www.ziyouz.com кутубхонаси
10
bo‘lub, Allohning madadi ibodat qiluvchilarga yuzlangay. Talab dashtidagi tashna
lablarga obihayot chashmasidin tomchi va ta’b zulumotidagi oshiqi talab visollarga bu
lama’ot anvoridan nasiba yetib, fayzi ilohiy topsalar, umiddurki «Ad-dollu alal xayri
ka foilihi» (yaxshilikka yo‘llash ham yaxshilikdur) hadisi mazmuni birla hazrat Haq
subhonohu va taoloning rahmatu mag‘firatiga sabab bo‘lg‘ay.
Bu dunyoyi foniy ichra umr yetmish va sakson yildan ziyod emas. Bu kitob
turkiy til birla olam safhasidan o‘rin olsa, shoyadki, xaloyiq aro yaxshi nom
qoldirish birla hazrati Xalloqi olam dargohida ham, yaxshilar davrasida ham
mashhur bo‘lg‘aysen. Va sendin ham talabi mushtoq, boqiy yodgorlik bo‘lur edi.
Bu xitobi mustatob birla muxotab (ya’ni, tarjimon) mulzam bo‘lib, holim
parishonlig‘i, istitoat (imkoniyatlar) kamlig‘i va layoqat yo‘qlig‘ining hayronlig‘i,
hokim amrining purzo‘rlig‘ini mushohada aylab, hayrat uzra hayrat ro‘y berib,
go‘yo «Menga qara» muxotabi yanglig‘ mudxushlik ro‘y berur erdi. (Ya’ni, bu ish
mushkulligidin dilda buyuk bir qo‘rquv bor edi). Gohi g‘ayrat boshini hayrat
tarozusiga qo‘yib, ko‘nglim holig‘a boqsam, nolavu fig‘onga kelib aytur erdimki:
«Ey, bulfuzuli nomahsul!» Bu nechuk xayoli nomaqbuldurkim, Sen qilursan
xitob, «Tahlikali ishga qo‘l urmagil» (oyati mazmunini) anglab turub, bu nav’i
tabutikaga qadam qo‘ymoq kamoli xijolat va itob, «Agar qo‘rqqanlaringda bunday
qilmas edinglar» oyatini bilib turub, bu durri maknun (sadafda yashirin dur)ni fosh
etishga dalerlik - jasurlik ko‘rguzmoq kamoli axmoqlikdur.
Gohi hayratlar sohilidan tafakkur qirg‘og‘iga langar tashlab, bu ko‘hi Bestuni
bahrul hayotni (hayot ummonidagi Bestun tog‘ini) fikrim teshasi birla qazimoqni
andisha aylasam, fikratim nihodidin osmonga dud o‘ralab, jonni ko‘ydurguvchi oh-
faryod birla aytur erdimki: «Ey, da’vogar Mubtal! (Adashgan) Bu nechuk da’voyi
botildurki, diling - Ad-dunyo jiyfatun va tolibuho kilobun (Bu dunyo o‘limtik va unga talabgorlar - itlardur) davrasida doxili vola bo‘lg‘aysen. Bu farishtasifat mas’alalar va
hurzot mahbubalar kabi ma’nolar suratini sahifa maydoniga chizmakni tasavvur
qilmoq kamoli beadablik, va fikrning rishtasi (Inna avhanal buyuti ka baytul
ankabut» (uylarning eng nimjoni, o‘rgimchak uyidir) rishtasiga payvasta bo‘lg‘ay. Bu sof
javohir (teshilmagan va sayqallanmagan gavhar)larni taqrir rishtasiga tizmoqni xayol qilish
g‘oyat nodonlikdir», der edim o‘zimga.
NAQL: - Sahihdurkim, Hazrati rasuli akram (s.a.v.) me’rojga chiqqanlarida maloika
mahshari (yig‘ilgan joyi) va anbiyolarning kashf etuvchi ruhlari saf-saf istiqbollariga kelib,
Onhazrat sallallohu alayhi vassallamning rikobi saodat istiqoblariga jabha osoliq qilmoq
(nabiyulloh mingan buroqlariga jilovdorlik qilmoq) birla ko‘zlarini ravshan qilur erdilar. Shu
jumladan hazrati Muso bin Imron salovotur-rahmonning ruhi nozaninlari maqomida
Muhammad Mustafoga ta’zim qilish sharofatiga musharraf bo‘lub, yuz ming xijolatlik birla
arz qildilar:
- Yo rasululloh, hazratlarining tilidan bu hadis vorid bo‘lubdur: «Ulamoi ummati ka-nabiyin
bani Isroil». (Ya’ni ummatim olimlari bani Isroil payg‘ambarlariga o‘xshashdur). Bani Isroil
payg‘ambarlaridan biri mendurman. Qaysi ummatingizdurki, risolat, fasohat va balog‘atda
menga o‘xshagay?
Hazrati Muhammad payg‘ambar s.a.v. ishorat qilgan edilar, ul oftobi dinu davlat va mohtobi
falaki saodat, ul mujtahidi furu’i asl-ul mumayyizi vaslu fasl, ul maqbuli loyazol imom
Muhammad G’azzoliy rahmatullohi alayh sheri g‘arron misoli yetib kelib, hazrati Muso
salovatur-rahmonning sarrohini olib turdilar. Hazrat payg‘ambar s.a.v. aytdilarki: «O’shal
ummatlarimdan biri ushbudir». Hazrat Muso «Kim bu?» - deb so‘rab edi, ul zot «Imom
Muhammad G’azzoliydurman» dedilar.
Muso alayhissalom aytdilar: «Men sendan bir ismni savol qilsam, sen uch qism javob