Microsoft Word KichikBiznes doc


Dunyo amaliyoti, biznes-reja hamma uchun zarurligini



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

Dunyo amaliyoti, biznes-reja hamma uchun zarurligini 
ko’rsatadi. o’z
loyihangizni amalga oshirish uchun kimdandir pul olmoqchi 
bo’lsangiz — bankirlar uchun, investorlar va o’zlarining kelajaklarini va va-


41 
zifalarini aniq,bilmoqchi bo’lgan xodimlaringiz uchun, eng muhimi — Siz-
ning o’zingiz uchun biznes-reja lozim bo’ladi. Sizning biznes-rejangiz 
qog’ozda biznesingizning o’tgan davrdagi, avvalgi holatini, hozirgi va kelgu-
si holatini qisqacha aks ettiradi. Endi boshlanayotgan biznesni re-
jalashtirishda rejaning eng asosiy maqsadi — biznesni sinchiklab re-
jalashtirish, uni moliyaviy va tashkiliy jihatdan ta’minlashdir. Biznes-reja — 
bu Sizning uyiningizning rejasi. U faoliyatingizning aniq maqsadi, yo’nalishi 
va asosiy bosqichlarini belgilab beradi. 
Biznes ishlari boshlangandan keyin olingan natijalar reja bilan solishtir-
ib boriladi, muammolar bo’lsa, yuzaga chiqariladi, rejaga tuzatishlar kiritib 
boriladi, shu tariqa biznes to’g’ri yo’nalishga solinadi. Aks holda uni 
boshqarish qiyinlashib ketadi. Biznes reja ana shuning uchun ham zarur 
bo’ladi. Demak, biznes-reja hozirgi va kelgusidagi yutuqlarni, o’sishni aks 
ettiradigan biznes kuzgusidir. 
5.2. Biznes-rejaning mohiyati, mazmuni va uning
bajarilishining nazorati. 
Korxona faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda biznes-reja muhim rol 
o’ynaydi. Biznes-rejaning tuzilishi va mazmuni qat’iyan chegaralanmagan. 
Fikrimizcha, yetti bo’limdan iborat biznes-reja eng maqbuldir (5.2.1-rasm).
Ushbu biznes-rejani batafsil ko’rib chiqamiz: 
Birinchi bo’lim.
Biznes-rejada «Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazi-
falari» markaziy o’rinni egallaydi. 
Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi 
va vazifalari 
Biznes-rejaning umumiy 
xulosasi, asosiy parametr va 
ko’rsatkichlari 
Harakat dasturi va tashkiliy 
chora-tadbirlari 
Tadbirkorning iste’molchiga 
taqdim qilayotgan mahsulot, 
tovar va xizmatlarning tasnifi 
Bitimning resurslar 
ta’minoti 
Bozor kon’yukturasi, talab va 
sotuv hajmi tahlili 
Bitimning samaradorligi 
5.2.1-rasm. Tadbirkorlik faoliyatining biznes-rejasi 
Tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Rejalash-


42 
tirilayotgan bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag’ sarflash va shu 
mablag’ qancha foyda keltirishini hisoblab chiqish lozim. Bunda va umuman, 
biznes-reja tuzishda vaqt omilini doimo hisobga olish kerak. Boshqacha qilib 
aytganda, keladigan foyda vaqtga qarab qanday taqsimlanadi va inflyasiyaga 
nisbatan uning samaradorligi qanday bo’lishlishini hisoblab chiqish lozim. 
Biznes-loyihani amalga oshirishdan avval shuni e’tiborga olish kerak-ki, 
olinadigan foyda omonat bankka qo’yilgan shu miqdordagi mablag’ keltiradi-
gan foizdan ko’p bo’lishini ta’minlashi lozim. Biznes-reja tuzuvchilarning 
diqqat markazida, markaziy, ustuvor masaladan tashqari, boshqa maqsad va va-
zifalar ham turishi kerak. Masalan, ijtimoiy maqsadlar, tadbirkorlik maqomini 
ko’tarish, maxsus maqsad va vazifalar, homiylik tadbirlari va boshqalar.

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin