Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
59
qichqirib aytur erdilar: Ey faloniy! Ul va’dakim, Xudoi taolo dushmanlariga kahr na g‘azab 
qilmoqg‘a bizlarga berib edi, hammasini rost topduk. Xudoi azza va jalla ul va’dalarini 
tahqiqiga yetkurdi va sizlarga ham o‘lgandan keyin azob va uqubat qilmoqg‘a bergan 
va’dalarini Haq va rost ko‘rdunglarmu? 
Sahobalar ayttilarki: 
- Yo rasululloh! Bu murdorlar o‘lukdurlar. O’liklar so‘zni eshiturmi? 
Hazrat payg‘ambar s.a.v. ayttilarki «Qasam qilurman Xudoning ismi birlakim, 
Muhammadning joni aning qudrat qo‘lidadur. O’luklar sizlardin eshitguchirokdurlar. Va lekin 
javobidin ojizroqdurlar». 
Bas, har kishi. o‘liklar haqida vorid bo‘lg‘on hadislar va axbordin voqif bo‘lsa, 
chunonchi,alarning ahli motamdin ogoh bo‘lmog‘i va kimlar ziyorat qilg‘onini va 
onchakim olamda o‘tadur-hammasi bilurlar. Bas, shari - sharifda ruhning nobud 
bo‘lmog‘iga hech imo va ishorat ham yo‘qtur. Balki sifat va manzil o‘zgarur. 
Chunonchi dadisda kelibdurkim: go‘r (inson ruhi yashaydurg‘on), do‘zaxning 
g‘orlaridan biri va yo bihishtning bog‘chalaridan biridir. 
Aniq bilgilki, o‘lmak birla o‘z zotingdin va zotingga xos sifatlardin hech biri botil 
bo‘lmas. Va lekin his va harakat va sezgilarkim, dimog‘ va a’zolar vositasi birla edi
bular botil bo‘lur. Va sen tanho-mujarrad qolursen. Chunonchi, (inson vujudi) ulovga 
o‘xshashdurkim, kishining oti o‘lsa piyoda qolur. Ul kishi johil bo‘lsa donishmand 
bo‘lmas. Va agar ko‘r bo‘lsa, ko‘ruvchi bo‘lmas. Va agar ko‘ruvchi bo‘lsa ko‘r bo‘lmas. 
Faqat ruh piyoda qolg‘usidur. 
Bas, badan ulov, ruh suvoriydir. Ushbu jihatdan ul toifakim, maxsusotdin qat’iy 
nazar qilib, Haq taoloning zikriga mustagroq (g‘arq bo‘lgan cho‘mgan) birla 
muroqabatda o‘tursa chunonchi, tasavvuf yo‘lining ibtidosi ushbudir: Ahvoli oxiratni 
mushohada qilurlar. Va o‘zgalarga o‘limdin keyin ma’lum bo‘ladurg‘on nimarsalar, 
tushida ko‘rg‘an nimarsalar aksari yodlarida qolmas. Va lekin asari - ta’siri boqiy qolur. 
Chunonchi, agar bihishtni anga ko‘rguzgan bo‘lsa, ruhida rohat va zavq va xursandlik 
hosil bo‘lg‘usidur. Agar do‘zaxni anga arz qilg‘on bo‘lsa, azob va xastalik ul kishida 
bo‘lg‘usi. Va agar tushida, xayolan ko‘rgan nimarsa yodida bo‘lsa, hikoyat qilg‘uvsi. 
Naql qilibdurlarkim, hazrati Rasli Akram (s.a.v.) namozda turib muborak qo‘llarini 
uzatdilar. Namozdan keyin sahobalar arz qildilarkim: «Yo, Rasululloh! Sabab na 
erdiki, namozda turib qo‘llarini uzattilar?» 
Rasululloh s.a.v. aytdilarki, «Bihishtdan bir bosh uzum menga arz qildilar.Xohladimki, 
bu jahonga kelturgaymen, ersa g‘oyib bo‘ldi». Bas, gumon qilmag‘ilki, bihisht ne’matini 
bu olamga kelturmak mumkin bo‘lg‘ay (deb). Agar mumkin bo‘lsa, hazrati Rasululloh 
s.a.v. keltirur erdilar. Va mahollik vajhini zikr qilmoq darozdurkim, bayonga sig‘mas. 
Va maqsud uldurki, gumon qilmag‘il, hazrati Rasuli 

alayhissalom biqisht ahvolini 
Jabroil alayhissalomdin eshitmak birla bayon qildilar (deb). Hazrati Rasuli Akram 
s.a.v. bihishtni o‘zlari ko‘rib bayon qildilar; va jannat haqiqatini bu olamda 
ko‘rmadilar, balki, o‘zlari bu olamdan g‘oyib bo‘lib, ul olamga borib ko‘rdilar. Va bu 
(hodisa) Rasuli akram s.a.v.ning bir nav’ mo‘jizalaridandur. 
Va lekin g‘oyib bo‘lmoq ikki tariqatda bo‘lur. Biri hayvoniy ruh o‘lmak birla, yana 
biri insoniy ruhning sayr etmog‘i birladur. Ammo bihishtni bu olamda ko‘rgali bo‘lmas. 
Chunonchi yetti osmon va yetti zamin pista po‘chog‘iga sig‘maganday, bihisht 
ham bu olamga sig‘masdur. Odamiyning bu olamdagi besh hissiyoti bihishtni 
ko‘rmakka toqat keltira olmakim, ul olamning havosi o‘zgadur. 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin