Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
14
zoti buyukligini, cheksizligini qanday, nima uchun kabi savollar birla o‘ylab yetolsa. 
Haq subhonahu va taolo bechun va bechigunadur (ya’ni, bu savollar o‘tkinchi narsalar 
uchundir). Hech ko‘ngil yo‘qturki, Aning san’ati va ajoyibotlaridin ogoh bo‘lib, namuna 
(birla) isbot qila olsa. Haq taolo beshubha va benamunadurki, chunu chandiyyati va 
shubha kayfiyati Aning zoti qadimig‘a yo‘l topmas. Bas, nochor bilg‘aysenkim, hamma 
mavjudotlarkim, olam sahnasida paydodur, Aning (Allohning) qudrati komilasidan zarradur 
va hamma nuru zulmat, ajoyibot va g‘aroyibotlarkim, kavnmakon sahifasida bordur, Aning 
hikmati shomilasidin shu’ladur. Va hamma mavjudot Xudoi taoloning bandasidur va Aning 
dargohig‘a qaytguvchidur. Balki hamma mavjudotning avvali Haq subhanahu va 
taoloning zoti vojibul vujudidur. 
Haq taoloning Vojibul vujudidan bir shu’la, xudoyi taoloning rahmati bo‘lgan hazrati 
Muhammad Mustafo s.a.v.ga bag‘ishlangankim, payg‘ambarlar sayyidi va mo‘‘minlarning 
rahnamo va rahbari, Parvardigori olam asrorlarining amini, Haq subhanahu va taolo 
dargohidagi hamma mavjudotning sarasi va hamma payg‘ambarlarning a’losidurlar. Va Xudoi 
taoloning rahmati (ul) payg‘ambar s.a.v. va hamma yoronlarig‘a bo‘lsunki, bularning har 
birlari hamma ummatlarning muqtadosi va shariat yo‘lining paymosidurlar. Sallallohu alayhi 
va ala olihi va ashobihi ajma’iyn (Payg‘ambarimiz, oilasi va jam’i sahobalariga Allohning 
salomi bo‘lsin, ya’ni barchasini Xudo yarlaqasin). 
Ba’daz on: Bilginki, (Haq taolo) odamni o‘ynamoq va kulmoq, yemoq va ichmoq uchun 
yaratmabdur. Balki Odamning yaralishida ulug‘ hikmatlar bordurki, hazrati Haq subhonahu 
va taolo o‘zini tanitmoq uchun yaratibdur. Va ma’rifat yo‘lining ulug‘ xatarlari bordur. 
Agarchi, odam azaliy ermasdur, lekin abadiydur, qiyomat kuni qayta tirilgondin keyin
odamning vujudi shahristonig‘a o‘lim lashkari yo‘l topmas, abadul-abad vujud shahri 
ma’mur bo‘lib, mo‘minlar- behisht ne’matidin masrur (rohatda) va kofirlar do‘zax 
o‘tidin majrur (azobda) bo‘lg‘aylar. 
Agarchi, Haq taolo odam vujudini past va bee’tibor qilibdur, ammo ruh shahbozi - burguti 
hazrati Parvardigor dargohidin kelgandur. Agarchi, ruh gavhari bu tiyra tuproqni (tuprokdan 
bo‘lgan tanani) makon qilmoq birla chahorpoy va darranda va shayton sifatlari birla 
aloyish topib (aralashib va ifloslanib) vobasta bo‘libdur, vaqtiki riyozat-mashaqqatlar 
bo‘tasig‘a tushib, bu oloyish g‘am kuduratidin pok bo‘lsa, hazrati Haq subhonahu va 
taolo rahmati va hamsoyalig‘iga shoyista bo‘lg‘uvsidurki, asfalasofilindin to a’loi 
illiying‘acha hamma balandlar aning‘ sayrgohidir. 
Odamning asfalasofilin martabasida QOltani uldurki, (u) chahorpoy va darranda sifoti birla 
mutgasif bo‘lib, (ya’ni, hayvonlar sifatlarini olib), shahvat va g‘azab ilgida asir bo‘lg‘ay. Va 
(odamning) a’loi illiyyin martabasig‘a yetgani uldurki (hayvoniy sifatlardan qutulib) 
farishtalar darajasin va martabasin kasb etg‘ay. Andog‘ki inson ma’rifat va riyozat birla 
g‘azab va shahvat ilkidin xalos bo‘lib, bu ikkovini o‘ziga asir aylab, o‘zi bular uzra 
podshohlik martabasida o‘lturgay. 
Vaqtiki, odam o‘z badani mamlakatiga podshohlik martabasiga yetsa, Haq subhonahu 
va taoloning bandaligiga shoyista va loyiq bo‘lg‘onidur, va bu podshohlig‘ining kamolidur. 
Vaqtiki, inson hazrati Maliki subhonning jamolini ko‘rishg‘a (ko‘zi qamashib) toqat qila olmas. 
Va ul jamoli bezavol mushohadasi inson gavharining behishtidur va Haq subhonahu va taolo 
yaratgan behishtlar al-on (hozir ham) mavjud. Qiyomat kuni bandalariga (shu behishtlarni) 
ato qilmoq va’dasini beribdur. Bu behisht ne’matlari ko‘rmak lazzati, yemak va ichmak 
manfaati va ayshu ishrat shahvatidin ziyoda nasibalardir. Bu olam bog‘larining ne’matlari 
hazrati zuljaloli bokamol behishtida nasib etuvchi ne’matlar oldida yengil va arzimasdir. 
Ammo, inson javhari avval yaralishda noqislik va kamlik birla xalq qilinibdur. Inson 
mehnat va mashaqqatsiz bu nuqsonlaridan qutulib, kamOlta yetmagi mumkin emas. Inson 
mujohada, ya’ni riyozat va ibodat birla jamoli bokamol davlatiga musharraf bo‘lg‘usidir. 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin