Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
89
«Munkar, Nakir» suratlarini mulohaza qilg‘ay. Agar qattig‘ ovoz eshitsa nafxai sur (Isroil
nomli farishta qiyomat kuni karnay chalganda hamma murdalar tirilar ekan) yodig‘a
kelturg‘ay. Va agar xalqdin rad va qabul anglasa, savol-javob vaqtidagi rad va qabulni
mushohada qilg‘ay.
Bas, shar’i sunnatlar ushbudur. Ammo tib kitoblarida aytibdurlar, har oyda bir marotaba
kirib qatiq iste’mol qilsa, bisyor manfaatlikdur. Vaqtiki hammomdan chiqsa, ayog‘ini iliq
suvda yuvg‘ayki, niqris (barmog‘lari, bo‘g‘inlari qattig‘ og‘riydigan bod) kasalidan emin
bo‘lur va boshi og‘rimas. Va boshig‘a sovuq suv quymag‘ay. Va bahor faslida hammomga
kirsa, hammoamdan chiqib uxlamag‘ay. Va hammomdan chiqqanda sharbat ichgay.
Dostları ilə paylaş: