Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
53
jon berur vaqtida alarning ranji benihoya bo‘lg‘usidur. Va dunyo firoqining ranji o‘lmak 
birla zoyil bo‘lmas, balki ziyoda bo‘lurkim, do‘stlik dilning‘ sifatidur. 
Dilga o‘lum yo‘l topolmas. Yana bir misol buldirki, dunyo orttirish odamlarga yengil 
va muxtasar ko‘rinur. Va odamlar bilmaslar, bu ishdin ming ish paydo bo‘lur. Tamomi 
umri anga sarf bo‘lg‘usidur. 
Va Iso alayhissalom aytibdurlar: «Dunyo izlaguvchilarning holi sho‘r daryo 
suvidan ichguchi holiga o‘xsharkim, harchand ichsa tashnaligi tobora ziyoda bo‘lur. 
To o‘lmaguncha tashnaligi bosilmas». 
Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: suvga kirgan ho‘l bo‘lmay chorasi yo‘qtur. 
Dunyoga bulg‘ongan kishi iflos bo‘lmay iloji yo‘qtur. Ifloslangan kishi kasal bo‘lmay iloji 
yo‘ktur. Yana bir misol. Odamzod bu dunyoga kelibdur, ul kishiga o‘xsharki, mezbonga 
mehmon bo‘libdurki, ul mezbon odati bo‘lg‘ayki mehmon uchun saroyini orasta qilg‘ay. 
Oltin tabaklarda noz-ne’mat hozir qilib, kumush tabaqlarda ud va anbar kuydirib, 
guruh, mehmonlarni chorlab, bir-bir kuzatgay. Ul kishi oqildurki, bu mehmonlik 
odobini bilur. Bu taomlardin baqadr hojat tanovul aylab, bu xushbo‘ylardin o‘zini 
muatgar qilib o‘z makoniga qaytar. Ul nodon va ablah kishilar gumon qilurlarkim, 
bu tabaqlarni ham ketar vaqtlarda sevib Oltaylar. 
Bas, dunyo ham munga o‘xshash karvonsaroydurkim, musofirlar uchun tayyor 
qilibdurlar, tokim yo‘l ozig‘i Oltaylar. Va saroydagi ashyolarni tama’ qilmag‘aylar. 
Yana bir misol. Dunyo ahlining dunyoga mashg‘ul bo‘lib, oxiratni esdan 
chiqarishlari ul qavmga o‘xsharki, kema ichra daryo safarida jaziraga(orOlta) 
yetgaylar, qazoyi hojat qilmoq va tahorat olmoq uchun kemadan chiqqaylar va kemachi 
munodiy qilg‘ayki, orolda hech kishi uzoq qolmasin, kemaga kechikmasin. Va tahorat 
olmokdin bo‘lak ishga ovora bo‘lmag‘aykim, kema tez vaqtda ketg‘usidur. Bas, bir 
guruh ul orolda parokanda bo‘lg‘ay. 
Guruhkim, tezlik birla tahorat olib, kemaga kirib,xush havo va loyiq makonda 
o‘turg‘aylar. Va guruhekim, ul orolning ajoyib va g‘aroyiblarini, rango-rang qushlar ovozi 
va la’li, marjon va bisotu naqshlarini tamosho qilib, kechikib, kemada joy topolmay, 
xursand bo‘lmasdan, tor va qorong‘u yerda o‘tirg‘usidur. Yana bir guruhi nazzoraga 
qanoat qilmay, ul oltinlardin ko‘plab olib, kemada o‘turg‘ali joy topolmaslar. 
Kemada ul oltinlarning rangi o‘zgarib, ne’matlari badbo‘y paydo qilur. Bas, 
pushaymon bo‘lur, aning ranj va azobini tortarlar. Yana bir guruhi ul orolning 
ajoyiblarini tamosho qilmoq birla kemadan yiroq qolurlar va kema yurib ketar. Ul orolda 
ba’zisi tashnalik va ochlikdan halok bo‘lur va ba’zisini yirtqich hayvonlar va darrandalar 
halok qilur. Bas, avvalgi guruh mo‘‘min parhezkorlar misolidur. Oxirgi guruh kofirlar 
misolidurkim, o‘zlarini va xudoyi azza va jallani va oxiratni unutib, harakatu 
himmatlarini dunyo-boylik jam qilmoqg‘a qo‘yibdurlar. Va dillarini bu dunyo 
muhabbatiga bog‘labdurlar. 
Istahabbu hayata-d-dunya alla-oxirati. (Nahl, 107). 
Ya’ni: dunyoning muqabbatini, oxiratdagi abadiy hayotdan ziyoda ko‘rubdurlar. 
Oradagi ikki guruh mo‘‘min va osiylar misolidurkim, asli iymonini salomat 
saqlabdurlar. Va lekin dunyodan qo‘l yig‘mabdurlar. Ba’zilar ne’mati farovon birla 
xushhol, xurram, baxtiyor va ba’zilar darvish va tangdastligidin xor bo‘lib 
yasharlar. 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin