www.ziyouz.com кутубхонаси
41
shaklni saqlag‘uvchmdur. Charoki, agar rutubat bo‘lmasa shakl paydo bo‘lmas. Ag‘ar
yubusat bo‘lmasa shakl to‘xtamas. Chunonchi, qalam barmoqlar madadidin harakatga
kelib, o‘z ishini tamom aylab, «Bismilloh» suvrati xazinai xayoldagi naqshga muvofiq
hislar yordami birla qog‘ozda suvrat bog‘ladi. Munga o‘xshash anosiri arba’adin harorat
va burudat harakatga kelib, faryshtai muakkallar yordami birla jonzot, o‘simlik,
balki tamomiy mavjudot suvrati Lavhul mahfuzdagi suvratga muvofiq jahon
maydonida jilvaga kelur. Chunonchi, bandaning qilur ishlari avval dilda paydo bo‘lur.
Odam kori dilni orasta qilsa, badan mamlakati tadbirini xo‘bluq birla qilur. Munga
o‘xshash, hazrati Haq taolo Arshni xalq qilug‘uvchi va Arshga g‘olibdurkim, hamma qudrati
komilasi birla Arshni barpo aylab, olam mamlakati tadbirini qilg‘uvchidur.
Summastavo ala-l-Arshi yudabbirul-amra. (Yunus, 3). Ya’ni, hazrati Haq taolo Arshga g‘olibdur. Hamma olam mamlakatining tadbirini
qilg‘uvchidur. Bilg‘ilki, bu mazkur bo‘lg‘on hammasi haqiqatdurkim, ahli haqiqatga kashfi
zohir birla ma’lum bo‘libdur.
Innalloha taolo xalaqa odama ala suvratihi ma’nisini nechuk bilurlar? Haqiqat bilgilki,
podshohlikni podshohlardin o‘zga kishi bilmas. Va agarchi Haq subhonahu va taolo
vujuding mamlakatiga dilni podshoh qilmasa, hazrati xudovandi olamning podshohligini
bilmas erdi. Bas, shukr qilg‘il ul podshohg‘akim, seni xalq qildi va o‘sha vujuding
mamlakatiga seni podshoh ayladi.
Bas, dildin senga Arshni muhayyo ayladi. Va dimog‘din Kursi bino ayladi. Va xazinai
xayoldin Lavhul mahfuz berdi. Ko‘z va quloq va besh hissiyotdin xizmatchilar ato qildi. Va
qubbai dimog‘ekim, hamma paylar manba’idur, ani osmon va sitoralar o‘rnida karam
ayladi. Barmoq va qalam, siyohni (dilga) mute’ va musaxxar qildi. Bas, seni yagona Alloh
bechun va bechigunalik birla ofarida qildi.
Bularning hammasiga seni podshoh qildi va Haq taolo senga xitob qildiki, zinhor
o‘zingdin va podshohligingdin g‘ofil bo‘lmag‘ilki, bulardin g‘ofil bo‘lsang, parvardigordin
g‘ofil bo‘lganingdur.
Fa innalloha taolo xalaqa odama ala suvratihi, a’rif nafsaka yo insonu, ta’rif robbaka. Va chindin ham Alloh taolo odamni o‘z suvrati birla yaratdi, va ey odam, o‘zingni bilgil va rabbingni bilgil!