www.ziyouz.com кутубхонаси
93
qilg‘aysen. Va jonu dilni batamom namozg‘a qo‘yg‘aysen. Ushbu ma’noda hazrati Oisha
raziyallohu anho aytibdurlar: Hazrati rasuli akram s.a.v. namozning vaqti bo‘lsa, Haq
taolo azimati haybatidan mani tanimas erdilar. Har namozkim, dil hozir bo‘lmasa, Haq
taolo ul namozg‘a rahmat nazari birla qaramas.
Ibrohim Xalilulloh namozg‘a tursalar, dillarining shodligi sadosi ikki milliq yerga
eshitilur erdi.
Va Hazrati Ali karamullohu vajha vaqtiki namoz o‘tamoqqa tursalar, tamom
a’zolarig‘a larza tushib, ranglari o‘zgarar edi. Va aytur edilarki, ul omonatni vaqti
yettikim, yetti osmonu zaminga arz qildilar, toqat keltirolmadi.
Sufyon Savriy rahmatullohi aytur: «Har namozda dil hozir va ogohlik birla
bo‘lmabdur, uqubatg‘a yaqindur».
Maoz bin Jabal roziyallohu anhu aytur: «Kishi namozda turub, o‘ng va chap
tarafimda kim turibdur deb qarasa, ul namozi namoz ermas».
Hazrati Imom A’zam va hazrati Imom Shofi’iy va aksar ulamo (alloh barchalarini rahmat
qilgan bo‘lsin) fatvo beribdurlar: «Kishi, takbir aytganda dilni hozir tutsa namozi
durustdur». Bas, fatvo zarurat jihatidandur, g‘aflat xalqg‘a g‘olibdur. Va durust namozning
ma’nosi ulki, ul kishi farzini bajarur. Namoz zodi oxirat bo‘lmog‘i uchun dil hozir bo‘lmog‘i
lozimdur.
Umiddurki, sofdil kishining holi asli namoz o‘tamagan kishidan behroq bo‘lg‘ay.
Ammo vahshatdurkim, sahv-xato va kohillik (sustlik) birla xizmatga kelgan
kishi itobga yaqinroqdur. Ushbu sababdan Hasan Basriy rahmatullohi alayhi
aytibdurlar, bu namoz uqubatg‘a yaqindur. Xabarda kelibdur: odam o‘zini nahiy (Xudo
qaytargan) ishlardan yiroq tutmasa, ul namoz Haq taolodan yiroq bo‘lishdan o‘zga
hosil bermas.
Bas, to‘liq namoz uldurki, hamma namozda dil shodligi bo‘lg‘ay. Ul kishikim, takbir
tahrimadin o‘zgada dilni hozir tutmabdur, namozda ruhning ramaqdan (jon chiqar
chog‘dan) ziyoda nasiba yo‘qtur.