www.ziyouz.com кутубхонаси
17
va forsiy alfoz birla tasnif qilibdurmen, ul kitoblarni mutolaa qilgaylar.
Bu kitobni tasnif qilmoqdan maqsad xalq ommasidurkim, bu kitobni forsiy
alfoz birla tasnif qilmoqni (Men, Muhammad G’azzoliydan) iltimos qildilar, toki
ularning iltimoslari va meni niyatimni ijobat qilg‘ay.
Riyo bo‘yi (hidi) va takalluf kuduratidan asrab, umidi rahmat va rohi savob
muyassar aylab, tavfiq ato qilg‘ay. Ilohi, barchamizga bu so‘zlarga amal qilmoqni
nasib etgil, chunki o‘zi amal qilmay, boshqalarga buyurmoq vabolidur. Nauzu billohi
min zolik. (Bundaylardan bizni Alloh asrasin!)
FASL Insonlik unvonin paydo qilmoq bayonida Ul to‘rt unvondir. Avvalgi unvon: inson o‘z nafsini tanimog‘i bayonidadir. Hazrati
Haq subhonahu va taoloni tanimoqning kalidi o‘z nafsini tanimoqdur. Aytibdurlarki:
Man ‘arafa nafsahu fa qad ‘arafa robbahu. Ya’ni, har kishi o‘z nafsini (ruhini, o‘zligini) tanisa, batahqiq parvardigorini
tanigaydur. Ushbu ma’nidin Haq subhonahu va taolo Kalomi majidda xabar
beribdurki:
Sa-nurihim oyatino fil-ofoqi vafiy anfusihim. Toki ularga uning (Qur’onning) haq ekani ma’lum bo‘lguncha, albatsha, Biz ularga atrofdagi va o‘z vujudlaridagi alomatlarimiznch ko‘rsatajakmiz. (Fussilat, 53) Tafsiri: Yaqindurkim, ko‘rsaturmen ularga qudratimning alomat va nishonlarini
osmon va zamin ichida, o‘z nafslarida, toinki haqiqati Haq ularga ma’lum bo‘lg‘ay.
Xullasi kalom buki, hech nimarsa o‘zingga o‘zingdan yovuqroq (yaqinroq) ermas.
O’zingni tanimasang, o‘zgani nechuk tanig‘aysen? Hamono aytursenki, o‘zimni
tanurmen. G’alat qilursenki, bu nav’ tanimog‘lik Haq subhonahu va taoloni tanimoqg‘a
sabab bo‘lmaski, chahorpolar (hayvonlar) ham o‘zlarini bu nav’ tanurlar.
Ey inson! Zohiringni tanimoqda bosh, yuz, qo‘l, oyoq va go‘shtdan o‘zgani
tanimassen. Botining - ruhiyating ahvolidin bilursenkim, vaqtiki och bo‘lsang taom
yersan. Va tashna bo‘lsang, suv icharsen. Vaqtiki, g‘azabing kelsa, bir kishiga izzo
berursan. Va shahvat g‘olib kelsa. xotun olursen. Va hamma chahorpo - hayvonlar bu
ishlarda sening birla barobardirlar.
Bas, senga lozimdurki, haqiqatingni talab qilg‘aysen, o‘z asling ne nimarsadur
va ne yerdin kelibsen va ne yerga odat borgungdur? Bu olam manzilgohiga nima
ishga kelibsan va Tangri seni nima uchun yaratibdur? Saodating ne ishdadur?
Bu ishlarni bilmagaysen. Va ul sifatlarkim, botiningda jam qilibdurlar, ba’zisi chahorpolar
sifati va ba’zisi darrandalar sifati va ba’zisi farishtalar avsoflaridur. Va sen bu sifatlarning
qaysi biriga egadursen? Va ko‘ngling gavharini bu sifatlarning qaysisidin xalq qilibdur? Va
qaysi sifatlar g‘arib va oriyatdur?
Vaqtiki, bularni bilding, saodatingni talab qilgay senkim, bu sifatlardin har birining parvarish
topadurg‘on bo‘lak g‘izosi - ozig‘i bordur. Chunonchi, chahorpolarning g‘izosi va saodati - yemak va
uxlamak va muosharat qilmoqlikdur. Agar sen chahorpolar jumlasidan bo‘lsang, jahd qilg‘ilki,
kecha-kunduz yemak va ichmak birla nafsing xohishiga mashg‘ul bo‘lg‘aysen.
Va darrandalarning g‘izosi va saodati - tishlamak va g‘azab qilmak va o‘ltirmaklikdur. Va
devlarning g‘izosi fitna va makr va hiyla qilmakdur.