Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
48
kishilar bu martabaga yetibdurlar. Va hazrati rasuli akram sallollohu alayhi vasallam 
aytibdurlar: Kishikim, anda g‘azab va shahvat bo‘lmasa, er ham, xotun ham ermasdur. Va 
yana aytibdurlar: 
Ana basharun ag‘zabu kamo yag‘zabul basharu. Ya’ni, men ham odamman, barcha odamlar 
kabi g‘azablanaman. 
Va Haq taolo xabar beribdur: 
Val-kozimiyna-l-g‘ayza a’fiyna ani-n-nos. 
Ya’ni, Haq taolo achchig‘ni yutguchi va xalqning gunohini avf qilguchilarni xush ko‘radi. 
(Oli Imron, 134). 
Beshinchi vajh: Ba’zilar Haq taoloning sifatlarini bilmaslar. Ayturlarki: Xudoyi 
taolo karim va rahimdur. Har tariqda bizlarga rahm qilguchidur. Va bilmaslarkim, Haq 
taolo bu olamda bisyor karimdur va shadidul iqobdur. Ya’ni qattig‘ azob qilguchidur. 
Va bilmaslarki, Haq taolo ko‘p bisyor xalqni balo, bemorlik va gurusnalik birla 
tutar. Bilmasmukim, to dehqonchilik va tijorat qilmaguncha mol va dunyo 
topmaslar. Va riyozat birla sa’y-harakat qilmaguncha ilm o‘rganmaslar. Hargiz dunyo 
talabida taqsir qilmaslar va «Xudoi taolo karim va rahimdur, betijorat va beziroat rizq 
ro‘z berguchidur» demaslar. 
Har bandaning rizqi o‘z mehnatiga, sa’y-harakatiga bog‘liq. 
Va mo min dobbatin fil-arzi illo alallohi rizquho. 
Yerda o‘rmalovchi bir narsa (jonzot) yo‘qki, uning rizqi Alloh zimmasida bo‘lmasa. 
(Hud, 6). 
Ro‘yi zaminda Alloh taolodan o‘zga rizq berguchi yo‘qdur. 
«Qur’on»da kelibdurki: 
Va an laysa lil-insoni illo mo sa’a. 
Ya’ni, inson o‘zi qilgan amaldan boshqa hech narsa topolmaydi. (Najm, 39). 
Vaqtiki Haq taoloning karamiga imonlari bo‘lsa, bu olamda nima uchun ziyoda rizq, 
dunyo talab qilurlar? Bas, bu aqidalari shaytonning ta’limidur. 
Oltinchi vajh: ba’zilar o‘zlarining qilgan amallariga mag‘rurdirlar. Ayturlar: 
martabaga yetibdurmizkim, bizlarga ma’siyat va ziyon kor qilmas. Amal va din 
mazhabimiz ikki tog‘ misllikdurkim, bu amallarimiz ma’siyat birla bulg‘angan 
emas. Bas, bu ahmoqlar aksari bu holda bo‘lurkim, agar bir kishi bularning kibr va 
o‘jarligiga zarba bersa, hamma umrida ul kishiga adovat saqlarlar. Va agar tama’ 
qilg‘on bir luqmalarni ular man’ qilsa, ularga jahon tang va tor (qorong‘u) bo‘lur. Va bu 
ablahlar hanuz mardlik kamarin bellariga bog‘lamabdurlar. (Aslida ular kibr havodan 
qutilgani uchun do‘stlariga rahmat aytishlari ravodur). 
Hech bir daraja payg‘ambarlar darajalaridan o‘tmas. Bas, anbiyo alayhimus 
salomlar andak xato va ma’siyatning sababidan zor-zor yig‘lab, uzrg‘a mashg‘ul 
bo‘libdurlar. Va sahrbai rizvonallohi-taolo alayhim ajma’iyn gunohi sag‘ira va kabirdan 
ehtiyot bo‘libdurlar. Bas, bu ahmoklar qaysi dalil birla bilurkim, darajalari payg‘ambar 
alayhissalomning darajalaridan ziyoda bo‘lg‘ay? 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin