Biznes-reja nima uchun zarur? - yangi biznesni boshlash uchun;
- o’z biznesingizni kengaytirish uchun; - uni boshqa shaxsga o’tkazish yoki
sotish uchun;
- ssuda olish uchun.
Ko’pincha oxirgi sababni muhim deb biladilar. Aslida bunday emas.
Biznesingiz bilan bog’liq bo’lgan eng muhim narsa, ayniqsa, kimningdir
pulini olish xoxishida, bu - menejment. Kiskasi - bu Sizsiz. Ko’pgina tad-
birkorlarni Biznes-rejani tuzish yo’lidagi dastlabki harakatlariga faqat bi-
rinchi sabab etaklab boradi.
Biznes-reja turli xil biznesmenlar, tadbirkorlar, korxonalar, firmalar
yoki turli xil mulk shakllarida bo’lib turli xil xizmatlarni bajarish, har xil si-
fatdagi, hajmdagi, turlicha vaqtda maxsus ishlab chiqarishga xoxishi bo’lgan
xodimlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Biznes olamida tug’ilgan yangifikrlarni, yangi xoxishni o’z vaqtida saqlab qolib, uni haqiqatga aylantirish foydadan holi bo’lmaydi. Biznes
sohasidagi yangi fikrlar miyaga har qanday sharoit va holatda kelishi mum-
kin. Masalan, nonushta vaqtida yoki samolyotda uchayotganingizda, ta’tilda,
plyajda chumilish vaqtida yoki muvaffaqiyatsizlikka uchraganda va hokazo.
Shundan so’ng, munozaralar, izlanishlar, o’z-o’zini tahlil qilish va
boshqalardan so’rab-surishtirishlar jarayonida bu fikr kurtak otadi. Lekin bu
ko’rtakning navda otib, meva berish uchun haddan tashqari faol ishlash talab
etiladi.
Ko’rtakdan farqli ularoq yangi biznes tabiiy ravishda o’z-o’zidan
rivojlanib ketavermaydi. Ko’pincha asoslanmagan yangi biznes o’nib
chiqquncha nobud bo’lib ketadi. Amaliyotda yashab qolgan bizneslar mi-
qdori 20% ni tashkil etadi. Yangi biznesning hayotini saqlab qolish imkoni-
yati o’z qo’lingizda - faqat biznes-rejani to’g’ri tayyorlash lozim. Biznes-reja
eng boshidan qattiq, va ishonchli poydevorga o’rnatilishi zarur.Agar Siz
shunday rejasiz ish boshlasangiz o’zingiz mo’ljallagan narsaga erisha olmay
qolishingiz mumkin.