www.ziyouz.com кутубхонаси
24
oshkora bo‘lg‘usidur, va surati ma’no rangi birla ko‘ringusidur.
To ul kishigakim, shahvat va hirs g‘olibdur, qiyomat kuni xalqning ko‘ziga to‘ng‘iz
suratida ko‘ringay. Ul kishikim, anga g‘azab g‘olib bo‘lsa, qiyomat kuni it yo bo‘ri
suratida ko‘ringay. Ushbu jihatidindurki, agar kishi tushida sakni, bo‘rini ko‘rsa, ta’biri
ulki, zolimga muloqot bo‘lg‘ay. Agar to‘ng‘izni tushida ko‘rsa ta’biri ulki, palid va
nopok kishini ko‘rgusidir.
Ani uchunkim uyqu o‘limning tengi va birodaridur. Inson ruhi uyqu sababidin bu
olamdin balandroq bo‘lur.
Surat ma’noga tobe’dur. Va har kishi botiniy holig‘a muvofiq ko‘ringusidur. Va
bu ma’nolarning sharhi bisyordurkim, hammasini bu kitobda kelturmakka
sig‘mas.
FASL Botindagi to‘rt mutasaddi g‘olib bayonida Bas, vaqtiki bilding, botiningda to‘rt mutassaddi g‘olib bordur: o‘turmoq va turmoq,
balki hamma holda o‘z holingga ogohlik birla boqg‘ilki. bu to‘rt korfarmoning qaysi
biri itoatidadursen, haqiqatini bilgil. Har fe’lki, sendan sodir bo‘lsa, ul fe’ldin bir sifat
ko‘nglungga hosil bo‘lg‘usidur.
Ko‘nglung taskin topib ul olamga sening birla borg‘usidur. Va bu sifatlarni axloq
atarlar. Hamma axloq bu to‘rt g‘olib farmonidin paydo bo‘lur. Agar shahvat
to‘ng‘uzining itoatida bo‘lsang, senda besharmlik va palidlik sifati, xarislik va xasislik
va badkorlik va mundin o‘zga yomon sifatlar paydo bo‘lur.
Agar tuban shahvatni, ya’ni to‘ng‘iz, cho‘chqa shahvati nafsini qahr-g‘azablab qo‘lga
olib, adab birla tutsang, senda tavoze’ va qanoat sifati va sharm va orom va zariflik va
porsolik, ya’ni poklik va tama’sizlik sifatlari paydo bo‘lur.
Va agar g‘azab itining itoatida bo‘lsang senda yomon ishlarga dalerlik va
nopoklik sifati va bo‘yin tovlash va o‘zni aziz tutmak va o‘zgalarni xor ko‘rmak va
xalqqa ozor bermak va mundin o‘zga yomon sifatlar paydo bo‘lg‘usidur.
Agar g‘azab itini o‘z farmoningda adab birla tutsang, senda sabr sifati va
kishining og‘irini ko‘tarmak va avf va shijoat va xushxo‘yluq va saxovat sifatlari
paydo bo‘lg‘usidur. Shaytonkim, ani ishi shahvat to‘ng‘izi va g‘azab itini o‘rnidan
qo‘zg‘ab, ularni daler aylab, hiyla va makr o‘rgatmoqlikdur. Bas, shaytonning
itoatida bo‘lsang, senda yaxshi amaldin qochmoq va xiyonat sifati va haqni botilga
alishtirmoq, ko‘z bo‘yash va xalqqa firib bermoq va haq ishni yopmoq va mundin
o‘zga yomon sifatlar paydo bo‘lg‘usidir. Va yo yaxshi sifatkim senda mavjuddur,
boqiyot, solihot jumlasidan bo‘lg‘ungdur.
Va saodat tuxmini qo‘lg‘a kelturgaysen. Va ul fe’llarkim, aningdan yomon
sifatlar paydo bo‘lur, ani ma’siyat atarlar. Va ul fe’llarki, aningdin yaxshi sifatlar
paydo bo‘lur, ani toat atarlar. (Yomon fe’llar muhlikot - halok etuvchi, yaxshi fe’llar
munjiyot - najotga eltuvchidir. - M.M.)
Odamiyni o‘tirmak va turmagi bu ikki holdin tashqari emasdur. Bas odamning dili
oyinai ravshanga o‘xshashdur. Va yomon sifatlardur, zulmatga o‘xsharkim, vaqtiki
oyinai dilga zang yetsa, ichi qoralik va torlik qilur, toki qiyomat kuni hazrati
parvardigori olam jamoli bokamolini ko‘rolmas. Bu baxtdan mahrum bo‘lg‘usidur.
Ul yaxshi sifatlar nurga o‘xshashdurkim, vaqtiki ul nur oyinai dilda qaror topsa, hamma
zulmat va ma’siyatlarni yo‘q qilur. Ushbu ma’noda hazrati rasuli akram sallollohu alayhi va
sallam aytibdurlar: «Har yomon amaldin keyin, bir yaxshi amal qilg‘il, toki ul yaxshi
amaling ani mahv va nobud qilg‘ay». Bas, qiyomatda dillar bo‘lurki, ba’zisi ravshandur.