Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
94
Attoyibu minaz-zanbi zanbalahu.
Ya’ni Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, gunohdin tavba qilib qaytuvchi aslo gunoh
qilmagan kishig‘a o‘xshaydur, tavba gunohni yo‘q qilg‘uvchidur.
Agar tavba qilolmasang xijolat va sarnigunlik birla (bosh egilgan holda) turmoq
lozimdur. Va istiqbol qibla ma’nosi ulki, zohir yuzingni hamma taraflardan o‘gurib, hazrat
xona-ka’ba tarafiga qarab turgaysen. Muning asli va ruhi uldurkim, ro‘yi dilni hamma
mosivodan o‘gurib, Haq taolog‘a mashg‘ul tutg‘aysen, tokim bir taraf bo‘lg‘ay.
Chunonchi qiblai zohiriy birdur. Va qiblai dil ham Haq subhonahu va taolodur.
Vaqtiki ro‘yi dilni Haq taolog‘a mutavajjih qilsang, andishai botil bir taraf
bo‘lg‘usidur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar «Kishi namozda turub yuzi va dili
va hissiyoti Haq taolog‘a mutuvajjih bo‘lsa, namozdan turg‘onda onasidin
tug‘ilg‘ondek bo‘lg‘ay, ya’ni hamma gunohlardan pok bo‘lur».
Bilgilki,zohir yuzingni qibladan o‘girmak birla zohir namozing botil bo‘lur. Bas, ro‘yi dilni
Haq taolodan o‘girib o‘zga andishaga mashg‘ulluq qilmoq birla namozning ruhi, haqiqati
botil bo‘lg‘usidur. Balki andin ziyodaroqdurkim, zohir g‘ilofga o‘xshashdur, e’tibor yo‘qdur.
Qiyomning zohiri uldurki, namoz o‘taguvchi ojizlik birla banda qulday Haq
taoloning dargohida turmoqdur. Muning asli va ruhi uldurkim, dilni hamma
harakatdagi xayoldan to‘xtatib, Haq taoloning xizmati va mulozamatida sabilu ta’zim
va uzrxohliq birla turmoqdur. Bas, bu vaqt qiyomatda Haq taoloning xuzurida turmoqni
yodg‘a keltirg‘ay. Va bilgaykim, hamma asrorlari Haq taolog‘a oshkoradur. Haq taolo
odamning ko‘nglidagi har nimarsadan, zohiriy olami va botiniy holidan xabardor,
ogoxdur.
Taajjubdurki, ba’zilar namoz o‘tar holatda axli solihni ko‘rsa, aningdan uyalib namozini
adab shartlari birla ado qilur. Ammo tanho o‘tasa, adabiga rioya qilmay, shitob birla
o‘tar. Bas, bu g‘oyat xijolatdurkim, bandai bechoradan uyalgay va Hazrati Halloqi
olamdan uyalmag‘ay. Va sahoba raziyallohu anhum namozda o‘zini andog‘ sukunat va
xushu’ birla tutar erdilarkim, vahshiy jonivorlar ulardin qochmas, gumon qilur erdikim
jamod (jonsiz tosh) bo‘lg‘ay. Va kishi, Haq taoloning azamati aning ko‘nglida barqaror
bo‘libdur, hamma aning ko‘ngli xushu’da bo‘lg‘usidur.
Bas, rasul alayhissalom birovni ko‘rdilarki, namozda turub soqolni silar edi,
dedilarkim agar bu kishini dili xushu’da bo‘lsa erdi, qo‘li ham dilning sifatida bo‘lur
edi.
Bilgilki, ruku’ va sujudning zohiri badan birla Haq taologa tavoze’ qilmoqdur. Ani
haqiqati va ruhi dilni tavoze’ birla tutmoqdur, hamma a’zolarning ulug‘rog‘i va
sharifrog‘i yuzdurkim, yuzni xor va past tufroqg‘a qo‘yg‘ondin bilg‘aykim, odamning
asl tufroqdur. Bas, o‘z asliga munosib boqib, takbir qilg‘ay.Bekaslik va bechoraligini
tanig‘ay. Bunga o‘xshash har amalning va asli haqiqatidan g‘ofil bo‘lsa, suratdan
ziyoda nasiba topmas.
Dostları ilə paylaş: