www.ziyouz.com кутубхонаси
92
salomda hozir mo‘min va farishtalarni niyat qilg‘ay.
F A S L Namozda makruh narsalar bayonida Ochlik, tashnalik, g‘azab bilan namozg‘a turmoq makruhdir. Va ko‘ngli g‘ash bo‘lmoq, ikki
oyog‘ini bir-biriga juda yaqin qilmoq va bir oyog‘ini ko‘tarib turmoq makruhdur. Sajda
qilurda oyog‘larining uchini yerdan ko‘tarib turmoq va siynasini yerdan ko‘tarib sonig‘a
yetkuzib turmoq va qo‘lini yengining ichida tutmoq va egnini tuproqdin ayab, ko‘tarib
turmoq va har tarafg‘a qaramoq va barmoqlari bandini tortib chiqarmoq va badanni
qashlamoq va esnamoq va soqolini silamoq va sajdagohdan sangrezani (tosh va mayda
narsalar)ni olib tashlamoq va sajda qilur yerni puflamoq va bir nimarsaga suyanib
turmak makruhdur. Bas, hamma a’zolarni adab birla tutgay. Tokim o‘tagan namozi zodi
oxirat bo‘lg‘ay.
Ammo namozning farzlari bukim, «Allohu akbar» deb tahrima bog‘lamoq, qiyom,
qiroat, ruku’, sujud va qa’dai oxir miqdor tashahhud.
Ammo vojiblari uldurki, surai fotiha o‘qimoq va surai zam qilmoq va tartibg‘a rioya qilmoq,
avvalg‘i o‘tirishda «at-tahiyot»ni «abduhu va rasuluh»gacha o‘qimoq va ikki hayit
namozlarda takbir aytmoq va namozi vitirda duoi qunut o‘qimoq va ovozli namozda
qiroat qilmoq va maxfiy o‘qur namozda maxfiy qiroat qilmoq vojibdur. Bomdod namozini
mazkur tariqa birla ado qilsa, yaqin ijobat bo‘lg‘usidur. Ammo odoblari bajo keltirmay
o‘talgan namoz anga o‘xsharki, kishi podshohga quloq va burni yo‘q kanizakni hadya
kelturganday. Bas, bu kanizakning podshohga maqbul bo‘lmog‘i ehtimoldan yiroqdur.
Namozning haqiqati va ruhining bayonida bilgilki, yuqorida mazkur bo‘ldi.Zohiriy namoz
ibodatning surati edi. Bas, bu suratning haqiqiti bordur, bu haqiqat namozning ruhidur.
Bilgilki, namozning amallaridin har bir amalning va zikrlaridan har bir zikrning xos (alohida)
ruhi bordur. Agar ruh bo‘lmasa namoz jonsiz badang‘a o‘xshaydi. Va agar namozning asli
bo‘lsayu va lekin a’mol va odoblarini bajo keltirmasa, quloq burni kesilgan odamg‘a
o‘xshaydi.
Agar namozni bajo keltirsa, lekin ruhi va haqiqatini bajo keltirmasa ko‘zi ko‘rmas
va qulog‘i eshitmas kishig‘a o‘xshash bo‘lur. Bas, namozning asl ruhi xushu’-zavq,
shodliqdur. Va hamma namozda dilni shod tutmoqdur. Namozdan maqsud dilni Haq
taolog‘a rost tutmoq, Haq taoloni haybati azaati birla zikrni tom va hozirlik birla
ado qilur.
Chunonchi Haq taolo aytar:
Aqimis-salota li-zikriy Oyatning tafsiri: Utagil namozni mani yod qilmoq uchun. Va rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, «Bisyor xalqlarki, ularning nasibasi namoz
o‘tamokdin ranj, mashaqqatdin o‘zga nimarsa ermasdur. Bu ul toifadurkim,
badanlari namozda bo‘lur va dillari fikri fosid birla g‘aflatda bo‘lur».
Va yana aytibdurlarki, namozni albatta dil shodligi bilan o‘tamasa namozi durust
bo‘lmas.
Hasani Basriy alayhi rahma aytibdurlarki, namozning olti hissadan bir hissasini va
yo o‘n hissadan bir hissasini nomai a’moliga bitilur. Va rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki,
namozni andog‘ o‘qig‘ilki, hamma nimarsalar birla vido’ qilg‘aysen. Ya’ni o‘zing birla,
havo va havas birla vido’ qilg‘aysen. Balki Haq taolodan o‘zga kimsalar birla vido’