Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
32
Ammo (ba’zi) so‘fiy johillar xayoli botilning bandida, uzoq muddat shubhaning
hijob pardasida mubtalolikda qOltusidur.
Bas, ul kishikim, ilm chirog‘ini qo‘lga keltiribdur, bu nav’ shubhalardin eminda, bu
tariqa xatarlardin salomat manzilida sokindurlar.
Bas, ilmi zohir haqiqat yo‘lida pardadur degan so‘zni valoyat va mukoshafot darajasiga
yetgan kishidin anglasang, inkor qilmag‘il. Ammo ibohate toifasikim, shari’ sharifda harom
va makruh ishlarni o‘zlariga halol va muboh bilurlar va yengil tabiatlilar behosil
firqasikim, Makka va Madinani tavof qildim va mozorotlarni ziyorat aylab, piri murshidlar
xizmatida bo‘ldim deb, zamonada paydo bo‘libdurlar, hargiz bular haqiqat holidan xabar
topmabdurlar. Va lekin nojiz iboralarni so‘fiylar qavmidin yod olibdurlar, bu toifalarni qilur
ishlari shabu-ro‘z palid va nojoiz so‘zlari birla xalqni rom qilmoq, joma va fo‘ta va muraqqa’
(yamoqli, quroq) sajjodalarini orasta aylab, ilmni va ulamolarni mazammat qilurlar. Bas, bu
toifa shayotin xilqatidurlar. Xudo va rasulning dushmanidurlarkim, Xudo va rasul ilm
o‘rganmoqni hamma xaloyiqg‘a farmon qilibdurlar. Bas, bu mudbir, xasis va yengil tabiatli
nokaslar na kishi bo‘lg‘aylarkim, ilm va ulamolarga ta’na va malomat tariqatida
kattachilik (tiliuzunlik) qilg‘aylar. Bovujud ulki, Xudo azza va jalla va rasuli akram (s.a.v.)ning
hadisi shariflarida va oyati karimada necha martalab ulamolarni madh va sitoyish qilinibdur.
Bas, bu mudbir nokaslar na ilmi holdin lazzat olmay, na ilmi zohirdin nasiba topmay,
bu tariqa ta’na va malomatlari nechuk ravo bo‘lg‘ay? Bu toifa mudabbirlar ahvoli ul
ahmaqning holiga o‘xsharkim. eshitibdurkim, kimyogarlik oltin ja’m qilmoqdin afzal. Andin
oltun benihoyat hosil bo‘lur. Bu afzaldurkim, hamma zarning aslidur (deydilar).
Bovujud ulkim, o‘zi kimyogarlikdan tamom bexabardur. Kimyo zardin afzal deb lof
urmoq birla muflis va gurusnalikdin, ya’ni ochlik va harislikdin halok bo‘lurlar.
Bas, anbiyo va avliyolarning kashfu karomatlari kimyoga o‘xshashdur. Va ulamolar ilmi
oltinga o‘xshashdur. Sohibi kimyoning sohibi zardin fil-jumla afzalligi bor.
Va lekin bunda bir daqiqa bordurkim, masalan bir kishi yuz dinor oltun bo‘lguncha
kimyogarlikni bilsa, ming dinor oltuni bor kishidan afzal ermasdur. Kimyogarlik so‘zi
olamda bisyordur. Va lekin (ruhiy) kimyogarlikni biladigan kishi bu zamonda topilmas.
Ammo ul toifakim, kimyogarlik talabida lof urarlar, ularning kori oxiri qalloblikdur. Ba’zi
so‘fiylarning holi ham bunga o‘xshashdur. Kishikim. riyozat tortib, suluk yo‘lig‘a kirgan birla
kamol daraja topmog‘i nihoyati mushkul va nodirdur.
Agar haqiqat yo‘lidin andak daraja topqon birla ulamolardin afzal bo‘lolmas. Va so‘fiylar holi
aksar bu tariqa bo‘lurkim, ibtidoi holda andak natija hosil ko‘rar. Xilofi shar’iyni sababidin ul
martabadan tushar. Va ba’ziga xayol va savdoyi g‘olib bo‘lur. Andin hech natija hosil bo‘lmas.
Gumon qilurkim, ma’rifat darajasini hosil qilmishlar. Bu nav’i gumonlari botildur.
Balki ulamolardin ul kishi afzaldurkim, ilmi haqiqatda ancha komil bo‘lg‘aykim,
dini islomga taalluqi bor. Ilmni kishidin o‘rganmoqqa hojati bo‘lmay, o‘z zotidin ilmi
ladunniy birla bilish, bu martabaga yetish nihoyati dushvordur. Bas, bilgilki, anbiyo
va avliyolarni kashf va darajalariga tasdiq qilg‘il. Bu toifa mudbirlar holidin ogoh
bo‘lmoq birla avliyoyi zul ehtiromlarga e’tiqodingni botil qilmag‘il. Ul kishikim, ilmga va
ulamolarga ta’na va malomat tilini buribdur, albatta dunyo va oxiratdin benasiblik
nishonasidur.
Dostları ilə paylaş: