Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
34
taniyolmaskim, bu ikki kitobda bo‘lgoni ham dili odamiyning ba’zi sifatlaridur.
Bas, bilg‘ilki, sifati dil bir rukndur. Sifati tan ham bir rukndur. Tanning ofarinishi
(yaratilishi) va xilqatida chandon ajoyiblar bordur va har uzvining
zohiri va botinida ajib
ma’nolar va har birida g‘aroyib hikmatlar bordur.
Bas, odamiyning tanida nechand ming pay va tomir va ustixonlardurkim, har biri bir
nav’ shaklga mushakkal. Yana bir sifatlari o‘ziga yarashiqli va har birini bir maqsad
uchun yaratibdur. Va holbuki, sen hammasidin bexabardursen. Munchalik bilursankim,
qo‘lni tutmoq uchun va oyoqni yurmak uchun va zabonni so‘zlamoq uchun xalq
qilibdur. Ammo bilgilkim, ko‘z o‘n tabaqadan iborat
va har biriga futur yetsa,
ko‘rmakka xalal yetkusidur.
Bilurmisenkim (Haq taolo) bu o‘n tabaqaning har birini nima uchun ofarida qilibdur? Va
ko‘rmakka bularga ne uchun hojat tushar? Va ko‘z ilmi nechand kitoblarda sharh qilinibdur.
Va agar bularni bilsang, ajib ermasdurkim, axshoi daruniylar, ya’ni hayvonlarning ichki
a’zolarining xosiyatidin bexabarsen.
Chunonchi: jigar va tixol ya’ni qorataloq va o‘t va killiyaki (ya’ni buyrak) peshobni
saqlaydurgon quvvatdur. Va bundin o‘zga quvvaglarkim, bularni nima uchun xalq
qilibdur?
Bilginki,
jigar aning uchundurkim, muxtalif taomlar me’dadin jigarga borur, jigar
hammani bir sifatda, qonning rangida qilur. Toki andomga g‘izo bo‘lmoqg‘a salohiyat
qilur. Vaqtiki, qon jigarda pishib qivomig‘a kelsa, andin bir muncha zardob paydo
bo‘lurkim, ul savdodur.
Va qora taloqni ani uchun paydo qilibdurkim, ul savdoni jigardin Oltay. Bas, bu
savdoni uzasida sariq ko‘fik paydo bo‘lurkim, ul safrodur. Va o‘tni aning uchun xalq
qilibdurkim, ul safroni qoratalokdin jazb qilib (tortib, so‘rib) olur. Vaqtiki, qon
jigardin chiqsa
quyuq va beqivomdur, ya’ni quvvatsiz bo‘lur.
Va buyrakni ani uchun xalq qilibdurkim, ul qon orasidagi suvni o‘ziga tortib Oltay, toki
qon besafro va besavdo qivomi birla tomirlarda joriy bo‘lg‘ay. Va agar o‘tga ofat yetsa,
qonga safro aralashib qolur. Bu vajhdan yaraqon (insonni ko‘zi. badanlari sarg‘ayib
ketadi - sariq kasali) paydo buladi. Va bundin o‘zga illati safroviylar bo‘lur. Va agar
qorataloqqa ofat yetsa, savdo qonga aralashar. Andin illati savdoviylar iaydo bo‘lur. Va
agar killiyaga (buyrakka) ofate yetsa,
suv qonga alishur, andin istisqo (qoringa suv
yig‘ilish) kasali paydo bo‘lur.
Bas, munga o‘xshash ajzoi zohir va botindin har birini bir ish
uchun yaratibdur.
Tanga bularsiz xalal yetqusidur. Balki odamning badani bovujud muxtasarligi birla
olam ichidagi barcha mavjudotlardan mukammaldur.
Va har nimarsaki,
olam sahifasida bordur, odam badashda ham namunalari
bordur. Chunonchi, ustixon tog‘ga o‘xshashdur. Va tomirlar yomg‘ir yog‘diruvchi. Va
mo‘ylar (tuklar) daraxtlar misolidur. Va dimog‘ osmon monand va havoslar
(hissiyotlar) sitoralar (yulduzlar) nishonasidur. Va bu so‘zning tafsiri bisyordur.
Barcha mavjudotning turlari odam vujudida misoli bordur. Chunonchi, to‘ng‘iz va
bo‘ri va it va (boshqa) to‘rtoyoqlilar, dev, pari va farishta, andog‘kim, yuqorida
mazkur bo‘ldi. Va balki xamma olam ichidagi
hunarmandlar misoli inson
vujudida mavjuddir. Masalan, ul quvvatkim, me’dadadur, oshpaz misolidurkim,
taomni pishirib, bir sifatda qilur. Va ul quvvatkim,
taomning sof va solihini
jigarga, saqil va fazlasini (og‘ir va keraksiz qoldiqni) ro‘dalarga (ichaklarga)
tarqatur, bog‘bon misolidur. Va ul quvvatkim, taomni jigarda qon rangiga keltirur,
rangrez (bo‘yoqchi)g‘a o‘xshashdur. Ul quvvatkim, qonni xotinlar siynasida
(ko‘kragida) sut va erlar pushtida obi-mani qilur koriz (suv yo‘li) misolidur. Ul
quvvatkim, g‘izo (taom)ning har juzvini o‘ziga tortur, jallobga o‘xshashdur. Ul