Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
39
Vaqtiki, o‘zingni bu sifat birla bilding, Haq taolo tanzih va taqtsisi chandon avlodur. Bas,
odamiylar taajjub qilurkim,
mavjudot nechun rangsiz, shaklsiz bo‘lg‘ay? Bovujud o‘zlarida bu
sifat bo‘lg‘aykim, o‘zlarini tanimaslar. Balki odamiy o‘z badaniga sarhisob bersa, chandon
nimarsadurki, bechun va bechigunadur. Masalan, ishq dardi va g‘azab va lazzatkim,
bularning rangi va hajmidan savol qilmoq durust ermas. Balki agar kishi ovozning ta’m va
bo‘y (hid) haqiqatini bilay desaki, na rangdur va na suratdadur, bilmaslar. Bu vajhdinkim,
qanday va qanaqa deb so‘raladigan narsalarni fakdt ko‘rmak birla bilsa bo‘lur. Va ul nimarsaki,
quloq birla bilgali bo‘lur, ko‘zni andin hech nasibasi yo‘qtur. Masalan, ovozni ko‘z birla ko‘rgali
bo‘lmas. Chunki uning hajmi va shakli yo‘qtur. Chunonchi, surat va rangdin quloqning hech
nasibasi yo‘qtur. Faqat akl va dil birla bilinadigan hamma hislarni va bilimlarni insondagi besh
sezgi bilan bilib bo‘lmas.
Bas, hajm va shakl ul maxsusotga xosdurkim, ko‘z birla ani ko‘rgali bo‘lg‘ay. Va bu
so‘zlar tahqiqini «Ma’qulot» (Aqliy tushunchalar) otlig‘ kitobimda sharh qildim. Va bu
kitobimda munchalik sharh kifoyatdur. Bas, maqsud bu mazkurotdin odamiy o‘z zotidagi
ruhoniy sifatlarni bilg‘ay. Haq taolo zoti vojibul vujudining hajmsiz, shaklsiz, mangu, oliy
ruhoniyat ekanligini bilgay.
Chunonchi,
jon-ruh mavjuddur, tanning podshohidur. Va har nimarsaki badanning
ichida, hajmi va shaklini bilgali bo‘ladur - hammasi ruhning mamlakatidur. Munga o‘xshash,
parvardigori olam hamma olamning podshohidur. O’zi hajmsiz va shaklsiz, Har nimarsaki
hajm
va shakl birla muttasifdur, (sifatlangan) maxsusotga o‘xshashdir. Va har
nimarsaki, hajmsiz va shaklsizdur, chunonchi, dil va mundin o‘zga
hammasi hazrati vojib
taoloning mamlakati va aning tasarrufidadur.
Yana bir nav’ izoh bukim, hazrati subhonahu va taoloni hech makonda deb bo‘lmas.
Masalan: - ruh qo‘lda va yo oyoqtsa, va yo boshda, yo yana bir a’zoda degani bo‘lmas.
Balki badanning hamma a’zosi qismatni qabul qilur. Va ruh qismatni qabul qilmas. Bas,
qismatni qabul qilmaydurgon nimarsa qismatni qabul qiladurgon nimarsada barqaror
bo‘lmog‘i maholdurkim, ul vaqtida ruh ham qismat-pazir (qismatni qabul qiluvchi) bo‘lmog‘i
lozim kelur.
Bas, ruh hech bir a’zoga o‘xshamas, va yo‘qolmasdir. Hech a’zo aning tasarrufidin xoli
ermasdur. Balki hamma badan ruhning farmonidadur.
Va ruh hamma badanning
podshohidur. Chunonchi, hamma olam-Haq taoloning tasarrufidadurkim, Uni hech
makonda deb bo‘lmas. Bas, ruhning tanzih va taqdisi - pokligi va muqaddasligi ul vaqt
to‘liq bo‘lurkim, hamma olamlarning xosiyat va asrorlarini bilsa. Bas, ruhning haqiqatini
bilmoqqa, qudrati va aning xosiyatlarini bayon qilmoqg‘a ruxsat yo‘qtur.
Ruhning
haqiqati munchalik ma’lumdurkim:
Innalloha taolo xalaqa odama ala suratihi.
Ya’ni: Alloh taolo xalq qildi odamni o‘z surati birla. (Bu qaqiqatni ham barcha xalq
bilmas).
Dostları ilə paylaş: