Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
7
Saljuq sultoni Malikshohning dono vaziri Nizomul-Mulk unga alohida g‘amxo‘rlik 
ko‘rsatadi. Uni mashhur Nizomiya madrasasiga bosh mudarris qilib tayinlaydi. (Bu vazir 
Umar Xayyomga ham ko‘p yaxshiliklar qilgan, so‘ng botiniylarning ismoiliya mazhabi 
yo‘lboshchilaridan Hasan Sabbox. yuborgan josus «fidoiy» tomonidan pichoqlab 
o‘ldirilgan). 
Abu Homid G’azzoliyning ukasi mutasavvif Ahmad G’azzoliy ham buyuk allomalardan 
biri bo‘lib, Jaloliddin Rumiy uni porloq yulduzga o‘xshatgan edi. Sulton ut-tariqat, 
shayx, imom Ahmad G’azzoliyning shogirdlari orasida Aynul-quzzot Abul Fazoyil 
Hamadoniy, shayx Ziyouddin Abu-n-Najib Suhoavardiy, shayx Ro‘zbehon 
Misriy, shayx Najmiddin Kubro kabi alloma, mutafakkirlar yetishib chiqqan. Aynul-
quzzat Hamadoniy «Zubdatul-haqoyiq» kitobida ham Ahmad G’azzoliy, ham 
«Hujjatul-islom» Muhammad G’azzoliydan saboq Oltanini yozgan. 
Imom G’azzoliy mashaqqatli riyozatlarga to‘la umri davomida islom falsafasi, 
iymon-e’tiqodni yuksaklarga ko‘taruvchi ko‘pgina buyuk asarlar yaratdi. Uning «Ihya 
al-ulum ad-din» («Diniy ilmlarning tirilishi»), «Makrsidul falosifa» 
(«Faylasuflarning maqsadlari»), «Tahofutul falosifa» («Faylasuflar yanglishuvi»), 
«Fazoyixul botiniya» («Botiniylikning rasvoligi»), «Ajoyibul-qulub», «Qistosul 
mustaqim» («Haqiqat mezonlari») asarlari arab, fors, turk, 
olmon, lotin, rus tillarida nashr etilgan. O’z asarlari bilan G’azzoliy falsafiy tafakkur 
taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatib, keyinchalik Ibn Rushd, Ibn Xaldun, Immanuel Kant, 
Rene Dekart, David Yum, Georg Gegel kabi mutafakkirlarning 
etishib chiqishiga maydon ochib berdi. Xususan, G. Gegel G’azzoliy haqida 
«Mantiq va metafizikaga doir asarlar muallifi, sharqona buyuk aql egasi» degan 
edi. 
G’azzoliyning «Faylasuflarning maqsadlari» asari 1145 yilda Ispaniyaning ilmiy 
markazlaridan biri - Toledo shahrida Dominik Gundisalvo tarjimasida lotin gilida 
nashr etilgan. «Ihya al-ulum» asarini arabchadan rus tiliga V. Naumkin tarjima 
qilib, sharhlar yozgan. 
O’rta asrlarda olimlar Forobiy va Ibn Sino fikrlari bilan G’azzoliy fikrlari hamohang 
ekanligini bilganlar. Keyingi davr G’arb olimlari Forobiy va Ibn Sinoga Abu Homid 
G’azzoliyni qarshi qo‘ya boshladilar. Lekin bizning zamondoshlarimiz agar 
Forobiyning «Arou ahli madinatul fozila» («Fozillar shahri aholisining qarashlari» 
yoki qisqarog‘i «Fozil odamlar shahri»), Ibn Sinoning «Risolai fil-ishq», «Hayy ibn 
Yaqzon» («Uyg‘oq o‘g‘li Tirik») va boshqa falsafiy asarlarini taqqoslab ko‘rsalar, bu 
allomalarning qarashlari bir-birlariga zid emas, balki ohangdosh ekanligini tushunib 
yetadilar. Jumladan, Forobiy va Ibn Sino ham, G’azzoliy ham ruh kamoloti bosqichlari 
xaqida fikr yuritib, o‘simliklar ruhi, hayvonot ruhi, insoniy ruh deb, farishtalar ruhi va 
ilohiy ruh deb tasnif qiladilar. Bu uchchala donishmand hayvoniy ruhdan insoniy ruhga 
ilm-ma’rifat, mashaqqat chekish bilan, dilni hayvoniy istak, mayllardan tozalash, 
poklash bilan yetish mumkinligini aytadilar. Ya’ni, barcha insonlarga ma’naviy 
kamolot yo‘llarini ko‘rsatadilar. 
Keyingi vaqtlarda Imom G’azzoliy ijodini Bo‘riboy Ahmedov, Aloviddin Mansur, 
Mas’udali, Q. Munirov, Mansurali, Mubashshir Ahmad, Miraziz A’zam, Abduqodir 
Zohid, Abdulla Sher. Poyon Ravshan, Sayfiddin Raf’iddin. Yo‘ldosh Eshbek, Rashid 
Zohid kabi olimlar tarjima va tadqiq etib, xayrli ishlar qildilar. 
Mazkur kitobning nashri uchun xizmatlarini darig‘ tutmagan ustoz Abdulaziz Mansurga, 
Najmiddin Komilovga, Mahmud Saporga, Erkin Abdurahmonovga, Normurod Narziyga, 
Urfon Otajonga, Rafiqjon Sotiboldievga, Shuhoat Ismoilovga, Maxammadjon 
Rahimovga minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Asarning turli nusxalarini topib 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin