Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
15
Chunonchi, ul kimiyokim, mis va birinjni (bronzani) sof oltin darajasiga yetkazish 
martabasiga yetkurmak dushvordur va har kishi ham kimyogarlik ishini bilmas. Munga 
o‘xshash bu kimyokim, inson gavharini bahoyim (hayvonot) sifatlari, kudurat 
ixsosiyatidin (hissiyotlaridan) maloika sifatlari safo va nafosagiga yetkurgayki, avsofi 
hamida birla saodatini topgay. 
Saodat kimiyosini topish bag‘oyat dushvordur va har kishi ham bu saodat kimiyosini 
topolmas. Bu kitobni tasnif qilmoqdin maqsadimiz saodat kimiyosi davolari - dorilariga 
tartib bermoq, shart-sharoitlarga shuru’ qilmoq, kirishmokdirki, darxaqiqat, saodati 
kimiyoyi abadiy ushbudur. Bu kitobga ushbu ma’ni birla «Kimiyoyi saodat» deb ot qo‘ydim. 
Bu kitobni kimiyo atamog‘liq avlodur, chunki mis va oltinning orasida tafovut sofliq va 
xushrangliqdin o‘zga ermas, ul kimiyoning samarasi dunyo ne’matlarini ko‘paytirishdan 
o‘zga natija bermas. 
Ma’lumdurki, besh kunlik dunyo muddati sahldur (oz, yengil). Bas, ne’mati na 
bo‘lg‘usidur? Chahorpolar (hayvonot) sifoti zamimalari va maloika avsofi hamidalari orasida 
chandon tafovut bordurkim, asfalus-sofilindin to a’loyi illiyyingacha bu kimiyoning 
samarasi saodati abadiydur, muddatining oxiri va ne’matlari anvo’ining nihoyati yo‘qtur. Va 
ne’matlarning sofligi va nafislig‘iga hech g‘am va kudurot yo‘l topmas. Bas, bu kitobdin o‘zgani 
kimiyo atamog‘lik oriyatdur. (Muallif bu yerda o‘z kitobini emas, balki bu kitobda yozilgan 
ma’naviy kamolot yo‘llarini maqtamoqda). 
FASL 
«Saodat kimiyosi»ning ta’rifi 
;
Bilgilki, kimiyo ilmini yer yuzining har qanday kulbasi kunjida topg‘ali bo‘lmas. Balki ulug‘ 
podshohlar xazinasida topilur. Munga o‘xshash saodat kimiyosin har yerda topg‘ali bo‘lmas. 
Balki, Haq subhonahu va taoloning xazonasi (xazinasi)dan o‘zga yerda topilmas. Xudoi 
taoloning xazinaxonasi osmon taxtgohida farishtalarning vujudi ganjinalari va zamin 
qarorgohida payg‘ambarlarning dili bekiynalaridur. Va har kishi saodati abadiy kimiyosin 
Xudovand hamdi dargohidin o‘zga yerda izlabdur, gumroh bo‘lganidurki, oxir kori qalloblik 
va ahvolining hosili takabburlik va botil gumondorlik bo‘lg‘usidir. Bundaylarning 
badmaoshlig‘i oshkoro; yashirin, botiniy g‘ururlari zohir va huvaydo va rasvo bo‘lg‘usidir. 
Haq taoloning buyuk rahmatlaridin biri budurki, yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambarni 
bandalari uzra yuboribdur, aning uchunkim, bu saodati abadiy kimiyosini Haq taoloning 
bandalariga ta’lim bergaylar. Va xaloyiqg‘a bildurgaykim, dil javharin riyozat - mashaqqat 
bo‘tasida na tariqada qo‘ymoq kerak va zamima - yomon xulqlarki, dil javharining buxl va 
kuduroti aning jihatidindur?! ul xabis (ifloslik) va kudurot chirkini ko‘ngul javharidan ne vajhda 
pok qilg‘ali bo‘lgay va avsofi hamida - maqtovli sifatlarki, oyinai dilning safo va 
sayqalidur, na tariqada hosil qilmoq kerak? Haq taolo o‘z zoti qadimini podshohlik va 
poklik birla madh va sitoyish qilibdur. Anbiyo alayhimus - salomlarni madh va sitoyish aylab, 
bandalari uzasiga yuborganiga «minnat» qilib, aytibdurki: 
Yusabbihulillahi mo fis-samovati va mo fil arz. Almalikil quddusil azizil hakiym. 
Huvallaziy baasa fil ummiyiyna rasulan minhum yatluu alayhim oyotihi va yuzakkihim va 
yuallimuhumul kitoba val hikmat. 
Tarjimasi: Osmonlardagi va yerdagi (bor) narsa (mutlaq) podshoh, (nuqsonlardan) pok, 
qudrat va hikmat sohibi bo‘lmish Allohga tasbeh aytar. U(Amoh) omilar (savodsiz kiishlar) 
orasida o‘zlaridan bo‘lgan, ularga (Uning) oyatlarini tilovat qiladigan, ularni (kir va jaholatdan) 
poklaydigan hamda ularga kitob (Qur’on) va hikmat (hadis)ni o‘rgatadigan (bir) payg‘ambarni 
(Muhammadni) yuborgan zotdir. (Juma, 1,2). 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin