Marketingning asosiy tamoyillari: - bozorni
bilish; -unga moslashish; -bozorga ta’sir o’tkazish.
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan
quyidagicha
asosiy tamoyillar kelib chiqadi: - iste’molchilarga
yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi shohdir; -istiqbolga yo’naltirilgan
tamoyil, ya’ni subyekt faoliyati istiqbolga yo’naltirilgan bo’lishi zarur;
pirovard ko’rsatkichga erishishga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor hissasi, foyda oshishi va hokazolar. Marketing konsepsiyasining mazmuni uning vazifalarini amalga
oshirish orqali hal etiladi.
Marketing vazifalari quyidagi guruhlarga bo’linadi: marketing tadqiqotlari; -mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini
rivojlantirish; -sotish va taqsimot vazifasi; -tovarni siljitish; -narxni tashkil
etish vazifasi; -marketing-menejment vazifasi.
Marketing vazifalari firmaning boshqa vazifalari, ya’ni ishlab
chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi
funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi. Marketingning vazifalari xo’jalik
yurituvchi subyektlarning boshqa vazifalaridan farqi shundan iboratki, mar-
keting vazifalari xo’jalik yurituvchi subyektlar, uning iste’molchilari, mi-
jozlari o’rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga
qaratilgan. Shuning uchun ham marketing vazifalari doimo o’zgarib boradi-
gan ehtiyoj hamda talabning shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir
etadi.
33
4.2. Tadbirkorlik faoliyatida bozorni segmentlashni tashkil etish Marketingni boshqaruv tizimida bozor segmentasiyasi muhim
ahamiyatga ega va bozorda talabni o’rganish yoki marketologlar atamasi bi-
lan aytganda