Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
2
tashkil etadi. 
Arastu, Forobiy, V. Shekspir, Balzak, St. Sveyg, Luis Borxes, V. Belinskiy, N.G. 
Chernishevskiy, Jubron Halil asarlarining tarjimoni, yozuvchi va adabiyot 
nazariyotchisi Mahkam Mahmud rahmatli do‘sti, tarix, adabiyot bilimdoni Abdulloh Umarzoda 
bilon Muhammad G’azzoliyning «Kimyoi saodat» asarining to‘liq matnini ilmiy asosda 
nashrga tayyorlab juda savob xayrli ish qilganlar. Bu asar Sharq xalqlarining boy 
madaniyati va falsafasini o‘rganishda bebaho xazinadir. 
Najmiddin Komilov, 
Filologiya fanlari doktori, professor. 
Abduqayum Pardaev, 
Falsafa fanlari nomzodi. 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
3
ABU HOMID MUHAMMAD G’AZZOLIY VA UNING MEROSI 
Alisher Navoiy «Nasoyimul muhabbat min shamoyimul futuvvat» («Mardlik epkinidan 
paydo bo‘lgan sevgi shabodalari») asarida jahon falsafasining ustozlaridan biri Imom 
G’azzoliy haqida bunday deydi: «Hujjatul islom Muhammad ibn Muhammad G’azzoliy-
Tusiy - kuniyati Abu Homiddur va laqabi Zayniddin (din ziynati). Tasavvufda intisobi 
(nasab silsilasi) shayx Abu Ali Faryumadiyg‘adur (Abu Ali Faryumadiy bir tarafdan shayx 
Abul-Qosim Gurgoniy va ikkinchi tarafdan shayx Abul-Hasan Xaraqoniy va u orkqli shayx 
Abu Sa’id Abul-Xayr izdoshidur - M.M.)... Imom Muhammad holining ibtidosidaTusda va 
Nishopurda ulum (turli ilmlar) tahsilig‘a va takmilig‘a ishtig‘ol ko‘rguzdi. Andin so‘ngra 
Nizomul-Mulk bila muloqot qildi». 
Boshqa ba’zi manbalarga ko‘ra, imom Muhammad G’azzoliy, Umar Xayyom va 
Ismoiliya shia fidoiylarining boshlig‘i Hasan Sabboh bir madrasada o‘qiganlar (Husayn 
Jovidning «Xayyom» dramasini eslang). Ular orasida juda keskin bahs, mujodala, 
munozaralar bo‘lgan. Alisher Navoiy ham shunga ishora qilib yozadi: «Jamoati fuzale 
bilaki, oning suhbatida bo‘lur edilar, mutaaddid majolisda (juda ko‘p majlislarda) 
munozara va mujodala qildi va alarga g‘olib bo‘ldi. (Hijriy) to‘rt yuz o‘ttiz to‘rtda 
(Milodiy 1044) Bag‘dodga borib, dars aytdi. Va Iroq barcha anga shefta (oshifta) va 
firifta (maftun) bo‘ldilar. Baland qadr, arjumand poya topdi (yuksak martabalarga 
erishdi)». Allomaning shu davrdagi hayoti A.Arberri, F. Jabriy, Sayyid Xotamiy, M. 
Uott, A. Badaviy, L. Massinon, G. Kerimov, S. Grigoryan asarlarida yoritilgan. 
Ammo bu dunyodagi e’zoz-ehtiromlar va baland martaba, shon-shuhratni imom 
G’azzoliy o‘ziga munosib ko‘rmadi va hammasidan voz kechib, faqirlik va 
darveshlikni ixtiyor qildi. Navoiyning aytishicha, «So‘ngra borisin (obro‘, e’tibor, 
shon-shuhrat, izzu-joh, hashamatini) ixtiyori bila tark qildi va zuxdu inqito’ tariqin 
ilgari tutdi va haj azimati qildi. Va 488 (1085)da hajga musharraf bo‘lib, Shomg‘a 
murojaat qildi va muddate anda erdi. Va andin so‘ng Baytul-Muqaddasg‘a bordi...» 
Imom G’azzoliy yashagan davrda Sharqiy Rim imperiyasi - Vizantiya poytaxti 
Kunstantiniya (Konstantinopol, hozirgi Istanbul) iqtisodiy va harbiy jihatdan qudratli 
davlat, hoistianlarning tayanchi hisoblanardi. Ayni vaqtda Misrda hazrat Ali 
avlodlarimiz deb da’vat qilgan shialarning so‘l qanoti ismoiliya tarafdorlari kuchayib, 
Bag‘dod xalifaligiga qarshi jon-jahdlari bilan kurashayotgan edilar. Rim va Bizans 
(Vizantiya) - G’arbiy va Sharqiy Rim imperiyalari o‘zaro nifoqlashsa ham, islom 
davlatlarini bir-biri bilan urishtirishda hamjihat edilar. 
Bag‘dod xalifaligining Sharqdagi tayanchlaridan biri - g‘aznaviylar davlatining so‘nggi 
hukmdori sulton Mavdud ibn sulton Mas’ud bobosi sulton Mahmud G’aznaviy tashkil 
etgan qudratli islom davlatining parchalanishiga yo‘l qo‘yib berdi. Ularning o‘rniga kelgan 
Saljuq hukmdorlari Alp Arslon va Malikshoh davrida islom davlatining qudrati oshib, 
Vizantiya imperiyasiga qarshi faol kurash boshladi. 
Vizantiya imperatori Roman Diogen G’arbdan xavf sOltan Misr fotimiylariga, Sharqdan 
bostirib kelayotgan Saljuq o‘rdulariga qarshi kurashda siyosiy, diplomatik nayranglarni ishga 
soldi. Misrdagi fotimiylar - alaviylar davlatini Bag‘dod xalifasiga va Saljuqlar davlatini Misr hamda 
Bag‘dodga qarshi qayrab, ularning orasini buza boshladilar. Bu nayranglarni anglagan Misr 
lashkarboshilari avvalroq harakat qilib, 1039 yilda Sharqiy Rim saltanatiga qarshi dengiz 
janglarida g‘olib kelib, Suriya va Falastin sohillarini Vizantiya qo‘shinidan ozod qildi. 1098 
yilda misrliklar Quddusi sharifni fath etib, u yerda Misr xalifaligi noibini tayinladilar. 
Ammo afsuski, Mahmud G’aznaviy vafotidan keyin zaiflashgan Bag‘dod xalifaligining 
viloyatlari hokimlari har biri o‘ziga mustaqil «kichik davlat» tuzib olib, o‘zaro qirg‘in 
urushlarini boshladilar. Bu urushlarda diniy e’tiqoddan ko‘ra shaxsiy foyda, mansab, 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin