Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
228
haq deb bilsalar-da, ba’zi aklan va ruhan ko‘r odamlar o‘zlarini shu payg‘ambarlardan 
aqlliroq deb o‘ylaydi. 
Mulhid, lahad, holidun so‘zlari arabchada yaxshilar jannatda, yomonlar do‘zaxda abadiy 
qolishlarini anglatadi. Bu yerda mulhid - do‘zaxda abadiy qoluvchi ma’nosida. 
«Ajziga rasuling o‘lsa iqror ...» - ya’ni, Haq taoloning cheksiz ulug‘ligini xatto 
payg‘ambarlarham madhetishga ojizligini tan Oltanlar.
«Lutfing qo‘li tutmasa qo‘limni, shayton la’in ozdirur yo‘limni» - 
ya’ni, shayton 
yo‘ldan ozdirgan zolim, yovuz, poraxo‘r, raxmsiz,takabbur odamlar Xudoning lutfu 
marhamatidan ayrilgandir. 
«O’zlik yukidin xalos aylab» - bu yerda o‘zlik nafsoniyat, shaxsiyatparastlik, o‘zim 
bo‘lay deb yashovchi xudbinlik ma’nosida kelgan. 
Masqal - sayqallovchi asbob. Bu yerda ruhni sayqallash. poklash haqida. 
Xarimi ma’man - iymonning muqaddas saroyi. 
«Mayi jigarxun» - jigar qoniday mayni nush etmoq -jigar bag‘ri ezilgan, mashaqqat 
chekkan odamlarning yuksak maqomini anglatadi. 
Savti bulbul - sayroqi qush honishi, nola-fig‘oni. 
Ahdi nikoh - oila qurish uchun nikoh «arqoni» bilan bog‘lanish, shartnoma. 
Mutasaddiylar - turli darajadagi rahbarlar. 
Til ofati - odamning boshiga yomon so‘zlari va shunga muvofiq yomon ishlaridan 
do‘zahga yetaklovchi ofat yog‘iladi. 
Xavf va rajo (umid) - har bir inson gunoh, yomon ishlari uchun do‘zahga tushishdan 
havfsirab, yaxshi ishlari uchun Xudoning marhamatiga umid qilib yashashi-go‘zal 
xislatdir. 
Ahli sunna val jamoa - musulmon dinida sahobalar va tobe’inlardan iborat hurmatli 
ulamolar e’tirof etgan to‘rt mazxab (molikiya, xanbaliya, shofeiya, xanafiya)dan iborat 
shariat ahkomlariga amal qiluvchi mo‘min musulmonlar. 
Kalom ilmi - falsafaning eng muhim masalalarida (tavhid- Allohning birligi, sherigi 
yo‘qligi), tanzih –pokligi, muqaddasligi, Qodirligi, Olim va Fozil, Jabbor, Sattor, G’affor 
va G’afur. Aziz va Jalil (jaloliyat - buyuklik egasi), Rahmon va Rahim ekanligini, borliq 
olamni va ma’rifat, dialektik (mujodala) baxs, munozara yo‘li bilan ravshan bilish 
mumkinligini talqin etuvchi ilmiy-falsafiy oqimi. Kalom ilmining mu’tazila oqimi Xorun 
ar-Rashid, al-Ma’mun, al-Mu’tasim, al-Vosiq davrlarida keng shuhrat qozongan 
(800-847). Xalifa al-Mutavakkil (847-861) davrida mu’tazila oqimi ta’qibga uchradi 
(Qur’onning mazmuni yoki abadiy, azaliyligi, degan masalada). 
Abul Hasan al-Ash’ariy va Abu Mansur al-Moturudiy kachom ilmi shariatga 
muvofiqekanligini ilmiy dalillar bilan isbotladilar. Al-ash’ariya bilan mu’tazila o‘rtasida 
baxs-munozara borsa ham, aslida har ikkisi falsafa ilmiga yaqin edi. Forobiy, Ibn Sino, 
Abdul Karim Shahristoniy, Fahriddin Roziy, Umar Xayyom, G’azzoliy, Nasriddin Tusiy - 
sharh arastuchilari davrida kalom ilmi sof falsafaga yanada yaqinlashdi. Bunga ayniqsa 
inson va olam, jamiyat va ahloq, ma’rifat va ma’naviyat sohalarini chuqur tadqiq etgan 
Abu Homid Zayniddin G’azzoliyning asarlari juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Kalom ilmi al-
Bayzaviy (vaf. 1286), Mas’ud Taftazoniy (vaf. 1390), Sayyid Sharif Jurjoniy (vaf. 1413), 
Jaloliddin Davvoniy (vaf. 1501) va boshqalar tomonidan yanada rivojlantirildi. 
Vojibul vujud - azaliy va abdiy mavjudligi vojib, zaruriy, birligi. yakkaligi barcha 
olamlarga egaligi, barcha mavjudotlarga yaxshilik tilashi, yomonlik qiluvchilarni 
jazolashi, yaratguvchi, Sone’ (sanatkor), Mudabbir (barcha mushkulotlarga tadbir 
topuvchi) ekanligi. 
Muhyi - hayot beruvchi. 
Mumiyt - jonni oluvchi. o‘ldiruvchi. 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin