Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
42
mahrumlig‘ini o‘zi ham bilmag‘ay.
Va ul bechorai mahrum tabiiyunlar va munajjimlar olam ishlarini Quyosh va
yulduzlarga tobe’ deb bilurlar. Bularning misoli mo‘rchaga (mayda chumoli) o‘xsharki,
qog‘oz uzra yurur va ko‘rarkim, qog‘oz uzra siyoh naqshi paydo bo‘lur. Qalamni ko‘rub
shod bo‘lub, ayturkim, bu ish haqiqatini bildimki, bu ishni paydo qilg‘uvchi qalamdur.
Bu tabiiyun (moddaparast) misolidurki, muharrik (harakatlantiruvchi)
lardin quyi
martabadin ziyoda bilmas. Tabiiyun deb ul toifani ayturlarkim, olam ichra mavjud
bo‘lur ishlarni falakka va dahoga nisbat berurlar. Masalan, yer muzlashini o‘z faslining
tabiatidan bilurlar. Bas, boshqa chumoli kelur - avvalgidan cho‘ngrogi (kattarog‘i)
ayturkim, sen g‘alat (xato) qilding, bu ish haqiqatini men rosti birla bildimki, bu
naqshni paydo qiluvchi qalam ermas, balki naqqosh barmog‘idur, naqsh
barmoqqa tobe’dur, va musaxxardur. Bu munajjimning misolidur.
Ayturkim, toboye’ (tabiat) kavokibga (yulduzlarga) musaxxardur. Bu ham g‘alat qilur.
Bilmaskim, kavokib farishtalarga musaxxardur. Bas,
munajjim yulduzdan yuqori
darajalarga yo‘l topmabdur. Chunonchi: munajjim va tabiiyun orasida olami ajsom
(jismlar olami) mas’alasida ixtilof bordur.
Munga o‘xshash ul toifakim, olami arvohga (ruhlar olamiga) yo‘l topibdurlar, ular orasida ham
chandon ixtilof bordur. To‘laroq ilmni bilgan ulki, olam jismlaridin taraqqiy aylab, olami
arvohdin andek nasiba topsa (bo‘lgay). Va bu darajadin ziyodaga sa’y va g‘ayrat
qilmasa
(intilmasa) unday kishiga olami arvoh (ruhlar olami)ga yo‘l masduddir (to‘silgandir).
Bas, olami arvohiykim - olam anvoridur, anda ham bu nav’ mashaqqat va to‘siqlar
bisyordur. Ba’zi darajasi kavokibga o‘xshash va ba’zi darajasi qamarga (oyga) o‘xshash va ba’zisi
shamsga o‘xshashdur. Va bu taraqqiy ul kishining me’rojidurki, osmon va farishtalarni anga
ko‘rsatgan bo‘lg‘aylar. Chunonchi: Haq subhonahu va taolo Ibrohim Xalilulloh haqida xabar
beribdurki:
Va ka-zolika nuri Ibrohim malakuta as-samovoti za-l-arzi. (An’om, 75).
Ya’ni, Biz Ibrohim diliga nur berib, Yer va osmonlardagi malakut ajoyibotlarini
ko‘rsatdik.
Ushbu ma’nidin hazrati rasuli akram s.a.v. xabar beribdurlarkim:
«Chindan ham Haq taolo nurli, yetmish ming hijob ila yashirindurki, uning jamolini ko‘ngil
ko‘zi bilan kashf etsa bo‘lur».
Bu hadisning sharhini kitobi «Mishkotul anvor» («Nurlar ziyosi»), Sifotul asror» («Sirlar
sifatlari»)da bayon qildim. Bas, maqsud uldurki, tabiiyun bechora, olam ishini harorat
va burudatga (issiq va sovuqqa) havola qilibdur. Rost aytibdurkim, agar harorat va
burudat ilohiy sabablar jumlasidin bo‘lmasa, ilmi tib botil bo‘lur edi.
Va lekin ul vajhdin
xato qilurkim, nazari cheklangan quyi martaba bo‘lgan harorat va burudatni asl bilur.
Kim yana kimga musaxxarligini bilmas. Haroret va burudat (olami sifliy) eng quyi
o‘rindagi sabablar jumlasidandur.
Munajjimki, sitoralarni ilohiy sabablar jumlasidin sanabdur, rostdur, agar mundog‘ bo‘lmasa
kecha va kunduz barobar bo‘lur edi. Bas, Oftob sitoradurki, olam ravshanligi va issig‘ligi
aning birladur. Zimiston (qish) va tobiston (yoz) barobar bo‘lur erdikim, yozning issig‘ligi ul
jihatdindurki, oftob osmonning o‘rtasiga yaqin yurur. Xudovandi Karim osmonni issiq va
ravshan qilibdur, Zuhalni sovuq va quruq va Zuhrani issiq va ho‘l qilibdur, deb
aqida
qilmoqning musulmonchilikka hech zarari yo‘qtur.
Bas, munajjim ul sababdin xato qilurki, nujumni (yulduzlarni) asl bilib, olam ishlarini