www.ziyouz.com кутубхонаси
28
bizlarni qayta foniy dunyog‘a yuborg‘il, toki bizlar yaxshi amallarni qilg‘aymiz».
Dilning ravzanasi malakut olami sorig‘a ochiq erkaniga ikkinchi dalil ulki, ba’zi
insonlarda ajoyib, kamyob farosat va ajib maslahatlar ilhom tariqasi birla ko‘ngliga
kelgay. Bas, bu nav’ ilhom - his, sezgi yo‘li Girla ermas. Balki olami g‘aybdin ravzanai
dilga yetgan shu’ladur. Ya’ni, ruhi ilohiydur.
Bas, bu dalil birla bilgilki, dil bu olamdin ermas. Balki olami malakutdindur. Va
his, sezgilarkim, bu olam ilmini kasb qilmoq uchun yaratibdur, nochor dilga olami
malakutiy yo‘lini ko‘rmoqqa parda va hijob bo‘lur. To havosdin forig‘ bo‘lmag‘uncha
malakut olamiga yo‘l topilmas.
FASL Dilning olami malakutiyga ochilgan ravzanasi bayonida Gumon qilmag‘ilki, dil oynasi to uyqulamaguncha va yo vafot etmaguncha
ochilmas (deb). Mundog‘ ermasdur. Balki bedorlikda ham kishi o‘ziga riyozatni
lozim tutsa va dilni g‘azab va shahvatdan, yomon hulqlardan xalos aylab, va xilvat
ixtiyor qilib, zohiriy olamdan nazarni yig‘ib, havos yo‘lini to‘sib qo‘ysa, dilga olami
malakutiy manzaralari ochilib, mudom Alloh taologa zikrini ko‘ngli va tili birla aytib va
ko‘p so‘zlamay, nafaqat o‘zidan, balki hamma olamdan uzulib, faqat Har oyina
ayturlar javobidakim, xalq qilg‘uchi Allohdur. Va burhon (dalil) birla ham ma’lumdurki,
bu xosiyat va xislatlar payg‘ambarlarga(gina) xos emasdur, chunki anbiyo alayhimus
salom ham odamdurkim:
Kul innamo ana basharun mislukum yuvha ilayya. Oyatning tafsiri: Aytgil, ey Muhammad! (s.a.v.) Men ham sizlarga o‘xshash odamdurmen, ammo faqat menga vahiy yuborilibdur. (Kahf, 110). Va lekin ul kishikim, anga ravzanai dili ochilib, jumlai xalqni islohg‘a va xalqni
iymong‘a da’vat qilmoqg‘a farmon bo‘lsa, ul kishini payg‘ambar derlar. Va aning xalqg‘a
ta’lim bergan yo‘lini shariat va aningdin sodir bo‘lgan xoriqi odatni mu’jiza atarlar.
Va ul kishikim, agar ravzanai dili ochilib, xalqni iymonga da’vat qilmoqg‘a farmon
bo‘lmasa, ul kishini valiy derlar. Aningdin voqe’ bo‘lg‘an odatdan tashqari amallarg‘a
karomat derlar.
Har kishiki, ravzanai dili kushoda bo‘lmog‘i birla vojib emasdurkim, iymonga da’vat
qilg‘ay. Iymonga da’vat qilmoq uchun nubuvvat shartdurkim, valiyda bu shart mavjud
ermas. Zeroki hazrati payg‘ambar (s.a.v.) dan keyin payg‘ambar kelmas. Bas,
bo‘lg‘aykim, avliyolar karomatiga tasdiqingni durust qilg‘aysen. Bas, valoyatning avvalgi
sharti riyozatdur. Bu ishda ixtiyorga ham yo‘l bordur. Har kishi tariq, ya’ni don sochg‘oni
birla o‘rolmas, va o‘rg‘on birla maqsad husulini (hosillarini) qo‘lg‘a ololmas.
Va lekin har ishkim, azizroq va sharifroqdur, ani topmoqning shartlari dushvor va
mushkulroqdur. Bas, martabai valoyat odam ahvolining kamoli sharofatidur. Bu martabani
talab qilmoq riyozatsiz va piri komilsiz qo‘lg‘a kelmas.
Vaqtiki, bu ikki shart mavjud bo‘lsa, to tavfiqi Boriy bermaguncha va Haq
subhonahu va taolo azalda bu saodatni ul kishiga hukm qilmag‘an bo‘lsa, murodiga
yetmas. Balki ilmi zohirda peshvolig‘ darajasini topmoq va bundan o‘zga af’oli
ixtiyoriylarining hammasi azal hukmiga muvofiq, ya’ni Alloh amriga bog‘liqdur.