Microsoft Word KichikBiznes doc


«iste’molchini tahlil etish»



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

«iste’molchini tahlil etish»
- bozorlar holatini tahlil etishdagi bi-
rinchi bosqich hisoblanadi. 
U uch tarkibiy qismga bo’linadi: 1) bozor seg-
mentasiyasi; 2) iste’molchi talabi sabablarini o’rganish; 3) qondirilmagan 
ehtiyojlarni aniqlash. 
Bozor segmentasiyasi talabni qondirishga tabaqalangan 
holda yondashuv, tovarlarning turi, sifati va miqdoriga ko’ra har xil talab 
qo’yadigan iste’molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qo’llashga 
asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim seg-
mentlar majmui tarzida, har bir segment doirasida alohida o’ziga xos bir talab 
namoyon bo’ladigan hodisa tarzida olib qarabadi. 
Bozorda xaridorlarning ma’lum bir tovarga talablari xilma-xildir, har bir 
xaridorning o’z didi bor. Xaridorning talabi, xohishi, ehtiyoji, turmush tarzi, 
tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar samarali marketing 
tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. 
Ya’ni bozor segmentasiyasi xaridorlarning talabiga muvofiq tovarning taklif 
etilishi va tovarga talabning qat’iyligini ta’minlaydi. 
Demak,
xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi 
va tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni 
bozor segmentasiyasi deyiladi

 
Бозорни сегментлаш 
Сегментлаш характерига 
бо
ғ
ли
қ
лигига кўра 
Истеъмолчилар турига кўра 
макросегментлаш 
микросегментлаш 
ичкарида 
чуқур сегментлаш 
аввалдан 
Истеъмол товарлари 
истеъмолчиларини 
сегментлаш 
Ишлаб чи
қ
ариш, 
техник товарлар 
бўйича 
истеъмолчиларни 
сегментлаш 
Икки турдаги товар 
истеъмолчиларини 
сегментлаш 


34 
4.2.1-rasm. Bozorni segmentlash turlari 
Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko’p jihatlardan tovar yoki 
xizmatning turiga, shuningdek korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi 
bo’lgan masalaga bog’liq. 
Sanoat tovarlari va keng iste’mol tovarlari uchun tanlov mezonlari bir-
biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos keladi-
gan maqbul mezon tovarni bozorda joylashtirish masalalariga umuman 
to’g’ri kelmasligi mumkin. Mabodo muayyan mezon xaridorlar o’rtasida 
paydo bo’lgan farqlarni izohlab berishga imkon bermasa, unda boshqa me-
zonni kiritish va to bu farqlarni ravshan aniqlashga qadar tadqiqotlarni davom 
yettirish lozim. 
Bozorni segmentlash orqali, xo’jalik yurituvchi subyekt quyidagi 
maqsadlarni ko’zlaydi: - iste’molchilarni xohish va talabini maksimal rav-
ishda hisobga olish; -tovarni (xizmatni) va xo’jalik yurituvchi subyektni 
raqobatbar-doshligini ta’minlash; 
xo’jalik yurituvchi subyekt xarajatlarini optimallashtirish; - xo’jalik 
yurituvchi subyektning marketing strategiyasi samarador-ligini oshirish; -
raqobatchilardan holis bo’lgan segmentlarga ketish. 
Segmentlashning asosiy maqsadi bozordagi xatti-harakatlarni o’rganib, 
ularning obrazini (modelini) va kelajakdagi ehtiyoj talablarni tasavvur qi-
lishdan iborat. Hozirgi raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti yangi, 
yuqori sifatli tovar va kompleks servis texnika xizmatlar hamda samarali 
sotish usullarini qo’llashdan iborat bo’lib qoldi. Ana shu talablar asosida 
marketing tadqiqotlarining ustuvor turi iste’molchilarni o’rganish va navbati-
da bozorni segmentlashdan boshlanadi, chunki bozor bir xil subyektlardan 
tashkil topgan emas. 
Bozorni segmentlarga bo’lish xaridorlarning tovarga talablari va xari-
dorlar tavsiflari to’g’risidagi eng muvofiq bilimlarni talab qiladi. Quyidagi 
4.2.1-rasmda bozorni segmentlash turlari berilgan.
Makrosegmentlash bozorlarni hududlar, mamlakatlar qarab ularning 
sanoatlashuviga qarab bo’lishni ko’zda tutadi. Mikrosegmentlash esa bir 
mamlakat iste’molchilarini yanada batafsilroq mezonlar qarab guruhlarga 
bo’ladi. 
Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste’molchi guruhla-
ri bilan boshlanib, keyin tovar yoki xizmatlarni oxirgi iste’molchilari klassi-


35 
fikasiyasiga bog’liqligiga qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi. 
Chuqurda segmentlash tor iste’molchi guruhlari (segmentlar 
i) bilan boshlanib, keyin tovarni ishlatish va qo’llanish sohasidan 
bog’liqligiga qarab kengaytirishni nazarda tutadi. Avvaldan segmentlash 
maksimal bozor segmentini o’rganishga mo’ljallangan marketing tadqiqotin-
ing boshlang’ich bosqichidir. 
Yakuniy segmentlash bozor muhiti sharoitlari va firmaning o’z imkoni-
yatlarini tartibga solib o’tkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi bosqichidir.

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin