www.ziyouz.com кутубхонаси
231
«Tavrotda» kelibdurkim - ming yil avval, imom Muhammad G’azzoliy davrida yoki
undan ham avval imom Doroniy Samarqandiy (olti «Sahih» kitoblaridan birini muallifi)
davrida “Tavrot»da shu so‘zlar bo‘lgandir.
Taammul - bemalal, shoshmay, o‘ylab o‘qish. ish qilish.
Tashahhud - shahodat kalimasi: «Ashhadu anna lo iloha illalloxu va ashhadu anna
Muhammadun abduhu va rasulih(u) - ya’ni. Alloxdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad uning
bandasi - quli va rasuli deb, shohidlik beraman» - namoz ibodatda o‘kiladigan so‘zlar.
«Qur’onni alhol qo‘shiq qilmag‘ay». Oradan o‘tgan ming yillar davomida ba’zi mashhur
san’atkorlar chin ixlos bilan ayrim oyatlarni kuylashi uzrli bo‘lib qoldi. Ammo xonandalar
pul topish maqsadida oyatlarni kuylashi qoralanadi.
Tag‘oful - beparvolik, g‘ofillik.
Zikr - har kuni, har holatda Xudoni eslash, undan madad so‘rash va madhu sano
aytish. Mavlaviya tariqatida diniy musiqa, ashula, ras q.
«Najotliqni zikrga vobasta qilibdur» - inson qilgan gunoxdariga tavba qilib najot
so‘rashi ham doimo zikrga, Xudoni ko‘p eslashga bog‘liq.
Bu sahifada zikr - Xudoni ko‘p eslashning qaysi tilda bo‘lishi ahamiyatsiz, eng muhimi
qalban ixlos, mehr-muhabbatni bildirishi haqida so‘z boradi.
Tavhid - Xudoning birligi, yakkaligi barchadan qudratli ekanligini anglash.
Foniy - o‘zini unutish. «menlik»dan voz kechib o‘zini yo‘q deb bilish, aziz avliyolar
erisha oladigan ulug‘ martaba.
Bu sahifada e n g ulug‘ duolardan biri - iymon kalimasi keltirilgan. Bu kalimani
doimo eslab, takrorlab, bu haqda o ‘ y l a s h i n s o n g a juda ko‘p savob.
yaxshiliklar keltirishi aytilgan.
Istig‘for - bilib-bilmay qilingan gunohlar uchun Allohdan mag‘firat tilash, kechirim
so‘rash.
Ka’bul-Axbor - sahobalardan keyinroq yashagan atoqli islom ulamolaridan, mashhur
muhaddis va tarixchi Imom Muhammad G’azzoliy, Abul Hasan Kisoiy, Nasruddin
Rabg‘uziy o‘z asarlarida Ka’bul-Axborning fikrlaridan foydalanganlar.
Zodi oxirat to‘plash - inson o‘lganidan so‘ng oxiratdagi hayoti uchun oziq (ma’naviy
oziq - yaxshi xulq, vijdon, iymon sofligi. sabr-qanoat, tavba. shukronalik, bag‘rikenglik,
mehr-muruvvat, rahm-shafqat, hayr-sahovat kabi), fazilatlarni hosil qilish.
Rasulullohning amakisi Abbos ibn Abdul Mutallibning o‘g‘li, atoqli musulmon
ulamolaridan biri.
«Allohumma, mag‘firliy ...» Duoning mazmuni: «Ey Allohimiz, otamizni, onamizni,
ustozimizni, erkak va ayol musulmonlarni, erkak va ayol mo‘‘minlarni o‘limdan so‘ng
tiriluvchi qil, duolarini ijobatli, manzillarini barokotli, darajalarini baland,
hojatlarini Oltuvchi qilgin, ey, eng mehribon, eng rahmdil zot, bizga rahmashngni
nasib ayla».
Rabbul maloikati va-r-ruh - farishtalar va ruxlarning rahbari.
Uns - do‘stlik, yaqinlik.
Xayriyot - yaxshi, savob ishlar qilish.
Ilmi nofe’ - naf’, foyda (ma’naviy, oxirat uchun foyda) keltiruvchi ilmlar (kalom,
hadis, tafsir, fiqh, ahloq, odob, adabiyot - sanoi nafisa, mantiq, tibbiyot, jug‘rofiya,
tabiyyot va boshqa).
Ashobi yamin - qiyomatda, hisob berishda nomai a’moli o‘ng tarafdan
beriladigan, ya’ni jannat ahli bo‘ladigan sof vijdonli insonlar.
Qaylula - tushlik, choshgoxdagi uyqu.
Istig‘for - tavba qilib, Alloxdan mag‘firat, kechirim so‘rash.
Tahajjud - yarim kechadan so‘ng uyg‘onib, ibodat qilish.