www.ziyouz.com кутубхонаси
23
FASL Dil hissiyotlarining sifatlari bayonida Bilg‘ilki, dil olamiga odam vujudi shahridagi lashkarning har birini aloqa va
munosabatlari bordurkim, podshoh Dilga bu sifatlarning har biridin bir nav’ sifat va xo‘y
paydo bo‘lg‘usidir. Va bu fe’llardin ba’zisi yomon sifatlardurkim, podshoh Dilni halok
qilguvchidir. Va ba’zisi yaxshi sifatlardurkim, alar birla saodati abadiy topg‘usidur. Va bu
xulqlar agarchandki bisyordur, ammo to‘rt qismga jam’ qilibdurlar: axloqi baxoyim, ya’ni
to‘rt oyoqli hayvonlar sifatidur. Va axloqi saba’, ya’ni darrandalar sifatidur. Va axloqi
shayotin, ya’ni dev, shaytonlar sifatidur. Va axloqi maloika, ya’ni farishtalar sifatidur.
Chunonchi, odam badanida shahvatni xalq qilibdurki, aning xohishi to‘rt oyoqli
hayvonlar ishini qilmoqdur. Andoqkim: ozor yetkurmak, yemak, jimo’ qilmak. Va ushbu
badanda g‘azabni yaratibdurkim, aning xohishi it va bo‘ri va sherlar ishini qilmoqdur.
Chunonchi, g‘azab ishi urmoq va o‘ldirmoq va xalqg‘a qo‘l va til birla ozor yetkurmak. Va
hasadni yaratibdurki, aning xohishi devlar ishini qilmoqdur. Chunonchi, makr va hiyla
qilmokdur. Barhaq ishni yopmoqdur. Va xalq orasida fitna va janjal qilmoq.
Va odam vujudida aqlni paydo qilibdurki, aning xohishi farishtalar ishini qilmoq.
Chunonchi, ilm va ulamolarni do‘st tutmoq va yomon ishlarni qilmaslik va xalq orasida
saloh va muvofaqat izlamoq, haris va zabun ishlardin o‘zini to‘xtatmoq va yaxshi ishlarni
bilganidan shodlanmoq. Johillik va nodonlikdin or va nomus qilmoqdur.
Haqiqatda odam badanida go‘yo to‘rt nimarsa bordur. Itlik, to‘ng‘izlik, devlik va
farishtalik. Jumladan: itni xalq orasida mazlum - yomonlig‘i - qo‘l va oyoq va po‘st va
zohir suratidagi jihatidin emasdur. Balki botinidagi yomon sifatlari jihatidindurki, xalqg‘a
ozor yetkurmak, palid va najas narsalarni do‘st tutmog‘i jihatidindur. To‘ng‘iz ham zohiriy
surati jihatidin yomon emasdur. Balki botinidagi najaslik va palid nimarsalarga xarislik
jiqatidindur.
Bas, ruhning haqiqatini va badan ichidagi sak va to‘ng‘uzlik ma’nisini anglading.
Shaytonlik va farishtalik ma’nolarini ham munga qiyos qilgungdur. Odamga farmon
qilibdurkim, aqlning nuriki, farishtalar nuri asaridandur, ul nur birla shaytonning
makr-talbislarini kashf qilg‘ay. Toki shayton makr va fitna qilmoqg‘a yo‘l topmay,
rasvo bo‘lg‘ay. Chunonchi, hazrati rasuli akram sallallohu alayhi vasallam aytibdurlarki:
«Har odamning bir shaytoni bordur. Va mening ham shaytonim bordur. Va lekin Xudoi
taolo meni ul shaytong‘a g‘olib qilibdur. Shayton mening qahr va g‘azabim ilkida
asirdurki, manga hech osib va zarar yetkura olmas». Sababi - dil aqldir.
Va odamga farmon qilibdurlarki, xaris va shahvat to‘ng‘izi va g‘azab itini adab
birla tutub, aqlning zerdastida qilg‘ay, to aqlning farmonidin tashqari qadam
qo‘ymag‘aylar. Agar bu tariqa bo‘lsa, yaxshi sifatlar hosil bo‘lib, saodat
tuxmin qo‘lg‘a kelturgusidir. Agar bu tariqaning xilofida bo‘lub, shahvat va g‘azab
oldida xizmat kamarin bog‘lasa, axloqi zamima - yomon xulqlar paydo bo‘lib, shahovat
(gunoh ishlar) tuxmini hosil qilg‘usidirlar. Agar o‘z holini uyquda yo bedorlikda
misoli birla mushohada qilsa, to‘ng‘uzni va yo sakni va yo shaytonni oldida qo‘lini
bog‘liq ko‘rgusidir.
Kishikim, bir musulmonni kofirning qo‘lida asir ko‘rsa, ma’lumdur, ul
musulmonning holi nechuk kechgusidur? Bas, kishiki, farishtani sakning va
to‘ng‘uzning va devning qo‘lida asir ko‘rsa, andin foje’roqdurki, aning holi na
bo‘lg‘usidur?
Olam xalqi agar insof qilsalar va qilg‘on amallarini hisob qilsalar, kecha va kunduz
nafslari havosida xizmat kamarini bog‘labdurlar, bularning holi darhaqiqat
ushbudurkim, agarchandiki suratlari odamga o‘xshar, fardoyi qiyomatkim, ma’nolar