Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
56
o‘xsharkim, chirog‘ni qorong‘u uyda qo‘ysalar, uyning qorng‘uligini ravshan qilur. Munga 
o‘xshash, hazrati Haq subhonahu va taoloning qudratidin ruhi hayvoniy badanda bo‘lmoq 
birla ko‘rish va eshitmok^lik va hamma hislar hosil bo‘lg‘usidur. Agar ba’zi tomirga to‘siq 
bog‘lab, ruhi hayvoniy qon aylanishiga mone’ bo‘lsa, ul uzvi his-harakatdin qolib
mafluj (falajlangan, shol) bo‘lur. Bas, ruhi hayvoniy chirog‘ning o‘tiga o‘xshashdur va dil 
fatilaga (pilikka) o‘xshashdur. Chunonchi, chirog‘da yog‘ bo‘lmasa chirog‘ o‘char. Munga 
o‘xshash, vaqtiki odam taom yemakni tark qilsa, ruhi hayvoniyning mijozi aynib, botil 
bo‘lib, odam vafot etgusidur. 
Chunonchi, chirog‘ning fatilasi me’yordan ziyoda yog‘ quyilsa o‘char. Chunonchi, 
chirog‘ga tosh va tayoq tiqilsa chirog‘ o‘char. Yog‘ va pilik o‘z joyida bo‘lsa yonar. Munga 
o‘xshash, odam va hayvong‘a qattig‘ zaxm yetsa, aning sababidin o‘lar. Agarchandiki 
ruhi hayvoniy mijozi mo‘‘tadil bo‘lsa ham. 
Hayvoniy ruh quvvat va his-harakatini Haq subhonahu va taolo izn-dasturi birla osmon 
farishtalari nurlaridan qabul qilur. Vaqtiki hayvoniy ruh mijozi harorat g‘olibligi va yo burudat 
(sovuqlik) kasrati (ko‘pligi) va yo o‘zga sabablardin buzilsa, farishtalar nurlarini qabul 
qilmoqg‘a shoyistaligi qolmas. Chunonchi, oyna ravshan bo‘lsa hamma suratlarni ko‘rsatur. 
Vaqtiki, zang o‘lturib, tiyra (qorong‘u) bo‘lsa, hech suratini ko‘rsatmas. 
Va lekin ruhi insoniy farishtalarning nurlarini qabul qilmog‘i uchun mu’tadil bo‘lmog‘i 
shartdur. Vaqtiki, ruhi insoniy mijozi ayniqsa farishtalarning nurlarini qabul qilmasa, 
hayvoniy ruhi qolur. Bas, odam va hayvonotning o‘lgani ushbudur. Va ruhi xayvoniy 
mijozini e’tidolidin chiqarib, botil bo‘ladurg‘on sabablarni jam’ qilguchi Haq taolo maxluqotidin 
bir mavjudotki, ani Malakul mavt atarlarkim, xaloyiq aningdin bilurlar. Ruh haqiqatini 
tanimaslarkim, bas, jonzod o‘lganining ma’nosi ushbudir. Ammo odamning o‘lmagi unda 
ruhi hayvoniy borligi sabablidur. 
Va yana bir ruh bordurkim, ani ruhi insoniy atarmiz. Va anga dil deb ot qo‘yduk. O’tkan 
fasllarning ba’zida bayon qilindi. Ammo dil hayvoniy ruhjinsidin emasdur. Bas, ruhi insoniy 
jism emas, chunki u hajm, shakl, rangga muhtoj emasdir.
Haq taoloning ma’rifati ruhi insoniyda qaror topgusidur.
Chunonchi, Haq taolo yagonadurkim, hajmga, shakl va rangga muhtojligi yo‘q. Va 
yagonaning ma’rifati yagonadurki, uni o‘zidan boshqalar mukammal bilmas. Bas, Haq 
taoloning ma’rifati mangu barqaror bo‘lur. 
Bas, pilik, otash, chirog‘ va nurchirog‘, bu uchini faraz qilg‘ilki, fatila - dilning misolidur. 
Chirog‘ otashi -hayvoniy ruhning misolidur. Va chirog‘ nuri - insoniy ruhning misolidur. 
Chunonchi, chirog‘ning nuri chirog‘ otashidan latifroqdurkim, anga ta’sir qilg‘ali bo‘lmas. 
Munga o‘xshash insoniy ruh ham, hayvoniy ruhdan latifroqdurkim, ani ushlab 
bo‘lmas. Bu misol insoniy ruhning latofatiga nazar solmoq birla rostdur. Va lekin 
yana bir vajh birla bu misol rost kelmasdurkim, chirog‘ning nuri chirog‘ga tobe’ va 
aning furu’idur (qismi). Vaqtiki asli xarob bo‘lsa, furu’ ham xarob bo‘lg‘usidur. 
Ammo insoniy ruh hayvoniy ruhga tobe’ emas. Balki muning misolini agar xohish 
qilsang, iymon nurini faraz qilg‘ilki, chirog‘ nuridan latifroq bo‘lg‘ay. Va chirog‘ning 
yollig‘i ul nur birla bo‘lg‘ay. Ul vaqt bu misol rost kelgusidur. 
Bas, hayvoniy ruh insoniy ruhning uloviga o‘xshar, vaqtiki hayvoniy ruhning 
mijozida botil bo‘lsa, qolip o‘lar. insoniy ruh o‘lmas. Va lekin ulovsiz va qurolsiz 
qolg‘usidur. Bas, ulovning o‘lmagi va qurolini taboh (xarob) bo‘lmagi suvoriyni 
ma’dum (yo‘q) qilmas (ya’ni,vujud o‘lsa ruh o‘lmas.) 
Bas, hayvoniy ruhni insoniy ruhga asbob va ulov qilmoq ul vajhdandurki, Haq 
subhonahu va taoloning ma’rifatini sayd qilg‘ay. Agar ma’rifat saydini, o‘ljasini 
qo‘lg‘a kiritsa, asbob va ulovning halok bo‘lmog‘i insoniy ruh uchun xayriyat 
(yaxshilik)durkim, qafasdan xalos bo‘lur. Bu ma’noda hazrati rasuli akram s.a.v. 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin