Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
19
Ahadiyatdurkim, ul dargohdin kelgandur. Yana ul dargohga yong‘uvchi - 
qaytg‘uvchidur. Dil bu olam manzilgohida g‘aribdurkim, musofirlik uchun kelibdur. 
Dilning bu olamda musofirligini bayon qilg‘umdur. Inshoolloh taolo. 
FASL
Dil haqiqati 
Bilgilki, dilning haqiqatini tanimoq, to dilning vujudin bilmaguncha hosil bo‘lmas. 
Avval dilning vujudin bilg‘aysen. Andin keyin dil haqiqatini tanimoqni talab 
qilg‘aysankim, ul nechuk nimarsadur? 
Andin keyin podshoh dilning lashkarini tanig‘aysenkim, ul nechuk toifalardur? 
Andin keyin podshoh dilning va bu lashkarning orasidagi aloqa va munosabatlarni 
bilg‘aysen. Andin - keyin dilning sifatlarini tanig‘aysenkim, Haq subhonahu va 
taoloning ma’rifatlarini nechuk hosil qilgusidir? Ushbu ma’nolarning har biriga 
ishorat qilibdurlar. 
Ammo, dilning vujudi zohir badan birla ermasdurkim, badan o‘luklarda ham 
bordur. Biroq, ularda ruh yo‘qtsur. Agar kishi botin ko‘zini ochib, zohir ko‘zing 
birla ko‘rsa bo‘ladur, hammasini (vaqtincha unutsa) ruhining vujudini nochor 
tanig‘ay. Agarchandiki, zohir badan osmonu zamin, o‘zga mavjudotlardin 
bexabar qolsa, ruhidan ayrilg‘usidir. Vaqtiki, inson bu ishlarni yaxshi o‘ylab 
ko‘rsa, oxirat haqiqatidin andek tanig‘onidur. Bir payt kelurki, insondan bu zohir 
badanni olurlar va seni andog‘ yerga elturlarkim, na sen va na ul makon foniy 
emasdur (ya’ni, abadiy dunyoda inson ham, u yashayotgan makon ham 
yo‘qolmaydi).
FASL 
Ruh haqiqati 
Ammo ruh haqiqati nimadur va oning xos sifatlari nechukdur, bularni bayon 
qilmoqqa shariat ruxsat bermaydur. Ushbu vajhdindurki, hazrati Rasuli 
alayhissalom sharh qilmabdurlar. Chunonchi, Haq taolo aytibdurkim: 
Va yas’alunaka ani-r-ruh, qul ar-ruhu min amri rabbi. 
Ya’ni: Ey Muhammad, sendin ruh haqida so‘raydilar, aytgil, ruh parvardigori olam 
amridandur. (Al-Isro, 85) 
Bas, Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam: ruh sirri ilohiy jumlasidin va xojai olam 
amridindur demakdin ziyodai ruxsat topmabdurlar. 
Har nimarsaki, andoza (eni, bo‘yi) va miqdori bilan o‘lchansa, ani olami xalq 
atarlarkim, xalq asli lug‘atda miqdor va andozali xilqat ma’nosidadur. Dil javharining 
miqdori va hajmi yo‘kdur. Ushbu vajhdin yo‘qolish qismatini qabul qilmas. Va agar 
qismatni qabul qilsa, joiz bo‘lur erdikim, dilning bir qismi haqida ilm bo‘lg‘ay erdi. 
(Ruhiyat olimlari, ruh san’atkorlari bu olamni ozroq biladi). Bas, dil sohibi bir holda 
ham olim va ham johil bo‘lmog‘i lozim kelurki, bu maholdur. Abadiy yo‘qolmasligi - andoza 
va miqdorga bo‘ysunmasligi birla ruhni hazrati Haq subhonahu va taolo ofarida 
qilg‘aydurkim, ofarida so‘zi - xalq qilg‘an, yaratgan ma’nosida kelur. 
Shu ma’noda miqdor va andoza (shakl) topgan narsalar bu olam xalqi jumlasidandir. 
Ul nimarsalarki, miqdor va andoza anga yo‘l topmagay - olam xalqidin ermasdir. 
Bas, ul toifalarkim, gumon qilibdurlar, ruh qadimiydur (deb), g‘alat qilibdurlar. Ul 
toifalarkim, aytibdurlar ruh araziydur (o‘zicha mavjud emas) deb, g‘alat (xato) 
qilibdurlarkim, araz o‘z zotida qoyim ermasdur, balki yana bir qism javharga tobe’dur. 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin