Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
87
solih bandalaringdan». Bas, bo‘lg‘aykim bu duolar ma’nosini fahm qilg‘ay. Agar bilmasa, 
arabcha bilur kishilardan o‘rgangay. Keyin bir marotaba «Oyatal Kursi»ni, uch 
marotaba surai «inna anzalnahu»ni («Laylatul-qadr»ni) o‘qig‘ay. Chunonchi hazrati Rasuli 
akram (s.a.v.) aytibdurlar: 
«Man qaraa inna anzalnohu fi laylatil qadri badal vuzuu salosa marrotin a’tohullohu taolo 
ajra alfishahidin allaziyna qutiluu fi sabilillohi». 
Hadisning tarjimasi: «Kishikim surai «inna anzalnohu fi laylatul-qadr»ni, tahorat 
Oltandan keyin uch marotaba o‘qisa, Alloh taolo ul kishiga Xudo yo‘lida shahid bo‘lgan 
mo‘‘minning savobini ato qilur 
Xabarda kelibdurkim, tahorat qilurda mazkur bo‘lgan duolarni o‘qisa , hamma 
a’zolari gunohdan pok bo‘lur. Har namozga tahorat qilg‘ay. Agarchi tahorati bo‘lsa ham. 
Xabarda kelibdurki, kishi toza tahorat qilsa, Haq taolo u kishining iymonini toza qilur. 
Vaqtiki tahorat tamom qilsa, bilgayki, bu a’zoi mag‘sula (yuviladigan a’zo) xalq 
nazargohidur. Haq subhonahu va taoloning nazzoragohi esa dildur. Ani tavba va 
istig‘for birla pok qilg‘ay. Va agar dilini tavba birla pok qilmasa, anga o‘xsharkim, 
kishi o‘z podshohini mehmondorchilikka taklif qilg‘ay, uyining tashqarisini yaxshi 
tozalagay va uyining ichi, podshoh o‘turadigan yerni nopok va najas qo‘yg‘ay. 
FASL
Tahoratda makruh narsalar bayonida 
Bilgilki, tahoratda olti nimarsa makruhdir. Tahorat qilib turgan vaqtda so‘zlamagay va 
suvni yuzig‘a qattig‘ urmagay. Va qo‘lini silkitmagay. Oftobda qolib issig‘ bo‘lgan suv birla 
tahorat olmag‘ay va suvni ko‘p quyib isrof qilmag‘ay, Uch bor yuvilishi kerak bo‘lgan a’zoni, 
uchdin ziyoda yuvmag‘ay. Ammo yuz va qo‘lini g‘ubor o‘turmasun deb pok nimarsada 
artmoq ruxsatdurki, bu niyat birla artsa fazilatdur. Safol idishda tahorat olmoq, oftobada 
tahorat olmoqdan avloroq va tavaze’ga yaqinroqdur. 
Kishikim xotini birla suhbat qilsa, yo bedorliqda yo uyquluqda ob maniysi zavq va 
shahvat birla oqib ketsa ul kishiga g‘usul qilmoq vojib bo‘lur. Ammo uyqudan uyg‘ongan 
kishiga maniy ko‘rsa ham g‘usul qilmoq vojib bo‘lur. Va foilga va maf’ulga (er-xotin 
ikkalasiga) g‘usul qilmoq vojib bo‘lur. 
Va g‘usulda ham, tahoratdagi kabi, bajarishni niyat qilmoq, zam-zama(og‘iz 
chayqash), burunga suv tortib, tomog‘ning ichkarisiga suv yetkazish va hamma badanni 
olasiz yuvmoq zarur. 
Ammo sunnat uldurkim, avval bismilloh degay. Va uch marotaba qo‘lning ikkalasini 
yuvgay va badanida najosat bo‘lsa ani pok qilg‘ay. Andin keyin tahorat Oltay. Andog‘kim 
mazkur bo‘ldi. Va hamma sunnatlarni bajo kelturgay. Va oyog‘ini g‘usuldan keyin yuvgay. 
Va g‘usulning tartibi uch marotaba o‘ng tarafiga,uch marotaba chap tarafiga, uch 
marotaba boshig‘a suv quyg‘ay. Qo‘li yetadigan yerlarni yaxshilab yuvgay. Qo‘li yetmas 
yerlarga suv yetkizishga harakat qilg‘ayki hamma badaniga suv yetkurmoq farzdur. 
Qo‘lini va nazarini avratdin yiroq qilg‘ay. Va barmog‘ining uchi birla kindigining uchini 
ishqalab yuvg‘ay. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin