Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
46
qilmoq birla do‘stluq ziyoda bo‘lur. Ushbu ma’nodin xabar beribdurlarki:
Avhallohu ila Dovuda ana yadukal -
lozimu falzam yadaka.
Ya’ni, vahiy yubordi Alloh
taolo Dovud alayhissalomgakim, Sening chora-
rasing (dardinga chora qiluvchi) va panohing mendurmen va hamma koring
mening birladur. Bir soat mening zikrimdan g‘ofil bo‘lmag‘il.
Bas, zikr ko‘ngilda ul vaqt g‘olib bo‘lurkim, banda toat va ibodatni vazifa bilib,
mudovamat qilsa va ibodatning lazzati va farog‘ati ul vaqtda hosil bo‘lurkim,
aloyiq (aloqalar, bordi-keldilar) va mol dunyo lazzatidan va dunyo shahvatidan
uzilsa, ul vaqtda bu dunyodan ajralgan bo‘lurkim, gunoh va ma’siyatdin qo‘l yig‘sa.
Bas, ma’siyatdin qo‘l yig‘moqlig‘ firoqi dil hosil qilmoq (ko‘ngilni uzmoq)ning
sababidur. Toat va ibodat bajo keltirmoqlik Haq taoloning zikrini g‘olib qilur. Bu
ikkisi Haqtaoloning muhabbatiga sababdurkim, odamiy saodatining mevasi ushbudur.
Bu ma’nodan falox (najot, yaxshi hol, xayriyat) birla ta’bir qilibdurlar. Ya’ni najot va
xaloslik Haq taoloning muhabbatidadur.
Chunonchi, Haq taolo farmon qilibdurkim:
Qad aflaha man tazakka va zakarasma rabbihi fa-salla.
Ya’ni, «Darhaqiqat,(kufru isyondan) pok bo‘lgan va Parvardigorning nomini yod
etib,ibodat qilganlar najot totusidir.» (A’lo, 14-15).
Bas, hamma a’mol Haq taologa ibodatdan afzal emas. Va bu dunyoning hamma
lazzatidin qo‘l yig‘moq ravo ermas. Chunki, agar kishi taom yemasa halok bo‘lur. Agar
mubosharat (er-xotinlik muomalasi) qilmasa, nasli uzulur. Bas, ba’zi lazzatdan qo‘l
yig‘moq va ba’zisini qabul qilmoq lozimdur. Bas, nafsni had e’tidolida (o‘rta darajada)
tutmoq kerakkim, ikki holdin xoli bo‘lmas. Va odamiy o‘z aklu his-tuyg‘usi, g‘ayrati birla
amal qilur. Va yo bir kishidan o‘rganmak birla amal qilur. Charoki, ruhida havo va
havasning g‘olibligi davom etsa Haqni to‘sib qo‘yur. Har murodeki nafsning xohishidur,
nafs balosi nohaqni haq va rost suratida ko‘rsatur. Bas,
shunday ekan, ixtiyor jilovin havo
va havasning ilkiga bermag‘aysen. Balki yana bir kishiga topshirgaysenki, xaloyiqning
barguzidasi (tanlab olingan,mumtoz) anbiyo alayhissalomdur. Bas, Haq taoloning
hukmlariga bo‘ysunib, o‘ziga aziz tuptaykim, bandaning saodati va qulchiligi ma’nosi
ushbudir.
Va har kishi
shariat hadlaridan chiqib, o‘z ixtiyori birla amal qilsa, (ya’ni, o‘z
bilganini qilsa) xatari halokdur. Ushbu ma’nodan Haq taolo xabar beribdurkim:
Va man yataa’dda hududallohi fa-qad zallama nafsahu. (Taloq, 1).
Oyatning tafsiri: kishikim Haq taoloning amri farmonidin chiqibdur, aslida
o‘ziga zulm qilibdur.
Dostları ilə paylaş: