37
strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib,
boshqaruv
qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir.
Marketing dasturining strategik yo’nalishi bozordagi mavqyei va korx-
ona holatining bog’liqligiga ko’ra, o’z ichiga turli variantlarni oladi. Firma
turli marketing
dasturlarini ishlab chiqadi, qishloqiga qarab markekting
dasturi yuqori va pastki bo’g’in uchun bo’lishi mumkin. Agar dastur yuqori
bo’g’in uchun bo’lsa, u qisqa va aniq tuzilgan bo’lishi lozim. Chunki unda
muhim tomonlari ajratib ko’rsatiladi, pastki bo’g’in
uchun tuzilgan dastur-
larda esa har bir savol yoritib beriladi. Muddatiga ko’ra, marketing dasturlari
qisqa, o’rta va uzoq muddatli turlarga bo’linadi. Qamrab olinayotgan vazi-
fasiga ko’ra, oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo’linadi.
Oddiy marketing dasturlari firmaning ishlab chiqarish,
sotish faoliyati
bilan barcha masalalarni hal etishga yo’naltiriladi. Maqsadli dasturda esa
yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o’zlashtirish, firma siyosatini
rag’batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga
oshirishga qaratiladi.
Quyidagi 4.3.1-rasmda marketing dasturi majmui jarayoni keltirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: