Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
6
«Kimyoi saodat»ni forschadan turkiy tilga o‘girgan (Sharqiy Turkistonda) Ho‘tan 
podshohi Azizshoh saroyida xizmat qilgan ma’rifatchi olim Muhammad Isoning 
tarjimaga muqaddimasida yozishicha, Rasuli Akram Baytul - Quddusdan me’rojga 
ko‘tarilgan vaqtda Bani Isroil payg‘ambarlaridan Muso alayhissalom peshvoz chiqib, 
rasulullohga izzat-hurmatini bildiradi. So‘ng Muhammad alayhissalomdan: «Siz bir 
hadisi sharifingizda «Mening ummatlarimdan chiqqan ulamolar Bani Isroil 
payg‘ambarlaridek» - debsiz. Shu so‘zingizni nima bilan isbotlaysiz?» - deb so‘rabdi. 
Shunda Muhammad alayhissalom «Hujjatul islom» unvoni bilan mashhur bo‘lgan imom 
Muhammad G’azzoliyning ruhini chaqirib, Muso alayhissalomga yuzlashtiribdi. 
Ikkalasi ozroq suhbatlashgach, Muso payg‘ambar islom ulamolarining Isroil 
payg‘ambarlariga tengligini tan olib, hazrati Mustafoga yana ta’zim qilibdi. Tabiiyki, 
islom olamining har bir olimi ham bunday yuksak sharafga loyiq emas. Lekin Sharq 
xalklari tarixida rasululloh aytgan martabaga sazovor allomalarimiz ko‘pdir. Shulardan 
biri Navoiydan to‘rt asr avval Xurosonda, Tus yaqinidagi G’azzola qishlog‘ida tavallud 
topgan va asrlar davomida G’arb va Sharq falsafasining tamal toshini qo‘yib kelgan 
Zayniddin Muhammad Abu Homid G’azzoliydir. (1038-1111). 
G’azzoliy «Ixya al-ulum-ad-din» asarida barcha insonlarning avval ruhlari 
yaratilib, ular Allohga «Semga iymon keltiramiz, haqiqat va ezgulik yo‘lida 
yashaymiz, bizni haq yo‘lg‘a hidoyat qil. bizni adashganlardan. g‘azabingga 
uchraydiganlardap qilmagin, biz faqat Senga ibodat qilamiz. faqat Sendan najot 
tilaymiz» - deb va’da berganlarini, so‘ng ko‘pchilik insonlar al-Misoq-Ahdlashuv kuni 
bergan ana shu va’dasini unutib, yovuzlik, gunohkorlik yo‘lida yashayotganlarini aytadi 
(Zotan, Kur’oni karimning «Fotiha» surasi shu haqda). Mutafakkir fikricha so‘ng 
odamlar ikki guruhga bo‘lindilar. Bir guruhi (ko‘pchilik) Xudoga bergan va’dalarini 
unutib iymonsiz bo‘lib qoldilar. Bularning ko‘zi ochiq, lekin qalbi ko‘r bo‘lib qOltan. 
Boshqa guruh odamlari aql, tafakkur va dilning qudrati yordamida va’dalarini esladilar 
va iymonli, fazilatli, sabr-qanoatli, shukr qiluvchi. Mehr-muruvvatli, rahmdil, 
oliyjanob insonlar bo‘lib qoldilar. Bular haqiqat va ma’rifat nuri bilan qalbi, ko‘ngli 
yorishgan odamlardir. «Kimyoi saodat»da G’azzoliy bunday hikoyatni keltiradi: Bir 
guruh ko‘rlar yo‘lni ko‘rmay chetroqda ko‘zalar turgan joydan o‘ta boshladilar va 
«kimdir yo‘limizga to‘siqlar qo‘yibdi» deb shikoyat qildilar. Aslida ular ko‘rligi tufayli 
to‘g‘ri yo‘ldan adashgan edilar. Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» asaridagi 
ko‘pchilik hikoyalar «Ihyo»dan olingan. «Nafs (ruh) chavandozga, badan otga 
o‘xshaydi. Chavandoziing ko‘rligi otning ko‘rligidan zararliroqdir. Yana: Aql qalbga 
kirgan nurdir». (Ammo ba’zilarniig dili aqlsizdir - M.M.) Arastu hakim «Axloqi 
kabir»da aytadi: «Aql dil go‘zalligi bilan qo‘shilsa fazilatga aylanadi. Aks holda aql 
fazilat emas». 
Imom Muhammad G’azzoliyning asarlari sho‘rolar davrida falsafa fanida o‘qitilmay, 
ta’qiqlab kelindi. Tilga olinsa ham «yomon, reaktsion faylasuf» deb qoralandi. 
Muhammad va uning ukasi Ahmad bolalik chog‘larida otadan yetim qoldilar, so‘fiy 
amakisi ularni boqib, tarbiyalab maktab va madrasalarda o‘qitdi. Arab olimi 
Abdurahmon Badaviy, turk olimi Ayniy Ilhon «Mustazxiriya» kirishida yozshiicha. 
Zayniddin fiqx, (islom shariati ahkomlari)dan ilk bilimlarni zamonasining mashhur 
olimi Ahmad bin Muhammal ROltoniydan Oltan. 
Ustozining vafotidan so‘ng Nishopurga borib tahsilni davom ettirgan. Bu yerda unga 
imomul haramayn (Makka va Madina imomi) Juvayniy ustozlik qilgan. (Bu, Chingizxon 
tarixini yozgan Ato Malik Juvayniy emas). 1085 yilda Juvayniy vafot etgach Zayniddin 
Nishopurdan ketib, Shom, Quddus Makka, Madinani ziyorat qilib, Bag‘dodga keladi. 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin