Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
57
xabar beribdurlarki: «O’lum mo‘minga tuhfa va hadyadur». 
Bas, kishi domni sayd uchun saklar. Vaqtiki sayd qo‘lga kelsa domning halokatini 
g‘animat bilur. Agar auz billoh (Alloh taoladan panohtilaymiz) sayd qo‘lga kelmasdin 
ilgari bu asbob va ulov halok bo‘lsa, aning hasrat va ma’siyatiga nihoyat yo‘qlur. Va bu 
aaam, hasrat qabr azobining avvalidur. 
FASL
Insoniy ruh haqiqati bayonida 
Endi bilgilki hayvoniy ruh bu olami sifliy (past olam)dandurkim, turli xiltlarning latif 
buxor (bug‘)laridan iborat. Va xilt to‘rtdur. Chunonchi, suv. otash, tuproq va bodel. Va 
mijoz balg‘am va safro va savdodan iborat.Chunonchi, suv, olov. tuproq, va bod 
mijozda muxtalif va mutadil bo‘lmog‘i, qarorat, namlik, sovuqlik va quruqlikning 
miqdori farqi bo‘lganidan ilmi tibga hojat tusharki, to‘rt tab’ni e’tidolda (o‘rta 
darajada, ya’ni, na issiq va na sovuq va na quruq va na ho‘l holatda 
bo‘lmog‘lig‘ini mo‘tadil deyiladi) tutmoq birla hayvoniy ruh mijozini mo‘tadil 
saqlamoq kerak. Toki u insoniy ruhga ulov va asbob bo‘lmoqg‘a shoyista bo‘lg‘ay. 
Bas, insoniy ruh, tuban olamdan emasdur. Balki olami ulviydan (oliydan), 
farishtalar javharidandur. Bu olamda ruh badan shahrida g‘aribdur. Va lekin bu 
g‘ariblik insoniy ruhga shu sababdandurkim, oxirat safari zodi rohini tayyor qilg‘ay. 
Chunki, Haq taolo xabar berur: 
Kulna ahbatu minho jami’an. 
Oyatning tafsiri: Biz (Odam, Havvoga, shayton, tovus va boshqalarga) bu joydan-
jannatdan tushing, dedik. (Baqara, 38). 
Va yana Haq taolo aytibdur: 
Inni xoliqun basharan min tiyn. Fi iza savvaytu va nafaxtu fihi min ruhi. (Sod, 71- 
72). 
Oyatning tafsiri: Biz ayturmizki, odamni loydan yaratdik. Vaqtiki rost va 
muhayyo qildim ul odam jasadini va nafx qildim odam badaniga o‘z ruhimdan. 
Bas, bu oyatda ikki ruh hayvoniy va insoniy ruhning muxtalif turlicha ekaniga 
ishorat bor. 
Chunonchi, insondagi hayvoniy ruxda mijoz mo‘tadildur. Va ilmi tib birla ul ruhniig 
e’tidolini bilg‘ay, tokim bemorlikni daf’ qilg‘ay. Va halok bo‘lmokdin saklag‘ay. 
Munga o‘xshash, insoniy ruhki, dil qaqiqatidur, ani ham e’tidoli bordurkim, 
yaxshi ibodat va riyozatdur. Ani shariat birla bilg‘ali bo‘lur. Toki shariat insoniy 
ruhni e’tidolida saqlar va aning sihatlig‘iga sabab bo‘lur. 
Mundin keyin «Arkoni musulmoniy» bayon qilg‘umdur. Bas. ma’lum bo‘ldi: 
kishikim, insoniy ruh x.aqiqatini bilmasa, oxiratni basiyrat birla taniyolmas. Xaq 
taoloni tanimog‘i xam mumkin emasdur. Bas, o‘zligini tanimoq oxiratni 
tanimog‘ining kalitidurkim, dinning asli «al-iymon billohi val yavmul oxir» ya’ni Alloh 
va oxirat kuniga ishonch - bu ma’rifatni muqaddam kelturdim. 
Ammo insoniy ruh asrorlaridin bir sirki, ani bayon qilmadim. Charoki, ani bayon qilmoqg‘a 
ruxsat yo‘qturki hech kishining fahmiga sig‘mas. Haqtaoloni tanimoq va oxiratni tanimoq 
hammasi ushbu aslga asoslangandir. Jahd qilg‘il, toki riyozat va mujohada (sa’y va 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin