www.ziyouz.com кутубхонаси
18
Agar sen to‘rtoyoqlilar, ya’ni hayvonlar, darrandalardansen, bularning ishlariga
mashg‘ul bo‘lg‘il. Va ularning tariqasin o‘zingga lozim tutgilki, tokim to‘rt oyoqlilar
martabasi va ularning saodatig‘a yetg‘aysen.
Va farishtalarning g‘izosi va saodati – Haq taoloning jamoli bokamolini mushohada
qilmoq birladur. G’azab va shahvat chahorpolar va darrandalar va shayotin sifatlari
farishtalarning pok, saxovatli vujudlarig‘a yo‘l topmas. Va agar asling farishtalar
gavharidandur, o‘z asling kamoliga jahdi tamom qilg‘ilki, to Haq taoloni tanig‘aysen. Va ul
jamoli bezavolni tanimoqqa yo‘l topg‘aysen. Va o‘zingni shahvat va g‘azab ilkidin
(dastidin) xalos qilg‘aysen.
Va bilg‘aysenkim, hayvonot sifatlarini vujuding binosi ichida nima uchun xalq qilibdur? Ogoh
bo‘lgilki, bu avsofi zamimalarni (yomon qiliqlarni) seni asir qilmoq, o‘z xizmatlarida
tutmoq, kecha va kunduz seni o‘ziga musaxxar qilmoq uchun xalq qilmabdur. Balki bu
sifatlarni o‘zingga asir va dastyor aylab, ul sufraki, sening oldingdadur, bu sifatlarni o‘zingga
musaxxar aylab, ba’zini ulov va qurol qilg‘aysen. Va necha kunkim bu olam manzilgohida
bordursen, bu sifatlarni xizmatkor aylab, bularning yordami va yorlig‘i birla saodat tuxmin
qo‘lg‘a kelturgaysen.
Vaqtiki, saodat tuxmin qo‘lg‘a kelturding, bu avsofi zamima - yomon sifatlarni oyog‘ing
ostiga solib, saodating qarorgohiga yuz kelturgaysenki, xoslarning murodi ul
qarorgoxdin - jamoli hazrati malikul subhon va avomlar murodi - bihishti jovidondur. Va bu
ma’nilarning hammasini bilsang, o‘zingni andek tanig‘on bo‘lursen.
Va har kishikim, bu ma’nilarni tanimabdur, aning nasibasi omonlik yo‘lidin maqrum
va nobud, haqiqatni tanimoqtsin mahjub (to‘silgan) bo‘lg‘usidur.
FASL Dilingni anglasang, o‘zingni tanigaysen Bilginkim, seni kim xalq qilibdur? Ikki nimarsadin biri zohir badandurki, ani tan
atabdurlar, muni zohir ko‘z birla ko‘rgali bo‘lur. Yana biri ma’noi botindurki, ani nafs
derlar, jon atarlar va dil ham derlar. Bu ma’nii botinni (yashirin ma’noni) botin (ichki) ko‘z
birla tanigani bo‘lur. Zohir ko‘z birla ko‘rgali bo‘lmas. Va sening haqiqating – ushbu ma’noi
botindur.
Va har nimarsaki, bu ma’noi botindin o‘zgadur - hamma aning tobei va lashkaridur. Va
xizmatkoridurlar. Va ul ma’noi botinga dil ot qo‘yibdurlar. Va dilning xosiyatlarin va
xislarin bayon qilg‘umdir.
Va dildin murod - haqiqati odamiydurkim, ani gohi ruh atarlar. Va gohi nafs derlar. Dil
deb go‘sht porani aytmasmizkim, siyna, ya’ni ko‘krakning chap tarafida qo‘yilibdur.
Aning hech qadri va e’tibori yo‘kdur. Ul go‘sht pora hayvonotda va o‘liklarda ham bordur. Ani
zohir ko‘zi birla ko‘rgali bo‘lur. Har nimarsaki zohir ko‘zi-la ko‘rinur, ushbu olamdindurki, ani
olami shahodat derlar. Va dilning haqiqati ushbu olamdin ermasdur, va bu olamda g‘arib
va musofirdur.
Dil bu olam ko‘hna rabotidin oxirat dorul najotiga qaytmoqqa kelibdur. Ul go‘sht pora
(yurak) podshoh dilning markabi (ulovi) va asbobi sufraidur. Va hamma azoi badan dilning
lashkaridur. Va jumlai badanning podshohi dil - qalbdur.
Xudoi azza va jallani tanimoq va Haq taoloning jamoli bokamolini mushohada qilmoq
- podshoh dilning sifatidur. Taklif va xitob, va’da va itob angadur. Saodat va
shaqovat asli dilning sifatidur. Va badan hamma ahvolda aning tobeidur.
Podshoh dilni va aning sifatlarini tanimoq xazrati Haq subhonahu va taoloni
tanimoqning kalididur. Jahdi tamom qilg‘ilki dilning haqiqatin tanig‘aysen. Dil
gavhari azizdur, farishtalar gavhari jinsidadur. Va dilning ma’dani asli Dargohi