www.ziyouz.com кутубхонаси
232
Takalluf - mehmonga hadeb «Oling. yeng, iching, nega hech narsa yemayabsiz?» deb
taklif qilaverish. ortiqcha mulozamat yaxshi emas.
Nobino - Ko‘rmaydigan, qalb ko‘zi ko‘r. Ilhomi nomutanohiy - nihoyasiz ilhom.
Altofi nomutanohiy - nihoyasiz lutfu-marhamatlar.
Voridoti g‘aybiy - g‘aybdan keluvchi holatlar.
Mukoshafoti qalbiy - ko‘ngil, dil. ruhiy olam kashfiyotlari.
Asrori ilohiy – Haq taoloning qudratiga bog‘liqsirlar va sirli mu’jizalar.
Dil ahli - ma’naviy, ruhiy
olami boy va musaffo insonlar, aziz-avliyolar.
Fosiq - badfe’l, fisq-fasod qiluvchi, yomon musulmon.
Noshoyista ishlar - buzuqlik, dilozorlik, zino va faxsh, jahl-g‘azab va h. k.
Fi sabililloh - Xudo yo‘lida fidokorlik.
Xalqdan
beniyozlik - odamlarga, ayniqsa nomardlarga, pastkashlarga muxtoj
bo‘lmaslik.
Muqaddamlar- engbirinchi musulmonlar. (Mutaqadimiyn).
Sadaqa berganning savobi - agar qarzdor kambag‘al va yaxshi odam bo‘lsa, qarzini o‘z
vaqtida to‘lashga imkoni bo‘lmasa, muhlatni uzaytish, iloji bo‘lsa, ketib yuborish
savobdir.
Iblisning o‘g‘li Sud, foyda - ko‘p savdo
qiluvchilar narxni oshirib, aldov firibgarlik
bilan foydani ko‘paytirishga urinadilar, ya’ni Iblisning o‘g‘lidek, «otasiga» ergashadilar.
Vara’ - pokizalik, halollik, parhezkorlik.
«Aslahaka lillohu ...» - Duoning mazmuni: «Bizni Alloh yo‘lida yaxshi ishlar qiluvchi,
umrimizni uzun va taot-ibodatli bo‘lishimizga muvaffaq qilgil».
Bu hikmatlar
Tavrot va Injilda ham bor, ya’ni, Muhammad G’azzoliy bu kitoblarni
bilgan.
Muhtasib - nazoratchi, xisob so‘rovchi diniy rahbariyat tomonidan saylanadi. u
gunohkorlarni topishda josuslik qilmay, oshkora tanbeh berishi. ba’zi yashirin gunohlarni
faqat o‘ziga aytib. tavba qilsalar barchaga oshkora qilmasligi zarur hisoblanadi.
Abdollar
- kimligini bildirmay, o‘zini qul. xizmatkorday ko‘rsatuvchi aziz
avliyolar, farishta sifat insonlar. Turkiy va forsiy xalkdarda qirq abdol chiltonlar
deb aytiladi.
Hasan Basriy - so‘nggi sahobalarni ko‘rgan aziz avliyolardan biri. Fuzayl Ayoz
(yoki Iyoz) - Ibrohim Adhamning do‘sti va zamondoshi.
Moliki Dinor - avliyo, uning suvga tushib yo‘qOltan
tangasini baliq chiqarib
bergan. Bu faslda eng mashhur avliyolar va darvesh, so‘fiylarning eng kamtarinligi
bilan mashhurlari hayoti tilga olinadi.
Axdi ma’siyat - ko‘p gunoh ishlar qiluvchi nopok, ochko‘z, takabbur odamlar.
«Tama’ xirsning tobe’idir» - ya’ni, xirs, xarislik, ochko‘zlik, jabr-zulm kelib chiqadi.
Bu hakda yana o‘qing: «Arastu Axloqi kabir». «Yangi asr avlodi» nashriyoti, 2004.
Kamtarin, haqiqiy olimlarni hurmat qilmaslik
ham kibru havo, g‘aflat hisoblanadi.
Ahdi g‘aflat - ilmni va olimlarni sevmaydigan yoki ilmiga amal qilmaydigan,
takabbur, xudbin, ochko‘z, ta’magir, yulg‘ich, nopok odamlar.
Simo’ - darveshlar, so‘fiylarning zikr - ashula, raqs tushib Allohni sharaflab,
madhu sano aytishlari.
Vajd - shu zikr avjida darvesh so‘fiy
aql-hushdan ayrilib, ruhlar olamiga yetishi.
«Bu bandaga idbor mazallat mone’», ya’ni, Haq taolo barchaga teng nur
sochadi, lekin menda bo‘lgan, baxtsiz qiluvchi gunohlar devori nurni to‘sib, menga
yetkazmaydi.
Amri ma’ruf - inson kamoloti uchun zarur bilim, ma’rifatni o‘zi o‘rganib,
boshqalarga ham o‘rgatish musulmon uchun farzdir.
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
233
Nahiy munkar - Xudoga xush kelmaydigan, uning g‘azabini
keltiruvchi
noshoyista, tuban, gunoh ishlardan xalqni qaytarish.
Munkirot - shariat Qonunlarida gunohhisoblangan nopok ishlar: kibru havo,
boylarga va mol-dunyoga sajda qilish, tama’girlik, poraxo‘rlik, yulg‘ichlik,
shafqatsizlik, tekinxo‘r bo‘la turib, halol mehnat ahlini mensimaslik va hokazo.
Tuzuvchi: Mahkam Andijoniy.