www.ziyouz.com кутубхонаси
226
Roh - yo‘l.
Rohzan - yo‘lto‘sar.
Tog‘iy va yog‘iy - tangriga to‘g‘yon qiluvchi, osiy, dushman.
Salohga keltirish - tuzatish.
Badkor - xulqi buzuq. Xarislik - ochko‘zlik. Sharm - uyatchanlik. Kor farmo - ish
buyuruvchi.
Daler - yomon ishlarga dadillik. Mahjub - hijobli, yopingan. Ma’siyat - gunoh ishlar. Ilmi
hikmat - falsafa.
Olami sifliy - tuban, pastkashlar olami. Mujrim - gunohkor. Shayotin - shaytonlar.
Havosi panjgona - besh sezgi.
Olami malakut - farishtalar olami.
Olami g‘ayb - g‘oyibot, sirlar olami.
Dil ravzanasi - dil darchasi (osmonga ochilgan).
Valoyat - valiylik.
Musahhar - sehrlangan, bo‘ysungan.
Muakkal - ruhiy vakil, asrovchi ruh.
«Ma’oniy asmoulloh» - Abu Homid Muhammad G’azzoliyning kitobi - «Alloh
ismlarining ma’nolari».
Ilmi zoqir (yoki ilmi qol) - o‘rta asrlarda ilohiyot, ruhshunoslik fanlari (kalom, hadis,
tafsir), ilmi hol deb, tabiiyot, moddiy jismlarga doir (astronomiya. botanika, zoologiya,
geometriya, fizika), tib ilmlari quyi darajadagi zohiriy ilmlar hieoblangan.
Ilmi botin - zohiriy ilmlardan baland hisoblangan qikmat, ruhshunoslik, kalom, xadis,
tafsir, tasavvuf ilmlari. Yana, valiylik nubuvvatga doir ilmlar.
Ahli qabohat - xarom, gunox ishlar bilan boylik, mol-mulk
ortiruvchilar.
Sitoyish - maqtov.
Xilofi shar’iy - nopok ishlar, shariatda qoralangan ishlar.
«Ajoyibul qulub» - «Qalblarning ajoyibotlari» - Imom G’azzoliy asari.
Tabaqai muxtalif - turlicha tabaqalar.
Botil - behuda, puch.
Beajz - ojizligi yo‘q.
Befano - yo‘qolmaydigan.
Bekudurat - pokiza, sof.
Talbiya - Haq taolo amr - farmoniga labbay deb turish.
Tanzih - Poklik.
Takdis - Muqaddaslik.
Munazzah- musaffo.
Af’oli ma’rifat - go‘zal xulq, yaxshi fe’llar.
Ruhi hayvoniy - hayvonot va insonlaruchun umumiy bo‘lgan yemoq, ichmoq. shaxvat -
jinsiy quvvat. badnafslik, ochko‘zlik, tajavuzkorlik ruhi.
Anosir arba’a - to‘rt unsur: suv, havo, tuproq, olov. Mijozda: issiqlik, sovuqlik, xo‘llik,
quruqlik.
Olami arvoh - ruhlar, farishtalar olami.
Tabiiyunlar - ilohiy, ruhiy olamni tushunmay, inkor etib, faqat moddiy jismlarning
tabiatini o‘rganuvchilar.
Kamand - qush va hayvonlarni ovlash uchun ishlatiluvchi arqon. Qudsiy hadis -
payg‘ambar tomonidan aytilgan Allohning so‘zlari.
Gunohi kabira - katta, og‘ir gunohlar: aldov, badnafslik, zinokorlik, baxllik, jabr,
zulm, kibru-havo, dilozorlik, poraho‘rlik, riyo-munofiqlik, o‘g‘rilik, tajovuzkorlik,
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |