Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
44
chokar piyodadurkim, o‘z vatanlaridin safar qilmaslar. Va to‘rt tab’ekim, chunonchi:
harorat
va burudat - sovuqlik va rutubat - xo‘llik va yubusat likdur.
To‘rt kamanddurkim, anosiri arba’a qo‘lidadur. Masalan, vaqtiki kimarsaning holi tag‘yir
topib, dunyodin yuz o‘girib, g‘am va anduh g‘olib, dunyo ne’mati ko‘ngliga noxush kelib, oxirat
g‘ami anga g‘olib kelsa, tabib ayturkim, bu kasallikni molihuliyo (melanxoliya, xafaqonlik)
atarlar. Muning iloji aftimun sharbatidur. (Qizil rangdagi giyoh bo‘lib, mazasi taxir achchiq
bo‘lur. Uning sharbati asab va ruhiy kasalliklarga davo bo‘ladi. - M. M. A. U.)
Va tib tabibi
ayturkim, bu illat qish xavosining quruq tabiatidin bo‘lg‘ay.To bahor bo‘lib,rutubat
anga g‘olib bo‘lmaguncha mijozi salohg‘a kelmas.Va munajjim ayturkim, bu illat
savdoning g‘olibligidin va savdo Atoruddin paydo bo‘lur. Vaqtiki, Atorud o‘z yo‘lida
Mirrixg‘a yaqin bo‘lsa, yaxshi emaski, bu illat paydo bo‘lur. Vaqtikim, Atorud ikki daraja
sa’dlik martabasiga yetmaguncha bu hol o‘nglanmas. ;
Bas, bu toifaning hammasi rost ayturlar va lekin o‘z bilganlarini ayturlar. Va ammo ul
toifakim, hazrati Haq taolo dargohida saodatli
hukm qilibdurlar, bas, ikki naqib dono
karvonkim, ani Atorud va Mirrix atarlar. Ul kimarsa vaqtiga yetib, piyoda dargohidin havo
piyodasiga yetkururlaryush, xushk - quruqlik kamandini dimog‘i
boshiga tashlab, dunyo
lazzatlaridin yuz o‘girib g‘am-anduh tozyonasi (qamchi) birla so‘qib (urib) irodat, talab
jilovi birla yetaklab, hazrati Ilohiyat dargohiga haydarlar. Bas, bu ilmi tib va ilmi tabiat va
ilmi nujumdan ermasdur. Bas, bu ilmi nubuvvat bahri rashhalaridin (tomchilar)durki,
hamma atrof mamlakat va hamma ummol (xizmatchilar) naqib va chokarlar Allohga
tobe’durlar. Bas, donolar bilurkim, Tangri taolo insonni nima uchun yaratibdur va
xalqni na yerga chorlar va qaysi ishdin man’ qilur? Bas, munajjim, tabib va tabi’yun
toifasi har so‘zkim, ayturlar, rost ayturlar va lekin hazrati
podshoi asror va aning
sipohsolorlari ahvolidin xabar topmabdurlar.
Haq taolo bu tariqa balo va bemorlik va savdoi mehnat birla xalqni o‘z dargohiga chorlar.
Va ayturkim, ul og‘riq ermasdur, balki, lutf, marhamatim kamandidurki, avliyolarimni ul
kamand birla o‘z dargohimg‘a tortarman.
Innal baloa muakkalun bil -
anbiyoi summal amsolu fal amsolu.
Haqiqatan balo muakkaldur payg‘ambarlarga, andin keyin ularga o‘xshashlarga.
(Ya’ni, azizlarga keluvchi balo, ofatlarni Haq dargohiga chaqiruvchi vakillardur).
Bas, bularga bemorlik
nazari birla qaramagilki, bular ul toifalardindurkim:
Mariztu fa-lam ta’udni, yo Muso! - nidosi bular haqida nozildur. Ya’ni kasal bo‘ldim,
bas, iyodat qilmading, ey Muso! (Bu yerda: «Kasalni borib ko‘rganingda meni ko‘rgan
bo‘larding» ma’nosida - qudsiy hadis).
Bas, avvalgi misol odamning o‘z badaniga podshohlig‘i misolidur. Ikkinchi
misol: Odamning o‘z badanidin o‘zga mamlakatda podshohlig‘i misolidur. Ushbu
vajhdin bularni bilmak ham hazrati Haq taoloni tanimoq jumlasidandur. Bu
sababdin ruh ma’rifatining unvonini avvaldin qilduk.
Dostları ilə paylaş: