Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
50
FASL
Dunyo haqiqatini tanimoq bayonida 
Bilg‘ilki, dunyo o‘tkinchi manzildir. Odamlar yo‘l yurguchilar bo‘lib, Alloh taolo 
dargohiga safar qilguchilarga bozordur bodiya (dasht, sahro) uzra orasta qilg‘on. 
Tokim musofirlar ul bozordin zodi rohlarini - yo‘l oziqlarini olg‘aylar. Dunyo va oxirat ikki 
holatdan iboratdur. 
Avvalikim, o‘lmagidin ilgaridur, ani dunyo atarlar. Va ulkim o‘lgandin keyindur, ani oxirat 
derlar.
Va bu dunyodan maqsud oxirat zodin tayyor qilmokdurki, (Alloh) odamni ibtidoi yaratishda 
sodda va noqis yaratibdur. Va lekin vaqtiki kamolot hosil qilsa, Hazrati Haq jalla va a’lo 
dargohiga shoyista (munosib) bo‘lg‘usidur. Toki jamoli ilohiy nazzorachilaridin bo‘lg‘usidur. 
Odamiyning oliy saodati ushbudir. 
Bas, odamni bu vajhdin xalq qilibdur. Odam botiniy ko‘zi ochilmaguncha, to ma’rifat 
hosil qilmaguncha Haq jamolini ko‘rolmas. Haq taolo jamolini mushohada qilolmas. Bas, 
ma’rifati ilohiyning kalidi Haq taoloning ajoyib yaratish va g‘aroyib qudratlarini mushohada 
qilmokdur. Alloh taoloning yaratish tartibining avvali besh hissiyotdir. Va badan sezgisi 
insonda mavjuddurki, suv va tuproqdan iboratdur. Bas, ushbu sababdan odam suv va 
tuproq olamiga tushibdur. Toki bu olamdan zodi roh tayyor qilib, o‘zligini tanimoq birla, 
hissiyot va aql birla tangri taolo san’atini tanib, Haq taolo ma’rifatini hosil qilg‘ay. 
Toki hislar odam badanida hamroh va yordur, tirik bo‘lg‘ondur. Vaqtiki hislar 
birla vido’ qilsa, oxiratg‘a borg‘onidur. Bas, odamning dunyoda bo‘lmog‘ining sababi 
ushbudurkim, bayon qilindi. Odamning dunyoda bo‘lmog‘ining ikki nimarsaga hojati 
bordur. Biri ulki, dilni halokatdan saqlag‘ay. Va aning ozig‘i - g‘izosini qilg‘ay. Va 
dilning g‘izosi Haq taoloning ma’rifati va muhabbatidur. Charoki, har nimarsaning 
g‘izosi o‘z tab’iga yarashadurkim, dil ma’rifatni taqozo qilur. Chunonchi, yuqorida 
bayon qilindi. Va dilning halok bo‘lmog‘ining sababi uldurkim, Haq taolodan o‘zga 
nimarsalarga ko‘ngil bergay. 
Va badanni asramoq dil uchundirkim, badan foniydur. Va dil boqiydur. Bas, badan dil 
uchun hrjilarning tuyasiga o‘xshashdurki, xojilar haj yo‘lida safar zaruriyatidan tuyalarga suv 
va yem-ozuqa berib, nigaqbonlik qilurlar. Vaqtiki, Ka’baga yetsalar bu ranj va mehnatdin xalos 
bo‘lurlar. Va lekin tuyalarga baqadri hojat boqg‘aylar. 
Agar yo‘lovchilar hamma vaqt- tuyalarga yem bermoq va oroyish qilmoqg‘a mashg‘ul 
bo‘lsalar, karvondan ayrilib halok bo‘lurlar. 
Munga o‘xshash, odamlar ham faqat badanini parvarish va oroyishga mashg‘ul 
bo‘lsalar, nafs quvvat topib, halokatga sabab bo‘lib, saodati uhraviydan mahrum 
qolg‘usidur. Va badanning bu dunyoda uch nimadin ziyodaga hojati yo‘kdur. Yemak va 
kiymak va makon. Munchalik g‘izo (ozuqa) kifoya qilurkim, toat va ibodat qilmoqg‘a 
quvvat hosil qilg‘ay. Va libos ham shunga yarasha. Va maskan ham issig‘ va sovuqg‘a 
panoh bo‘lguncha basdir. 
Bas, odamiyga dunyodan mundin ziyodasi zarur ermasdur. Balki dunyoning ham 
asli ushbudir. Va dilning g‘izosi haq taoloning ma’rifatidur. Ammo bilg‘ilki, Haq taolo 
odam badanida shahvatni xalq qilibdurkim, aning xohishi hamisha mazali taom 
yemoq va chiroyli libos kiymoq va uy-ro‘zg‘or tutmoqni taqozo qilur, To badankim, 
ruhning ulovidur, halok bo‘lmaguncha, bu shahvatni o‘z haddida tutg‘ay. 
Haq taolo shariatni payg‘ambarlarning so‘zlari bilan yubordi. Toki, xududi shar’iyni 
ehtiyot qilg‘ay. Va lekin shahvatni odam badanida go‘daklik vaqtidan yaratibdur. Bas, 
shahvat odam badanida ilari makon tutgan sababdin aqlga va shariatga o‘jarlik qilur. 
Va odamiy bu sababdin hamma himmatini taom va kiyim va maskan talabida sarf 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin