma vazifalarini bajarishi lozim bo’lgan univer-
sal rahbarlar o’rniga o’z sohasini puxta biladigan, o’z shtatiga ega bo’lgan,
o’ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar appa-
rati paydo bo’ladi.
Funksional bo’linmalar bevosita barcha quyi tarkib bo’linmalarining
faoliyatini boshqaradi. Funksional boshqarish
u yoki bu vazifa vakolatiga
taaluqli tor doiradagi masalalar qarab quyi bosqichning organ va bo’linmalari
faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo’limi
sexlarning reja byurolariga rahbarlik qiladi.
Bunda ham Funksional bo’limlar rahbarlarining vertikal qarab iyerar-
xiyasi va bo’ysunishi mavjud. Ammo chiziqli tarkibdan farqli o’laroq, bun-
day bo’ysunish ma’muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bo’ysunishdir.
Masalan, korxona reja bo’limining boshlig’i sex reja byurosi boshlig’iga, hat-
to aynan shu vazifaga doir masala qarab ham
buyruq berish huquqiga ega
emas. Biror ma’muriy buyruqni korxona direktori sex boshlig’iga berishi
mumkin, sex boshlig’i esa sex reja byurosi boshlig’iga shunday buyruq bera
oladi.
Dostları ilə paylaş: