Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
58
g‘ayrat) tariqasi birla ul aslni bilg‘aysenkim, agar birovdan eshitsang, toqat 
qilolmassen. 
Va bisyor xalq Haq taoloning bu sifatini angladilar, bovar qilmadilar. Bu sifat odam 
vujudida bor ekaniga nechuk bovar qilurlar. Balki ul sifat Haq taoloda mavjud, bor ekaniga 
oyat va axodis ochiq-oydin dalolat qilmas. Fahmlariga sig‘mag‘on so‘zni xalq eshitsa 
inkor qilg‘ay deb anbiyo alayhimussalom aytibdurlarki: 
Kallimu-n-nosa ala qadri ‘uquvlihim. 
Ya’ni, insonga, aqli va fahmlariga sig‘adurg‘on so‘zni aytinglar. 
Anbiyolardan ba’zilariga vahiy kelibdurkim, sifatlarimdan xaloyiqning fahmiga 
sig‘maydurg‘onini bayon qilmanglar, fahm qilg‘undeklarini bayon qilinglar. Va agar fahm 
qilmay inkor qilsalar o‘zlariga ziyon qilg‘usidur. 
FASL
Ruhning abadiyligi bayonida 
Bilg‘ilki,insoniy ruhning haqiqati qolipsiz, zotida qoyimdur. O’z zotining qiyomi va xos 
sifatlari aslida qolipga hojati yo‘qdur. Va o‘lim ruh haqiqatini nobud qilolmas. Balki o‘lganning 
ma’nosi - insoniy ruhning - qafasdan chiqishidur. 
Xashr va ba’s va maodning ma’nisi ul emasdurkim, ruhni o‘lgandan keyin 
tirguzgaylar. (Chunki, ruh o‘lmaydi.) Balki ma’nisi uldurki, ruhni yana qolipga keltirurlar. 
Bu ma’no birlakim. nobud bo‘lg‘on badanni muhayyo va tayyor aylab, ruh tasarrufig‘a 
kirgizurlar. Chunonchi, avval ham bu tariqa qilib erdilar. Haq taolo uchun avvalgidan 
osonroqdurkim, ilgari ham ruh qolipini yaratib erdi, ioda vaqtida ruh boqiy va qolip 
qismlari ham boqiydurlar. 
FASL
Vujud va ruh bayonida 
Bilg‘ilki, bu borada ba’zi fuqaxo va mutakallimlar odam o‘lmagi birla ruh ham ma’dum 
(yo‘q) bo‘lur, undan keyin vujudga keltirurlar, deb o‘ylaydilar. Bu so‘z haqiqatga xilofdur. 
Bas, kishikim bu mazhabga boribdur, ahli basirat emas, va ahli taklid demakka ham 
yaramas. Agar ax/sh basiyrat bo‘lsa erdi, bilur erdikim, badanning o‘lmagi ruh haqiqatini 
nobud qilolmas. Va agar ahli taqlid bo‘lsa, oyatlar va hadislar mazmunidin bilur ediki, odam 
o‘lgandan keyin ruhyashayveradi. Insoniy ruh ikki qismdur. Sa’idlar (baxtlilar)ning va 
shakiylar (baxtsizlar)ning ruhlari. Va sa’idlarning ruhi borasida Kur’onda kelibdurki: 
Va lo taxzabanna allaziyna qutilu fi sabilillohi amvotan bal ixya’un inda rabbihim yurzaquna. 
Farihiyna bimo atahumullohu min fazlihi. (Ol-i Imron, 169-170). 
Oyatning tafsiri: ul toifaki, haq yo‘lida o‘libdurlar, o‘lik gumon qilmagil, balki ular Haqtaolo 
o‘z fazli karamidin ato qilg‘on ne’matlaridin bahramand (rizqli) va lutfu marhamati birla 
bergan fazilatlaridan shod xursanddirlar. 
Ammo kofir va shakiylar haqida ulki, Badr jangida o‘lgan kofirlarni jam’ qilib, bir 
quduqqa tashladilar. 
Hazrat rasuli alayhissalom ul quduq tepasiga borib, ul kofirlarning har birini otini aytib, 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin