Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
217
qildik». Haq taolo aytur: «Sizlar mendan rahmliroq bo‘ldinglarmuki, farmonimga 
bo‘ysunmadinglar». 
Huzayfa r.a. ayturlar: «Hech mutasaddiyni yaxshi, yomon demasmanki, agarchi yaxshi 
bo‘lsa ham». Aytdilar: «Nima uchun yaxshi demassan?» Aytdilar: «Hazrati rasul 
alayhissalomdan eshitibdurman: «Qiyomat kuni hamma mutasaddaylarni Sirot ko‘prigidan 
o‘tkizurlar; Pulisirotga farmon bo‘lurki, javru sitam birla hukm qilg‘uvchini va rishva (pora) 
oluvchini, ikki da’vogardan faqat birining so‘ziga quloq sOltuvchini (ustingdan) tashlagil! 
«Sirot qo‘prigi bularni silkib, (chohga) tashlar». Yetmish yildan so‘ngdo‘zax 
qa’rigatushganlarningovozi va sharpasi eshitilur. 
Xabarda kelibdurki, Dovud alayhissalom xaloyiqning xushnudligi va noxushnudligini 
anglamoquchun ba’zi vaqtlarda liboslarini o‘zgartirib, bozor va ko‘chalarda yurib, xaloyiqtsan 
so‘rar edilarki, «Dovud nechuk kishidur?» Bir kuni shu tariqa so‘rab yurgan edilar, Jabroil 
alayhissalom odam suratida bo‘lib, yuzma-yuz keldilar. Podshohso‘radi «Dovud qanday 
odam?» deb. Jabroil alayhissalom aytdilar: «Xo‘b odamdur, agar Baytul-moldan yemay 
(davlat hisobidan yemay), o‘z kasb-hunari bilan topgan halol luqmasini yesa». 
Dovud alayhissalom ibodatxona mehrobiga kirib, yig‘lab, duo qildiki, 
«Parvardigoro, menga hunar o‘rgatgilki, o‘z meqnatim va kasbimdan topganimni 
yegayman». Ersa, Haq taolo unga Zirhgarlik (temir, po‘latdan sovut, dubulg‘a kabi jang 
kiyimlarini yasash)dan ta’lim berdi. 
Hazrati Umar r.a. kechalarda podshohi shabdek shaharni aylanur edilar, toki mazlum va 
miskinlar holiga yetgaylar. Aytur edilarki, agar biyobonda qo‘yni bo‘ri yesa, qo‘rqarmanki, 
qiyomat kuni oni mendan so‘rog‘ qilurlar. Abdulloh ibn Umar aytur: «Hazrati Umar 
vafotlaridan keyin duo qilur edimki, tushimda ko‘rgayman. Ersa o‘n ikki yildan so‘ngtush 
ko‘rdimki, Umar r.a. alhol g‘usldan forig‘ bo‘lib chiqqandek ko‘rindilar. Aytdimki, «Ey, 
amiral-mo‘‘miniyn, Haq taolo sizga ne qildi?» Aytdiki, «Yo, Abdulloh, men sizlarning 
qoshingizdan ketg‘animga necha yil bo‘ldi?» Aytdilar: «Un ikki yil bo‘ldi». Hazrati Umar 
aytdilar: «To shu vaqtacha hisob oldilar, qo‘rqdimki, holim xarob bo‘lg‘ay: Haq 
taoloning rahmliq sifatidan najot topdim». 
Bilgilki, hazrati Umarni dunyolig‘ jihatidan bir daraxtdan o‘zga hech nimarsalari yo‘q 
erdi. Bas, ul podshohi oliyning holi mundog‘ bo‘lsa, o‘zgalarning‘ holi nechuk 
bo‘lg‘usidur? 
Xoja Munzir Jumhur elchi ila yubordiki, hazrat Umar r.a. holini bilib kelg‘ay. Elchi 
Madinaga borib so‘radiki, «Podshohinglar qaydadur?» Aytdilarki: «Bizning 
podshohimiz yo‘qtur. Xalifamiz borki, darvozaning tashqarisiga chiqibdur». Ersa, elchi 
izlab topdiki, daraxtni boshiga qo‘yib yotibdur, peshonalaridan ter oqib, yerni ho‘l qilibdur. 
Elchi bu holni ko‘rib, ko‘ngliga bisyor asar qildi. Dilida aytdiki: «Ro‘yi zamin podshohlari bu 
kishidan tarson va xaybatidan larzon bo‘lg‘ay, bu kishining holi bu bo‘lg‘ay. Haqiqatan 
odildurki, mundog‘ emin-erkin va osudalig‘ birla uyqulabdur. Bizning podshohlarimiz zolim 
va jobirdur, kechalari xilvatxonalarida vahshat-qo‘rquvdan orom bilan uxlay olmaslar. 
Guvohlik berurmanki, bu kishining dini barhaqva rostdur. Agar elchilikka kelmagan bo‘lsam 
edi darhol islomga iymon keltirur edim. Bu voqeani Abu Munzir Jumhurga yetkizib, 
qaytib kelib, iymon keltirgayman». 
Bas, mutasaddiylik ishi bisyor xatarnokdur. Va amirlar ul vaqt salomat bo‘lurki, olimlar 
xizmatida bo‘lg‘ay, toki olimlar unga shariatni o‘rgatgay. Amirlik va voliylik (viloyat 
hokimligi) xatarlaridan ogoq qilg‘ay. 
Sakkizinchi qoida ulki, ulamo suhbatini mutasaddiyn suhbatidan g‘animat bilgay. Ul 
olimki, dunyoga xarisdur, oning suhbatidan hazar qilg‘ayki, ta’rif va sitoyish qilmoq 
(ziyoda maqtamoq) birla amirlik podshohlikdan foyda izlar va yo ularning qo‘lidagi 
harom mol, dunyodan makr va hiyla bilan olmoqni maqsad qilur. Va olimi dindor ul 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin