Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
40
va osmonda yer va sitoralarni (yulduzlarni) sayr qilmog‘i va rizqlar xazinasining
ochqusini havola qilmog‘i nechukdur?
Bu bobda bular
haqiqatini bayon qilgumdurkim, Haq taoloning ma’rifatini hosil qilmokda
ulug‘ xosiyatlar bordur. Muni af’oli ma’rifat derlar. Chunonchi, avvalgi bobni ma’rifat zoti va
ma’rifat sifati atalur erdi. Bas, ma’rifati af’olning kalidi ham odam o‘zligini tanimog‘idur.
Vaqtiki, o‘zingni badan mamlakatiga podshohlik va tasarrufingni bilmasang, Haq
taoloning podshohlik va tasarrufini nechuk bilursan? Avval o‘zingni tanigil va o‘z
sifatlaringni bilg‘il. Masalan, «Bismilloh»ni bitmakni xohish qilsang, avval inson rag‘bati va
irodasinda paydo bo‘lur. Va murod bu dildin zohiriy dildurkim, go‘shporai ul sanavbariy
(yurak) ko‘Qoakning chap tarafidadur. Bas, bu dildan ruh dimog‘iga harakat qilur.
Hamma quvvat, his-harakatlar muning birladur. Va bu ruhga o‘lim yo‘l topar, hayvondagi
ruh ushbudir. Odam va hayvon o‘lmagi birla bu ruh ham o‘lar. Bu ruhni hayvoniy ruh
atarlar.
Va
yana bir ruhkim, bizlar anga dil deb qo‘ydik, hayvonotda ul ruh yo‘qtur. O’lim anga
hargiz yo‘l topmas. Va bu ruh xudoi azza va jalla ma’rifatining o‘rnidir. Vaqtiki, ruhi
hayvoniy dimog‘iga yetsa, «Bismilloh» surati dimog‘ni xazinasida quvvat va xayolning
makonida paydo bo‘lur. Va dimog‘din ta’sir ul paylarga yetarkim, ul paylar - (asab
tomirlari) odamiyning hamma a’zosida rishtaga o‘xshab tarqab, barmoqlar uchiga
tutashgan. Bu paylarni oriq kishining bilagida ko‘rgali bo‘lur. Bas, bu
paylar jumbushga
kelib, barmoqlar uchini jumbushga keltirur. Bas, «Bismilloh» suvrati xazinai xayoldagi suratga
muvofiq qog‘ozda paydo bo‘lur. Bu suvratning qog‘ozda paydo bo‘lmog‘i hissiyotning
yordami birladur. Xususan, ko‘z birladurkim, to ko‘z nigoron bo‘lmaguncha harf
yozilmas.
Bas, bandaning qilur ishining avvalgi rag‘bati
va xohishi shudurkim, avval ko‘ngilda
paydo bo‘lur. Munga o‘xshash, hazrati Haq subhonahu va taoloning sifatlaridin birini iroda
atarlar. Hamma ishlarning avvali Xudoning irodasi bilandur. Chunonchi, bandaning xohish
va irodasining asari avval dilda paydo bo‘lur. Andin keyin dilning vositasi birla o‘zga a’zo
va quvvatlarga yetar.
Haq taolo irodasining asari avval Arshda paydo bo‘lur. Andin o‘zga joylarga yetar.
Chunonchi, badanning vujudida jismi latifdurkim, ruhi hayvoniy ot qo‘ydiq, dilning
tomirlaridin bu asarni dimog‘iga yetkurur. Munga o‘xshash Haq taolo irodasining asarini
Arshdin Kursiga yetkuradurg‘on javhari latiflar bordurkim, ani farishta atarlar. Va ruhlar
ham derlar. Va ruhul quddus ham atarlar. Chunonchi, bandaning
irodasi asari dildin
dimog‘ga yetarkim, dimog‘ dilning xazinadoridur. Munga o‘xshash, Haq subhonahu va
taoloning iroda sifatining
asari Arshdin Kursiga yetarkim, Kursi quyida, Arshning
ostidadur. Chunonchi, badanning qilur fe’lining suvrati dimog‘ xazinasining avvalgi
tabaqasida paydo bo‘lur. Andin keyin xorijda suvratg‘a kelur. Munga o‘xshash ham
nimarsaki olamda mavjud bo‘lib, andin keyin ul nimarsa olam ichida mavjud bo‘lur.
Chunonchi, dimog‘dagi quvvati latif paylarni junbushg‘a keltirur. Munga o‘xshash, Haq
taoloning Arshu Kursiga muakkal farishtalari bordurkim, osmok va sitoralarni
(yulduzlarni) junbushga keltirur. Va dimog‘dagi quvvatni, pay
va tomirlar vositasi birla
barmoqlarni harakatga keltirgandek, farishta muakkal kavokib (yulduzlar) vositasi
va soat robitasi (aloqa) birla olami sifliy chahor tab’ anosirni (to‘rt unsur - suv, tuproq,
o‘t, havo) harakatga keltirur. Ya’ni harorat, rutubat (ho‘llik) va yubusat (quruqlik) va
burudat (sovuqlik)dur.
Chunonchi, qalam siyohni parokanda qilur va jam’ qilur, toki «Bismilloh» suvrati
qog‘ozda naqsh bog‘lagay. Munga o‘xshash farishtai
muakkallar harorat va burudat,
anosiri arba’ani (to‘rt unsurni) harakatga keltirur. Qog‘oz siyoxni qabul qilg‘onga
o‘xshash, ansori arba’aning rutubati shaklni qabul qilgusidur. Yubusat, ya’ni qurug‘luq ul