www.ziyouz.com кутубхонаси
62
Oyatning Tafsiri: Chindan ham jahannam kofirlarni ixota qilib (o‘rab turgan) qo‘rg‘ondir. (Ankabut, 54). FASL Qabr azobining hammaga emasligi bayonida Hamono aytursen, qabr azobi dilning olam aloqalariga bog‘liq bo‘lg‘on jihatidan
bo‘lsa olamda hech kishi yo‘qturkim, xotin, farzand va molu johni (mansab, amalni)
do‘st tutmasa. Bas, hamma olam xalqiga qabr azobi bo‘lmog‘i va hech kishi bu azobdan
xalos bo‘lmasligi lozim keladur. Aslida bunday emas. Balki olam sahnasida ba’zi toifa
odamlar bo‘lurkim, dunyodan ko‘zi to‘q bo‘lub, dunyo mashrabgohidan ularga hech lazzat
va osoyish bo‘lmas. Bunday odamlar hamisha o‘lumni orzu qilurlar. Ko‘proq darveshlar
ushbu qabiladandur.
Ammo tavongir (kuchli, qudratli) davlatmandlar ikki guruhi bo‘lurkim, dunyoning
tirikchilik uchun zarur narsalarini do‘st tutarlar. Agar Haq taoloning do‘stligi ziyodaroq
erur, ularga ham qabr azobi bo‘lmas.
Bu toifaning misoli ul kishinig holiga o‘xsharkim, bir shaharga mutasaddi (hokim)
bo‘lib, ne’matlari ho‘b, mo‘l, va imoratlaridan bahramand , xushhol, xurram va sarafroz
bo‘lg‘ay . Va lekin bu kishi yana bir shaharning podshohligini orzu qilg‘aykim ul shaharda
anvoi turli imoratlar va rango-rang ne’matlar bo‘lg‘ay. Vaqtiki, bu shaharning podshohligi
muyassar bo‘lsa, o‘z shahridan chiqmog‘i, imorat va ne’matlarini tark qilmog‘i qiyin emas,
unda ranj va alam bo‘lmas. Yangi podshohligining muhabbati o‘z shahrining ne’matlariga
mehridan ko‘ra balandroqdir.
Bas, anbiyo va avliyo va porsolarning ko‘ngillarida ham ayol, ham farzand, shahar,
vatanlariga iltifoti bordur, ammo vaqtiki hazrati Haq subhonahu va taoloning do‘stligi -
mehri paydo bo‘lib, andin lazzat va uns topsalar, ayol va farzand, shahar, vatan firoqi oson
bo‘lg‘usidur, Va bu lazzat o‘lmak birla hosil bo‘lg‘usidur.
Ammo ul toifa odamlarki, dunyoning lazzat va shahvatini do‘stroq tutubdurlar,
qabr azobidan xalos bo‘lmaslar. Va juda ko‘p odamlar ushbu toifadindurlar. Chunonchi,
Haq taolo xabar berur:
Va in minkum illo voriduho. (Maryam, 71). Oyatning tafsiri: sizlardin do‘zaxga kirmaydurg‘on hech kishi bo‘lmas. Va bu qavm (ozroq)
muddat azob tortarlar, vaqti yetib, dunyodin borg‘oni uzoq bo‘lub dunyo lazzatini faromush
qilsalar hazrati Haq subhonaxu va taoloning asl do‘stligikim boqiy bor erdi, zohir va huvaydo
(ravshan) bo‘lub, azobdin xalos bo‘lg‘aylar.
Bu toifaning misoli ul kishining holiga o‘xsharkim, bir odamning bir imorati bo‘lg‘ayki,
yana bir imoratdin muni yaxshiroq ko‘rg‘ay. Va yo bir xotini bo‘lg‘ayki, yana bir xotindin
muni do‘st va mahbubroq bilg‘ay. Vaqtiki ul mahbubdin judo qilib, yana birini anga
bersalar, bu kishi mahbubi firoqida necha muddat ranju-alamnok bo‘lur.
Vaqtiki, keyingi xotiniga asl muhabbati va do‘stligi paydo bo‘lsa avvalgi imorati
va mahbubining firoqi ranjidan xalos bo‘lg‘ay. Ammo ul kishiki, Haq taoloning
do‘stligi ko‘nglida barqaror bo‘lmabdur, abadul abad azobda qolg‘usidur. Va
kofirlarning (do‘zaxda) muhallad (doimiy, abadiy), bo‘lmog‘ining sababi
ushbudur. Har kishi da’vo qilsakim, Xudoi taoloni do‘st tutarmen, va yo
ayturkim, dunyodin Xudoi taoloni do‘stroq tutarmen (deb), bas, bu da’voni
tanimoqqa (tekshirmoqqa) bir mahak (sinov toshi) bo‘luvchi dalil bordurki, aning
birla yaxshiroq tanib olur. Chunonchi, nafs va shahvat odamiyni bir ishga